1. Statistik kuzatish mohiyati va ahamiyati. Statistik kuzatish dastur metodologik va tashkiliy masalalari
Statistik kuzatish turlari va ularning oziga xos jihatlari
Download 70.5 Kb.
|
Statistik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzluksiz kuzatishda
- Fursatli davriy kuzatish
- Bir yola kuzatish
3. Statistik kuzatish turlari va ularning oziga xos jihatlari.
qanday qilib? degan savol statistik kuzatish usullari va turlarini aniq belgilashni talab qiladi. Hodisalarni qayd qilish vaqti, boshlangich malumotlarni olish usuli, kuzatish birliklarini oz ichiga qamrab olishi va tashkiliy jihatdan statistik kuzatish quyidagi turlarga bolinadi (2.8- tarh). Tashkiliy va moliyalashtirish jihatidan statistik kuzatishlarni tortta turga bolish mumkin: 1) statistik hisobot; 2) maxsus doimiy tekshirishlar; 3) royxatlar; 4) biznes tekshirishlar. Ular keyingi maruzada yoritiladi. Voqealar sodir bolishini qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatish uch turga ajraladi: 1) uzluksiz (joriy) kuzatish; 2) fursatli kuzatish; 3) bir yola kuzatish. Uzluksiz kuzatish-bu voqea roy berishi bilanoq uni qayd qilish (hisobga olish)dir. Uzluksiz kuzatishda voqea (hodisa) sodir bolishi bilanoq, yani osha damning ozida qayd qilinadi. Masalan, tugilish, olish, nikoxdan otish va ajralishlarni fuqarolik holatini qayd qilish organlarida va qishloq yiginlarida qayd qilish, yaratilgan mahsulotlarni boshlangich hujjatlarda hisobga olish, ishchi va xodimlarning ishga chiqishini tabel hisobida qayd qilish va h.k. Fursatli davriy kuzatish - bu voqea sodir bolgandan song malum muddat otganda uni qayd qilib tekshirishlarni teng vaqt oraligida takrorlab turish Fursatli davriy kuzatish deganda voqea sodir bolgandan song malum vaqt otganda uni qayd qilish va kuzatishlarni teng vaqt oraligida takrorlab turish tushuniladi. Masalan, har on yilda aholi royxatini otkazish, talabalar ozlashtirish darajasini har yarim yilda reyting ballari orqali baholash. Bir yola kuzatish -bu hodisani har zamonda, extiyoj tugilishiga qarab kuzatish. Bir yola kuzatish qandaydir masalani yechish maqsadida zaruriyat tugilgan hollarda turlichalo muddatlarda qayta amalga oshirilib turiladi. Bunday kuzatishga uy-joy fondi royxati, kop yillik mevali daraxtlar royxati, tabiiy ofat natijasida korilgan zararlarni baholash ishlari misol bola oladi. Organilayotgan toplam birliklarini oz ichiga qamrab olishiga qarab statistik kuzatish yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga ajratiladi. YOppasiga kuzatish - bu toplamning hamma birliklari haqida malumot toplash. YOppasiga kuzatishda toplam barcha birliklari haqidagi zaruriy malumotlar toplanadi.Statistik hisobot shu tarzda tashkil etiladi. Uni barcha xojalik yurituvchi subektlar tuzadi va statistika tashkilotlariga taqdim etadi. Aholi royxati, ekin maydonlarining yakuniy hisobi, chorva royxatlari ham yoppasiga kuzatishga misol bola oladi. Hisobot - korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi malumotlarni muntazam ravishda belgi-langan tartibda va vaqtda olishni taminlovchi kuzatish turidir Hisobot korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi malumotlarni uzluksiz, belgilab qoyilgan tartibda va vaqtda toplashning muhim yoli (shakli)dir. Ozbekiston Respublikasi Davlat Statistikasi haqidagi qonunga muvofiq respublika hududida joylashgan va yuridik shaxs maqomiga ega bolgan barcha korxonalar va tashkilotlar, ularning mulkiy va tashkiliy-xuquqiy shaklidan qatiy nazar, oz faoliyati haqida aniq va tola malumotlarni belgilangan dasturda, tartibda va muddatda tegishli davlat statistika tashkilotlariga taqdim etishga majburdir. Joriy maxsus tekshi-rishlar - bu maxsus respon-dentlarni yollab hodisalar haqida boshlangich malumot-larni muntazam yoki vaqtma-vaqt qayd qilish yoli bilan toplash jarayonidir. Joriy maxsus statistik tekshirishlar deganda statistik tashkilotlar tomonidan maxsus respondentlarni yollab organilayotgan hodisa, jarayon haqidagi boshlangich malumotlarni muntazam yoki vaqtma-vaqt qayd qilib toplash tushuniladi. Bunday kuzatishga uy xojaliklari byudjeti statistikasi, istemol baholari statistikasi, uyushmagan savdo statistikasi, dehqon xojaligi (fermer xojaligi bilan aralashtirib yubormang!) statistikasi va h.k. misol bolishi mumkin. Biznes tekshirishlar - bu savolnomalar yordamida iqtisodiy holatni tahlil qilish va qisqa muddatli iqtisodiy istiqbolni belgilash uchun savol-javob yoli bilan tadbirkorlar-dan malumotlar toplash-dir. Biznes-tekshirishlar bozor iqtisodiyotiga xos bolgan statistik kuzatishdir. Ularning asosiy maqsadi tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatini organishdan iborat. Joriy maxsus tekshirishlardan farqli olaroq, biznes tekshirishlar tadbarkorlardan intervyu olish, oldin tayyorlangan savollarga yozma yoki ogzaki javoblarni maxsus savolnomalarda qayd qilishga asoslanadi. Ularning oziga xos xususiyati shundaki, savolnomalar kompleks xarakterga ega bolib, ozaro boglangan bir-birini toldiruvchi savollardan, ularning malum masalaga oid majmualaridan tashkil topadi, natijada iqtisodiy faollikni har taraflama yoritish imkonini beradi. Joriy maxsus tekshirishlar va biznes tekshirishlar malum masalalarni organishda qollanadi. Bundan tashqari, royxatlar ham statistik kuzatishning muhim tashkiliy yoli sifatida qollanish sohalariga ega. Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling