1 Statistika predmeti
Download 99.52 Kb.
|
1 Statistika predmeti deganda statistika11 o
14 Statistik ko‘rsatkichlar deb ma’lum makon va zamon sharoitida ommaviy hodisa va jarayonlarning holatini, rivojlanishini, tuzilishini, o‘zaro bog‘lanishlarini ifodalovchi me’yorlar yuritiladi. Statistik ko‘rsatkich o‘rganilayotgan birliklar (obektlar) to‘plami yoki guruhining xossalarini umumlashtirib tavsiflaydi. SHu jihatdan u yakkama-yakka belgilardan farq qiladi. Masalan, har bir kishining yashash umri belgi sanaladi. Mamlakat yoki mintaqa aholisining o‘rtacha yashash umri statistik ko‘rsatkichdir.
Statistik ko’rsatkichlar ommaviy hodisa va jarayonlar haqida axborotlar beradi, ularning istiqbol dasturlarini ishlab chiqish uchun zamin yaratadi va ularni amalga oshirish ustidan kuchli qurol hisoblanadi. Ulug’ nemis yozuvchisi, shoiri va mutafakkiri I.V.Gyote abadiy ko’z yumishidan ikki yil oldin o’z kotibasi Ekkermann bilan suhbatda: «Aytmishlarki, sonlar go’yo olamni boshqaradi. Ammo aminmanki, sonlar olam qanday boshqarilayotganini o’rgatadi».10-degan edi. Rossiyada birinchi marotaba chop etilgan statistika darsligining muallifi K.F.German (1762-1838) o’z kitobida yozgan edi: ‘‘Statistika yaxshilikni ham, yomonlikni ham oshkor etuvchi darakchi va hukumat nazoratchisidir’’.11 Haqiqatda ham safsatavoz nutqlar yoki reklama xabarlariga tayanib emas, balki ishonchli aniq statistik ko’rsatkichlarga asoslanib, xalq ayrim rahbarlarning faoliyatini baholashi mumkin va kerak. Ilmiy bilishda va amaliy faoliyatda statistik ko’rsatkichlar qo’yidagi funksiyalarni bajaradi: -o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni miqdoriy ifodalash va baholash, ya’ni o’lchash funksiyasi; -ularning muhim tomonlariga e’tiborni jalb qilish,yuzaki tomonlarini soqit qilish,ya’ni umumlashtirish funksiyasi; -hodisalar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni tavsiflash va qonuniyatlarni miqdoriy ifodalash, ya’ni analitik funksiya; 15 Statistik ko’rsatkichlar rang-barang bo’lib, ular o’rganilayotgan hodisa yoki jarayonning turli jihatlarini ta’riflaydi. Hech qaysi ko’rsatkich turi ustuvorlikka ega emas,uning plyusi va minusi mavjud. Shu sababli iqtisodiy-ijtimoiy tahlilda barcha ko’rsatkichlar majmui, ularning tizimi qo’llanilishi kerak. Iqtisodiy ko‘rsatkich iqtisodiy hayotda ro‘y berayotgan u yoki bu hodisa yoki jarayonning sifat-miqdoriy aniqligidir. Sifat deganda hodisaning ichki qiyofasi (aniqligi) yoki uning rivojlanish qonuni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan mohiyati tushuniladi. Sifat hodisaning turli-tuman jihatlari, xossalari, muhim belgilarining birikmasida ayon bo‘ladi. Miqdor - hodisaning tashqi qiyofasi (aniqligi) bo‘lib, uning u yoki bu xossasining o‘lchami, soni, ro‘yobga chiqish darajasi shaklida ko‘rinadi. Ijtimoiy iqtisodiy hodisa va jarayonlarning hajmi, soni, miqdori va darajasini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar mutloq (absolyut) miqdorlar deb ataladi. Masalan. N mamlakatida aholi soni 1.01.2018 da 26,4 mln. kishini. 2017 yili etishtirilgan paxta 3749 ming tonnani, ishlab chiqarilgan go‘sht 1060,4 ming tonnani, sut 4554,7 ming tonnani va tuxum 1966,4 mln. donani tashkil etdi. Ifodalanishiga qarab mutloq miqdorlar yakka va umumiy miqdorlarga bo‘linadi. Yakka mutloq miqdorlar kuzatilayotgan to‘plamning alohida birliklarini ifodalaydi, umumiy mutloq miqdorlar esa kuzatilayotgan to‘plamni ta’riflaydi. Mutloq miqdorlar naturada, shartli naturada, pul va kompleks o‘lchov birliklarida ifodalanishi mumkin. Download 99.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling