1. Statistik kuzatish mohiyati va ahamiyati. Statistik kuzatish dastur metodologik va tashkiliy masalalari
Statistik kuzatishni dastur metodologik va tashkiliy masalalari
Download 70.5 Kb.
|
Statistik
2. Statistik kuzatishni dastur metodologik va tashkiliy masalalari
Turmushimizda, kundalik hayotimizda u yoki bu masalani yechishni kozlab qiladigan har bir xatti-harakatimizdan oldin nima uchun?, nima?, kim?,qanday qilib?, qancha? va qaerda? degan savollarga duch kelamiz va ularga javob axtaramiz. Bunday savol statistik kuzatishlarni tashkil etishda ham tugiladi va oz yechimini kutadi. Statistik kuzatishda nima uchun ? degan savolga kuzatish maqsadi va vazifalari, nima? degan savolga esa kuzatish obekti, uning birligi va dasturi, statistik formulyarlar va ularni tuzish uchun yoriqnomalar javob beradi. Kim? kuzatish subekti, qachon? deganda kuzatish vaqti, qaerda? deganda kuzatish joyi, qanday qilib? deganda kuzatish usullari va turlari, qancha? deganda kuzatish belgilarining miqdoriy ifodalanishi nazarda tutiladi. Bular statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy unsurlarini tashkil etadi Kuzatish obekti - bu organilayotgan hodisalar va jarayonlar, yani korxonalar va tashkilotlar, xojaliklar, kishilar, oilalar, uy xojaliklari, va hokazolarni ularning faoliyati jihatidan qaralgan toplami. Ularning muhim belgilari haqida malumotlar toplanadi va ular asosida toplamni tariflaydigan umumlashtiruvchi korsatkichlar hisoblanadi. Kuzatish obektining aniq miqyosini, kolamini belgilayotganda vaqt, fazo, moddiy tuzilish va olchov birligi jihatidan uning olchamlarini aniqlashimiz lozim. Kuzatish subekti - bu organilayotgan hodi-salar haqidagi malu-motlarni qayd qiluvchi va toplovchi yuridik yoki jismoniy shaxs Kuzatish obekti bilan bir qatorda uning subekti mavjud. Kuzatish subekti deb organilayotgan hodisalar haqidagi malumotlarni qayd qiladigan va toplaydigan yuridik yoki jismoniy shaxslar yuritiladi. Mikroiqtisodiy statistikada, masalan, kuzatish subekti - bu har bir korxona, tashkilot va muassasa. Xojalik yurituvchi subekt sifatida ular oz faoliyatlaridagi hodisalarni qayd qiladi, malumotlar toplaydi. Makroiqtisodiy statistikada esa statistika tashkilotlari kuzatish subektidir. Maxsus statistik tekshirish va royxatlarda ular boshlangich malumotlarni qayd qiladi va toplaydi. Hisobotda esa boshlangich malumotlarni qayd qilish va korxona miqyosida umumlashtirib taqdim etish ayrim xojalik yurituvchi subektlar vazifasi bolsa, ularni qabul qilib olish va oz hududi chegarasida umumlashtirish bilan statistika tashkilotlari shugullanadi. Bu holda xojalik yurituvchi subektlar, yani korxonalar, firmalar, tashkilotlar va muassasalar hisobot birliklari deb ataladi. Kuzatish birligi - bu kuzatish obektining mus-taqil bolinmas tarkibiy qismi (birligi), uning muhim belgilari haqida malumotlar olinadi. Kuzatish birligi deganda, kuzatilayotgan obektning mustaqil bolinmas tarkibiy unsuri, birligi tushuniladi. Kuzatish jarayonida uning muhim belgilari haqida malumotlar olinadi. Masalan, sanoat faoliyati tekshirilayotganda har bir korxona va firma, qishloq xojaligini organilayotganda har bir shirkat xojaligi, dehqon va fermer xojaligi kuzatish birligi hisoblanadi. Ayrim masalalarni kuzatishda kuzatish birligi bilan birga hisob birligi ham belgilanadi. Masalan, chorva royxatida har bir mol turi haqida, asbob-uskunalar royxatida esa har bir mashina, stanok va boshqa asbob- uskunalar haqida, kop yillik daraxtlar royxatida har bir daraxt turi haqida batafsil malumotlar toplanadi. Bu holda xojalik, korxona kuzatish birligi bolsa, uning organilayotgan har bir predmeti hisob birligidir. Kuzatish dasturi - bu kuzatish jarayonida malumotlari toplani-shi lozim bolgan kuzatish va hisob birligining asosiy belgilaridir. Kuzatish dasturi (programmasi) deb organilayotgan hodisa, obekt haqida malumot toplanadigan belgilar royxati yuritiladi. Boshqacharoq aytganda, kuzatish dasturi kuzatish jarayonida javoblar olinishi lozim bolgan savollar toplami (royxati)dir. U qanchalik togri tuzilsa, tekshirish natijalari shunchalik yaxshi chiqadi. Yoriqnoma (instruktsiya) deb kuzatish dasturida kozlangan belgilarni bir xil talqin etishva tushunishni taminlaydi-gan korsatmalar majmuasiga aytiladi. Yoriqnoma kuzatish dasturida kozlangan belgilarni bir xil tashkil etish va tushunishni taminlash maqsadida tuziladi. Unda kuzatish maqsadi va vazifalari, uning obekti va birligi, malumotni qaerdan va kimdan olish, kuzatish muddati, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, malumotlar tegishli bolgan davr (hisobot davri) korsatkichlarni hisoblash tartibi va shunga oxshash kuzatilayotgan obekt bilan bevosita bogliq bolgan masalalar yoritiladi. Yoriqnomalar odatda kop mutaxassislar ishtirokida puxta tuziladi. Statistik formulyar - kuzatish malumotlari qayd qilinadigan hujjat. Yoriqnoma har bir statistik formulyar uchun alohida tuziladi. Kuzatish malumotlari qayd qilinadigan hujjat statistik formulyar deb ataladi. U har xil nom bilan yuritiladi, jumladan hisobot formasi, royxatga olish varaqasi, soroqnoma (anketa), tabel, nakladnoy, yol varaqasi va hokazolar. Statistik formulyar ikki xil boladi: 1) yakka predmetli formulyar. 2) kop predmetli formulyar. Kuzatish joyi - bu kuzatish birligi joylashgan makon. Kuzatish joyi deganda makon yoki boshqa soz bilan aytganda organilayotgan hodisa roy berayotgan joy tushuniladi. Hisobotda, asbob-uskunalar royxatida va boshqa iqtisodiy resurslarni har xil shakl va usullarda kuzatishda korxona, tashkilot va muassasa joylashgan joy kuzatish joyi hisoblanadi. Statistik kuzatish vaqti - bu kuzatish tenglashtirilgan fursat (payt) va otkaziladigan muddat. Umuman keng manoda qaralganda, kuzatish vaqti hodisani organish davridir, yani uni tekshirish boshlangandan, to malumotlarni olish nixoyasiga yetguncha otgan vaqt oraligi (davr)dir. Bu holda u malumotlar tegishli bolgan vaqtni ham, ularni toplash vaqtini ham oz ichiga oladi. Statistik kuzatish tor mazmunga ega bolib, faqat malumotlarni toplash jarayonini anglatgani uchun, uning vaqti deganda mazkur ishni (malumotlar toplash)ni bajarish uchun belgilangan vaqt oraligi tushuniladi. U hodisani organish, royobga chiqish davrini yani u haqidagi malumotlar tegishli bolgan vaqt oraligini oz ichiga olmaydi. Hisobotda bu vaqt oraligi hisobot davri deb ataladi. Hisobot davri uning birinchi kuni 00 soatdan boshlab to oxirgi kuni 24 00 soatgacha otgan vaqt uzunligi bilan olchanadi. Hodisalar holatini, mavjud sonini aniqlashda bunday davrni belgilab bolmaydi, chunki uning davomida, hodisa holatida, demak mavjud sonida katta ozgarishlar sodir bolishi mumkin. SHuning uchun bu holda suratga olish jarayonida qollaniladigan usuldan foydalanish kerak. Malumki, surat fotoapparat obektivi ochilish onida (paytida) fotoobekt (masalan, biror kimsa) ega bolgan qiyofani aks ettiradi. Hodisalar holati ustidan statistik kuzatish tashkil etish uchun ham shunday qayd qilish paytini belgilash lozim. Bu esa muayyan fursatda mavjud bolgan hodisalar soni va tuzilishini aniqlash imkonini beradi. Hodisani hisobga olish, qayd qilish tenglashtirilgan bunday payt keskin fursat (kritik moment) deb ataladi. Aholi royxatida va boshqa tez harakatchan hodisalar royxatida hamda ularning joriy hisobi asosida mavjud soni aniqlanayotganda keskin fursat belgilanadi. 1989 yil aholi royxatida keskin fursat kilib 11 yanvardan 12 yanvarga otar kechasi 24 00 soat belgilangan edi. Aynan shu fursatda yashash joyida mavjud bolgan shaxslar royxatga olindi, yani 12 yanvar 00 soatgacha tugilgan bolalar royxatga olingan, undan keyin tugilganlar esa royxatga olinmagan, shu vaqtgacha olgan shaxslar royxatdan otmagan, oldin olganlar esa mavjud aholi sifatida royxatga olingan. Kuzatishni otkazish bir qator tayyorgarlik va tashkiliy ishlarni bajarish bilan bogliqdir. Birinchidan, kuzatiladigan birliklarning taxminiy royxati tuziladi va kuzatish joylari belgilanadi. Masalan, aholini royxatga olish uchun dastavval aholi yashaydigan punktlar, shaharlarda esa bundan tashqari uy daftari tartibga solinadi. Bular royxat otkazilayotganda kuzatish birliklarini tushirib qoldirmaslik va royxat otkazish uchun zarur mablaglar miqdorini va kadrlr sonini aniqlash uchun kerak. Ikkinchidan, kuzatish formulyarlari, blankalar, varaqalar, ularni tuzish yoriqnomalari tayyorlanadi va joylarga yetarli miqdorda tarqatiladi. Uchinchidan, kuzatiladigan makon hududi uchastkalar (qismlar)ga bolinadi, kerakli kadrlar soni va aniq shaxslar belgilanadi. Tortinchidan, kuzatishga jalb qilingan masul shaxslar bilan maxsus mashgulotlar olib boriladi. Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling