1. Sug’urta va uning kelib chiqish tarixi qanday kechgan
Download 293.5 Kb.
|
Cуғурта иши фанидан назорат вариантлари (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haqiqiy risklar
15-variant
Sug’urtaga qabul qilinmaydigan risklar o’z ichiga qanday risklarni oladi. Riskning eng katta guruhini sug'urtalanishi mumkin bo'lgan risklar tashkil etadi. Quyida keltirilgan mezonlar asosida sug'urta riskini sug'urtasiz risklardan farq qilish mumkin: — riskning ro'y berishi tasodifiy xarakterga ega bo'lmog'i zarur; — sug'urta hodisalarini ro'y berish vaqti va maqonining noma’lum bo'lishi. — Xavf solish manbasiga ko'ra risklarni tabiatning stixik kuchlari bilan bog'Uq risklar va moddiy boylikni o'zlashtirish oqibatida insoniyatni tabiatga ta’siri bilan bog'liq risklar toifalariga bo'lishi mumkin. Hoziigi vaqtda nafaqat alohida olingan sug'urta riski qayta sug'urta obyekti bo'lmoqda. Sug'urtalanuvchi sug'urtalangan shaxsni almashtirish, naf oluvchini almashtirish, sug'urta riskining o'zgarishiga ta’sir etuvchi omillaming o'zgarishi, sug'urtalangan mulkka bo'lgan huquqlaming boshqa shaxsga o'tganligi holati va boshqa shunga o'xshash holatlarda sug'urta shartnomasini qayta rasmiylashtirish to'g'risidagi ariza bilan aynan sug'urtalovchiga murojaat etadi. Sug'urtalovchi sug'urta hodisasi sodir bo'lganligi to'g'risidagi da’voni va sug'urta dalolatnomasini tuzuvchi shaxs hisoblanadi. Sug'urtaga olingan risklar sug'urta tashkilotlari tomonidan tazorat qilinadi. U sug'urta kompaniyasi tomonidan kuzatuv ishlarini olib borish orqali bajariladi. Risklami boshqarish ma’lum miqdorda uni moliyalashtirishni talab qiladi. Riskni moliyalashtirish — bu risklami aniqlash, ulami baholash va nazorat qilish bilan bog'liq barcha xarajatlami qoplashdir. Sug'urta munosabatlari moliya tushunchasi kabi taqsimlash xarakteriga ega. Sug'urta munosabatlari orqali yalpi ichki mahsulot va milliy daromad qayta taqsimlashda ishtirok etadi. Sug'urta mexanizmi orqali zararlar hududlar bo'yicha va muayyan bir vaqtda taqsimlanadi. Va bu sug'urtaning asosiy belgilaridan bin hisoblanadi. Hududlar bo'yicha sug'urta jamg'armasini shakllantirish va sug'urtalangan xo'jaliklar o'rtasida taqsimlash uchun ko'p miqdorda sug'urtalanuvchilar bo'lishi zamr. Qayta sug'urtachi tashkilotlar Ustav jamg'armasi kamida 4 mln. AQSH dollarini tashkil qilishi va kamida 90 % pul mablag'i bilan kiritilgan bo'lishi zarur. Ba’zi mamlakatlarda sug'urta tashkilotlarining qayta sug'urta faoliyati alohida sug'urta turlariga qarab qayta sug'urtaning ma’lum sug'urta turiga ixtisoslashishi mumkin. Sug’urtaga qabul qilinadigan risklar o’z ichiga qanday risklarni oladi. Sug‘urta riskining asosiy mezonlari: • risk tasodifiy xarakter kasb etishi kerak, bunda sug‘urta shartnomasida ishtirok etayotgan barcha tomonlarga sug‘urta hodisasining ro‘y berish aniq vaqti va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararning hajmi oldindan ma’lum emas; • mazkur riskning namoyon bo‘lish tasodifiyligini bir turdagi obyektlar jamlamasi bilan solishtirish mumkin, ya’ni statistik kuzatuvlar olib borish kerak; • riskni amalga oshishida aks etuvchi sug‘urta hodisasining ro‘y berishi sug‘urtalanuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxsning xohish-irodasi bilan bog‘liq bo‘lmasligi kerak; • sug‘urta hodisasining ro‘y berishi davr va makonda ma’lum emas; • riskni amalga oshish oqibatlarini pul ifodasida obyektiv o‘lchash va baholash imkoni mavjud. Nosug‘urtaviy risklar – bu risklar obyektiv mavjud bo‘ladi, ammo sug‘urtalovchi mas’uliyati hajmiga qo‘shib, ya’ni sug‘urtaga qabul qilib bo‘lmaydi. Xavf-xatar manbalaridan kelib chiqib risklarni quyidagilarga bo‘lish mumkin: tabiiy ofatlar (er qimirlashi, sel, do‘l va b.) bilan bog‘liq bo‘lgan va insonning ongli xatti-harakati (o‘g‘irlik, talonchilik va boshqa g‘ayri huquqiy xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek yuqorida sanab o‘tilganlarning aralash risklari (misol uchun, mutaxassis-epidemiologning maqsadli harakati bilan yuzaga keluvchi epidemiyalar). Sug‘urtalovchining mas’uliyati hajmi bo‘yicha risklar yakka tartibdagi (masalan, tasviriy san’at asarlarini tashish va ko‘rgazmasi) va universal (masalan, muntazam uchrovchi mulkiy risk – o‘g‘irlik) turlarga bo‘linadi. Risklar natijasidagi yo‘qotishlar turlariga quyidagilar kiradi: moddiy, moliyaviy, mehnat, vaqtli, obro‘li (ishonch), ekologik yoki sog‘likka ziyon etkazilishi. 3. Risklarni boshqarish o‘zining mohiyati bo‘yicha har qanday iqtisodiy tizim (jarayon)ning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Risk hajmi olinadigan daromad bilan bevosita proporsionaldir.Bundan ko‘rinib turibdiki, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning, tizimning faoliyatini samaradorligi to‘laligicha risklarni boshqarish jarayonini qanchalik samarali tashkil qilinganligiga bog‘liq.Riskni boshqarish (risk-menejment) – ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, uning maqsadi noqulay holatlar yuzaga kelganda obyektning ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarini kamaytirish yoki kompensatsiyalash hisoblanadi.Riskni boshqarishning quyidagi asosiy bosqichlari mavjud : > risk obyektining tahlili; > riskni aniqlash; > riskni baholash; > riskka ta’sir etish usullarini aniqlash; > qaror qabul qilish; > riskka bevosita ta’sir o‘tkazish; > boshqarish jarayoni natijalarini nazorat va tahrir qilish. Risk tahlili – boshlang‘ich bosqich bo‘lib, uning maqsadi obyektning hozirgi vaqtdagi tarkibi, xususiyatlari haqida, kelajakda uning holatini o‘zgarishi haqida zarur axborotlarni olish hisoblanadi. Riskni aniqlash bosqichi obyektning mavjud risklarini tavsifini, ya’ni ularning sifat jihatlari va ta’rifini nazarda tutadi. Haqiqiy risklar – salbiy yoki nolli natijani olish ehtimolligi: tabiiy, ekologik, siyosiy, transport va tijorat risklarining bir qismi (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo). Download 293.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling