1. Sug’urta va uning kelib chiqish tarixi qanday kechgan


Download 293.5 Kb.
bet16/24
Sana16.01.2023
Hajmi293.5 Kb.
#1094747
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Cуғурта иши фанидан назорат вариантлари (3)

13-variant

  1. Sug’urta fondidan foydalanish bilan bog’liq atamalar.

Bosh polis- sug‘urta kompaniyasi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi yozma bitim. Bu bitimga muvofiq, tegishli davr mobaynida sug‘urtalanuvchi barcha ob’ektlarni sug‘urta kompaniyasiga sug‘urtalash uchun beradi. Chet el tajribasida bu bitim «ochiq polis» yoki «polis-abonament» deyiladi. Mazkur bosh polis asosida sug‘urtalash tashqi savdo yuklari sug‘urtasida keng tarqalgan. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta kompaniyasiga har bir jo‘natilgan yuk haqidagi ma’lumotlar (yukning vazni, sug‘urta summasi, yukni jo‘natish va qabul qilib olish punktlari) bayon etilgan arizani taqdim etsa etarli, yuk avtomatik ravishda sug‘urtalangan hisoblanadi.Kvotali qayta sug‘urtalash - sug‘urta kompaniyasi qayta sug‘urtalovchi kompaniya bilan kelishgan holda unga risklarni bir qismini beradi. Sug‘urta polisi - sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi hujjat. Sug‘urta polisida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart: sug‘urta kompaniyasining yuridik manzili, sug‘urtalanuvchining nomi, sug‘urta ob’ekti, sug‘urta mukofotining miqdori, shartnomaning amal qilish muddati. Sug‘urta qoplamasini to‘lashda sug‘urtalanuvchi sug‘urta polisini sug‘urta kompaniyasiga taqdim etishi zarur.Sug‘urta dalolatnomasi - sug‘urta hodisasi ro‘y berganda sug‘urta kompaniyasi tomonidan tuziladigan hujjat. Sug‘urta mukofoti- sug‘urta xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lanadigan haq. Sug‘urta mukofotining miqdori sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda aniqlanadi. Sug‘urta mukofotining miqdori aniq summalarda ham ifodalanishi mumkin. Sug‘urta puli, asosan, xavfli, yirik ob’ektlarni sug‘urtalash maqsadida tashkil etiladi. har qaysi kompaniya o‘z sug‘urtalangan riskni pulga beradi va buning uchun, pul orqali yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining bir qismini oladi. Sug‘urta ob’ekti - shaxsiy sug‘urtada fuqarolarning hayoti, sog‘ligi, mehnat qobiliyati bilan bog‘liq manfaati; mulkiy sug‘urtada binolar, qurilmalar, transport vositalari uy-joy mulki, tashiladigan yuklar va boshqa moddiy boyliklarni saqlashga bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning manfaati; jismoniy yoki yuridik shaxsning o‘z hatti-harakati bilan uning shaxsga zarar keltirish fuqarolik mas’uliyati - mas’uliyatni sug‘urtalashda sug‘urta ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Riskni baholash maqsadida sug‘urta ob’ekti sug‘urta kompaniyasining mutaxassislari tomonidan ekspertiza qilinishi mumkin.Sug‘urta shartnomasi - ikki yoki undan ortiq tomonlar o‘rtasida tuziladigan yozma ravishdagi bitim bo‘lib, bunda sug‘urta kompaniyasi sug‘urta hodisasi tufayli zarar ko‘rilganda sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasini to‘lash majburiyatini, sug‘urtalanuvchi esa belgilangan muddatlarda sug‘urta mukofotini to‘lash majburiyatini oladi. Sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlash uchun sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisi beradi. Sug‘urta shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo‘shimcha shartlar sug‘urta shartnomasining mazmunini tashkil etadi. Sug’urta hodisasi - stixiyali, tabiiy yoki oldindan ko’rib bo’lmaydigan voqea-hodisalarning amalda yuz berishi. Sug’urta hodisasi yuzaga kelgan zarar sug’urta kompaniyasi tomonidan shartnomaga muvofiq qoplanadi. Mulkiy sug’urtada sug’urta hodisasi deyilganda, stixiyali hodisalar, yong’in, avariya, portlash, zilzila, dovul va boshqalar tushuniladi. Shaxsiy sug’urtada esa sug’urta hodisasiga fuqarolarning ma’lum bir muddatgacha yashashi, ularning xayotida baxtsiz hodisalarning ro’y berishi yoki o’limi kiradi. Xalqaro amaliyotda sug’urta hodisasi ba’zan «fors-major» deb yuritiladi.

  1. Mulk sug’urtasida ob’ekt va sub’ektlar.


Download 293.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling