1 Statistika predmeti


-rasm. O’rtacha miqdorlarning muhim xususiyatlari


Download 99.52 Kb.
bet3/9
Sana03.11.2023
Hajmi99.52 Kb.
#1744932
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 Statistika predmeti deganda statistika11 o

6.1-rasm. O’rtacha miqdorlarning muhim xususiyatlari.
O‘rtachani hisoblashda kuydagi koidalarga rioya qilish zarur:
1. O‘rtalashtirilayotgan individual miqdorlar bir xil turdagi to‘plamga xos bo‘lishi va mohiyatlari tubdan farq qilmasligi kerak.
2. O‘rtacha miqdorlar etarli darajada ulkan bo‘lgan bir turdagi ommaviy to‘plamlar uchun hisoblanishi kerak (katta sonlar qonuni).
3. O‘rtacha miqdor faqatgina umumiy to‘plam uchun hisoblanmasdan balki to‘plamning ayrim guruxlari, qismlari uchun ham hisoblanishi kerak.
Variatsiya mohiyati va ko’rsatkichlari analitik statistikada eng muhim va boshlang’ich tayanch bo’lim hisoblanadi. Ular ilmiy muammolar bo’yicha statistik yechim va qarorlar qabul qilish asosida yotadi. Variatsiya - statistik to’plamda sodir bo’ladigan obyektiv miqdoriy va sifat o’zgarishlar natijasidir. U to’plam birliklari bo’yicha o’rganilayotgan belgi yoki belgilar qiymatlarida kuzatiladigan tebranuvchanlik, o’zgaruvchanlikni bildiradi.

8Variatsiya darajasi mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar tizimi orqali o’lchanadi. Uning asosiy me’yorlari bo’lib dispersiya va kvadratik o’rtacha tafovut, mutlaq o’rtacha tafovut, nimkvartil kenglik, variatsion kenglik va variatsiya koeffitsiyentlari xizmat qiladi. Bular ichida dispersiya va kvadratik o’rtacha tafovut hamda uning variatsiya koeffitsiyenti eng muhim ko’rsatkichlar hisoblanadi.


Umumiy dispersiya o’rtacha juz’iy (ichki guruhiy) va guruhlararo dispersiyalardan tarkib topadi. Nisbiy o’zgarishlarni o’rganayotganda va asimmetrik taqsimotda variatsiya darajasini baholayotganda geometrik o’rtachaga nisbatan dispersiyani hisoblash o’rinli hisoblanadi.
Variatsiya ko’rsatkichlari o’rganilayotgan to’plam bo’yicha belgi o’zgaruvchanlik darajasini umumlashtirib ta’riflaydi. Ammo ular taqsimot tuzilishi, uning shakli va ichki xususiyatlarni yoritib bermaydi. Bu maqsadlar uchun asimmetriya va ekstsess ko’rsatkichlari xizmat qiladi. Ular uchinchi va to’rtinchi tartibli markaziy momentlar usulida hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni kontsentratsiyalashishi va ixtisoslashishi, bozorni

9 Variatsiya ko’rsatkichlari o’rganilayotgan to’plam bo’yicha belgi o’zgaruvchanlik darajasini umumlashtirib ta’riflaydi. Ammo ular taqsimot tuzilishi, uning shakli va ichki xususiyatlarni yoritib bermaydi. Bu maqsadlar uchun asimmetriya va ekstsess ko’rsatkichlari xizmat qiladi. Ular uchinchi va to’rtinchi tartibli markaziy momentlar usulida hisoblanadi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni kontsentratsiyalashishi va ixtisoslashishi, bozorni monopollashishi, kapitalni diversifikatsiyalashtirish kabi muhim iqtisodiy jarayonlarni o’rganishda, jamiyat sotsial tuzilishidagi o’zgarishlar, jumladan aholini ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalashishi va kam daromadli qatlamlarini muhofaza qilishga qaratilgan davlat sotsial siyosatini baholashda variatsiya ko’rsatkichlaridan keng ko’lamda foydalanadi.
Variatsion ko‘rsatkichlar quyida keltirilgan.

Download 99.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling