1. Sug’urta va uning kelib chiqish tarixi qanday kechgan
Download 293.5 Kb.
|
Cуғурта иши фанидан назорат вариантлари (3)
10-variant
Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish shakllari. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishi deganda sug‘urta bozori rivojlanishi, kengayishi va samarali ishlashini ta’minlash maqsadida davlat hokimiyati, boshqaruvi va mahalliy idoralar tomonidan muntazam ravishda, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan holda, sug‘urta bozori ishtirokchilari xatti-harakatlariga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy va boshqa ko‘rinishlardagi faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat amaldagi qonunlar doirasida bo‘lishi, sug‘urta faoliyati ishtirokchilari huquq va manfaatlariga zarar yetkazmasligi lozim.Sug‘urta bozorini davlat yo‘li bilan tartibga solish qo‘yidagi vazifalarni bajaradi: 1) Zarur iqtisodiy va huquqiy zaminni mustahkamlash va takomillashtirish yo‘li bilan sug‘urta bozori rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish; 2) Kerakli me’yoriy-huquqiy qoidalar belgilash orqali sug‘urtalanuvchilar va sug‘urtalovchilar huquqlari hamda boshqa qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash; 3) Sug‘urta bozori infratuzilmasini, uning tarkibiy qismlarini yanada rivojlantirish; 4) Mustaqil sug‘urta brokerlari, ixtisoslashgan yuridik maslahat-tahlil hamda auditorlik firmalari shakllanishi va rivojlanishiga ko‘maklashish; Sug‘urta faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad – sug‘urta bozori va uning ishtirokchilari xatti-harakatlari qonunchilik talablariga mos bo‘lishini ta’minlash, eng avvalo sug‘urtalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar mulkiy manfaatlarini himoyalashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8 iyuldagi «Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan sug‘urta faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish vazifasi Moliya Vazirligi huzurida tashkil etilgan sug‘urta nazorati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi (keyinchalik Davlat inspeksiyasi) zimmasiga yuklatildi. Sug‘urta faoliyati ustidan davlat nazoratining eng muhim tamoyillaridan biri - sug‘urta tashkilotlari faoliyatiga, kundalik ishlariga asossiz aralashishga, ular faoliyatini asossiz cheklanishiga yo‘l qo‘yilmasligidir.Davlat inspeksiyasi tomonidan sug‘urta faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish paytida qonuniylik, ijtimoiy adolat tamoyillariga qat’iy amal qilinishi lozim.Sug‘urta faoliyati ustidan umumiy nazorat olib borish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlariga yuklatilgan bo‘lib, prokuratura organlari sug‘urta faoliyati barcha ishtirokchilari, sug‘urta tashkilotlari, sug‘urtalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar, sug‘urta brokerlari, bu munosabatning barcha ishtirokchilari faoliyatini, shuningdek sug‘urta nazorati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi faoliyatini ham nazorat qilib boradilar. Sug’urtalovchining daromadlari va xarajatlari tarkibi. ajratilgan aktivlar — sug‘urtalovchining sug‘urta zaxiralari summasiga muvofiq keluvchi aktivlari; bartaraf etilmagan da’vo — sug‘urta hodisasining yuz berishi munosabati bilan vujudga kelgan, hisobot sanasiga u bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari hali bajarilmagan yoki to‘liq bajarilmagan, xabar qilingan zarar; bog‘liq shaxslar — sug‘urtalovchi bilan alohida munosabatlarga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar, ya’ni: sug‘urtalovchining Kuzatuv kengashi yoki boshqa vakolatli organi tarkibidagi har qanday shaxs, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari; sug‘urtalovchining ustav kapitalida 20 foizdan ortiq ulushga ega har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs, yoki ushbu yuridik shaxsning har qanday rahbari yoki yirik aksiyadorlari (ta’sischilari), shuningdek ularning yaqin qarindoshlari; sug‘urtalovchining faoliyatini qonunchilikka muvofiq nazorat qiluvchi yuridik shaxslar va ularning boshqaruvchilari; Sug‘urta tashkilotining investitsiya faoliyatidan oladigan daromadlari tarkibi: - bank jamg‘armalari foizlari; - aksiyalardan dividend foizlari; - qimmatli qog‘ozlardan daromadlar; - ko‘chmas mulkdan olingan daromadlar kabilardan iborat bo‘ladi. Bu faoliyatning ahamiyatli jihati shundaki, sug‘urtachi o‘z mijozlariga bonus to‘lovlarini aynan investitsiya joylashtiriluvidan oladigan manbalari hisobidan to‘laydi. Sug‘urtachi sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishi va investitsiya joylashtiriluvidan tashqari boshqa faoliyatdan ham daromad olishi mumkin. Bunday daromadning manbalari: - depo mukofotlar hisobiga o‘tkazilgan foiz summalari; - regress tartibida olingan summalar; - asosiy fondlar, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan foyda; - ijarachilik faoliyatidan olingan daromadlar; - sug‘urta zaxiralarining qaytim summalari; - o‘qitish, maslahat ishlarini olib borish bo‘yicha undirilgan to‘lovlar hisoblanadi. Shaxsiy sug’urtaning kichik tarmoqlariga umumiy tavsifnoma. Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi lozim: - sug‘urtalangan shaxs to‘g‘risida; - sug‘urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida; - sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida; - sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (muddatlari) to‘g‘risida; - shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida. Taraflarning kelishuviga binoan shartnomaga boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Agar sug‘urta shartnomasi sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs yoki naf oluvchi hisoblangan fuqaroning ahvolini qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarni o‘z ichiga olsa, shartnomaning ana shu shartlari o‘rniga qonun hujjatlarining tegishli qoidalari qo‘llaniladi. haxsiy sug‘urtani hayot sug‘urtasiga va sog‘liqni sug‘urtasiga bo‘linishiga asosiy sabab sug‘urta summalarini jamg‘arilib borilishidir.Hayot sug‘urtasi uzoq muddatli bo‘lib, unda shartnoma bo‘yicha belgilangan sug‘urta summasi har yili jamg‘arilib boradi. Fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashda sug‘urta summalari jamg‘arilmaydi, muddati 1 yildan oshmaydi. 2002 yilning 28 mayidan e’tiboran “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida” qonunning qabul qilinishi bilan sug‘urta 2 ta tarmoqqa bo‘lindi: · hayot sug‘urtasi; · umumiy sug‘urta. Qonunga asosan sug‘urtalovchilarning faoliyati sug‘urtaning qaysi tarmog‘iga ixtisoslashganligiga qarab alohida litsenziyalanadigan bo‘ldi. Hayot sug‘urtasini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar umumiy sug‘urta turlarini o‘tkazishga haqli emas yoki aksincha. Shaxsiy sug‘urta ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi. Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta turlariga quyidagilar kiradi: · hayot sug‘urtasi; · fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash; · fuqarolarning sog‘lig‘ini va kasalliklardan sug‘urtalash; · fuqaroni ma’lum yoshgacha yetishish sug‘urtasi; · vafot etish holatidan uzoq muddatli sug‘urta; · tibbiy sug‘urta; · chet elga ketuvchilarni kasalliklardan sug‘urta; · maktab o‘quvchilarini baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash. Majburiy tarzda amalga oshiriladigan shaxsiy sug‘urta turlariga quyidagilar kiradi: · yo‘lovchilarni baxtsiz hodisalardan majburiy sug‘urtalash; · soliq organlari xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasi; · O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasi. Majburiy davlat sug‘urtasini 2003 yil 1 yanvardan boshlab “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi o‘tkazib kelmoqda. Download 293.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling