1. Struktura nima? Boshqarishning tashkiliy strukturasi xaqida
«Ilmiy menejment» maktabining
Download 17.67 Kb.
|
Variant No22
«Ilmiy menejment» maktabining mohiyati va shakllanishi
Xorijiy menejment monopol kapitalizm davrida vujudga kelgan. U shakllanishidan oldin boshqaruv mehnatining tarqalishi uning maxsus nazariy asosi yaratilishiga extiyoj o’sishi yuz berdi. Menejment nazariyasining asoschilari Teylor, Ford, Gilberd, Emerson, Fayol va boshqalardir. «Ilmiy menejment» maktabi XIX asrlarning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga keldi. Bu maktabning asoschisi amerikalik muhandis va tadqiqotchi Fredrix Teylor (18o’6-191o’) hisoblanadi. Uning nazariyasi keyinchalik «Teylorizm» nomini olgan. F.Teylor ta‘limotining asosiy mazmuni yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda ғoyatda samarador va maqbul usullarni izlashdir. Uning printsiplariga binoan: mehnatning xar jarayoni, uning ko’lami va ketma-ketligi aniq - puxta ixtisoslashtirilishi shart; xar bir mehnat turi qatiy vaqt oraliғida taqsimlanishi lozim; har bir mehnat jarayoni va xatto bir xarakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo’ysundirilgan bo’lishi kerak; yuqoridan berilgan topshiriq va vazifalarni bajarishda doimiy talabchan nazorat bo’lishi lozim; ishchilar iktidori, malakasi va qobiliyatiga qarab joy-joyiga qo’yilishi shart; boshqaruvchi bilan boshqariluvchi ma‘suliyatini aniq belgilash va vazifalarni to’gri taqsimlash shart. F.Teylorning mehnatni samarali tashkil etish va boshqarishdagi bu bergan takliflari ishlab chiqarishga tadbiq etilganda mehnat unumdorligini 100% ga o’sishiga erishilgan. Ayniqsa uning qo’llagan xronometraj usuli diqqatga sazovordir. Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi T. Emerson mehnatni ilmiy tashkil kilish bo’yicha yirik mutaxasis bo’lib, u boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning «Mehnat unumdorligining 12 printsipi» nomli asarida yoritilgan. T.Emerson (18o’3-1931) ilmiy boshqaruv printsipini mohiyatiga ko’ra quyidagi ketma-ketlikda bayon qilingan. Anik qo’yilgan maqsad va ғoyalar. Oqil soғlom fikr. Jozibali, e‘tiborli maxsulot. Intizom. Xodimga nisbatan adolatli bo’lish. Tezkor, ishonchli, to’liq, aniq va muntazam hisob-kitob. Dispetcherlash. Me‘yorlar va jadvallar. Sharoit bilan ta‘minlash. Operatsiyalarni me‘yorlash. Standart yo’riqnomalarni tayyorlash. Unumdorlikni raғbatlantirish. SHunday qilib, Teylor va uning izdoshi Gamilton Cherch (1866-1936), Genri Gant (1861-1919), Frenk Gilbert (1868-1924) va boshqalar boshqaruv nazariyasi rivojlanishning boshkaruv kontseptsiyasi vujudga kelgan XIX-XX asrlar chegarasida XX asrning 20-yillargacha davom etdi. Download 17.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling