1. Sug’urta va uning kelib chiqish tarixi qanday kechgan


Download 293.5 Kb.
bet22/24
Sana16.01.2023
Hajmi293.5 Kb.
#1094747
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Cуғурта иши фанидан назорат вариантлари (3)

18-variant

  1. O’zbekiston sug’urta bozorida hozirda nechta sug’urta kompaniyasi faoliyat ko’rsatmoqda va ular qaysi tarmoqlar bo’yicha faoliyat yuritmoqdalar.

O‘zbekistonda 2020 yil 1 yanvar holatiga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi jami 41 ta litsenziya berilgan. Shulardan respublikada 36 ta sug‘urta kompaniyalari faoliyat yuritmoqda.2022 yil 1 iyun holatiga ko’ra O‘zbekiston sug‘urta bozorida 42 sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.Sug‘urta qildiruvchi - sug‘urtani qabul qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug'urta bozori ishtirokchilari sug'urta xizmatlarini ko'rsatuvchi agent va broker vositachilari orqali ham faoliyat yuritishlari mumkin. Ular sug‘urta mukofotining muayyan ulushini komissiya (xizmat haqqi) sifatida oladilar (sug‘urta qildiruvchi shartnoma bo‘yicha beradigan badal).Agentlar litsenziyaga muhtoj emas, ular sug‘urta kompaniyasi nomidan ish yuritadi, va albatta uning manfaatlarini himoya qiladilar.Brokerlar litsenziyaga ega bo‘lishlari va mustaqil ishlashlari kerak, ya'ni turli xil sug‘urta kompaniyalarni taklif qilish orqali mijozning ehtiyojlarini optimal darajada qondiradilar.Sug‘urta zaxirasini ko‘paytirish uchun sug‘urta kompaniyalari sug‘urta qildiruvchilarning mablag‘larini taqsimlash bilan shug‘ullanadilar. Sug‘urta kompaniyasining daromad manbai uning investision faoliyati hisoblanadi. U yig‘gan pul mablag‘lari, kelgusi to‘lovlar uchun mo‘ljallangan sug‘urta zaxiralarining miqdori hisoblanadi. Bu pul mablag‘larini sarflash mumkin emas, lekin ularni daromad olish maqsadida omonatlar sifatida banklarda joylashtirish orqali ishlatish mumkin. 2021 yil yakuniga ko'ra O'zbekiston sug'urta bozorining moliyaviy ko'rsatgichlari quyidagicha:

    • sug'urta kompaniyalarining jami ustav kapitali – 1,6 trln. so'mni;

    • yig'ilgan sug'urta mukofotlari – 3,7 trln. so'mni;

    • to'langan sug'urta to'lovlari – 1,2 trln. so'mni;

    • sug'urta kompaniyalarining investitsiyalari – 3,8 trln. so'mni;

    • sug'urta bozorida tuzilgan shartnomalar soni – 7,6 mln. dona tashkil etdi.

“Sug'urta faoliyati to'g'risida”gi qonun sug'urta sohasida tajribadan o'tgan milliy amaliyot va xalqaro tamoyillarga asoslangan bo'lib, 10 ta bob va 72 ta moddani o'z ichiga oladi. Qonun Prezident tomonidan 2021 yil 23 noyabrda imzolandi hamda rasmiy e'lon qilingan kundan 3 oy o'tgach 2022 yil 25 fevraldan boshlab kuchga kirdi.

  1. Sug’urta vositachilari kimlar va ularning vazifalari nimalardan iborat.

Sug’urta vositachilari – sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasida vositachilik vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs.Maqomi bo’yicha vositachi sug’urtalanuvchining manfaatlarini himoyaqiladi.Sug'urta vositachilari sug'urtani joylashtirish va sotib olishni osonlashtiradi va sug'urta kompaniyalari va iste'molchilarga sug'urta joylashtirish jarayonini to'ldiradigan xizmatlarni taqdim etadi.An'anaga ko'ra, sug'urta vositachilari sug'urta agentlari yoki sug'urta brokerlari sifatida tasniflanadi. Ikkalasi o'rtasidagi farq ularning bozorda ishlash uslubiga bog'liq.Ko’rsatgan xizmatlari uchun vositachi tegishli vositachilik haqini oladi. sug’urta manfaati tufayli yuzaga keladigan sug’urtaviy huquqiy munosabatlarning boshlanish jarayoni. Risklarni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi joylashtirish mos ravishda to’g’ridan to’g’ri sug’urtalash, qayta sug’urtalash va retrotsessiyani anglatadi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda risklarni joylashtirish sug’urta vositachilari orqali sug’urta bozorida amalga oshiriladi. Kovernota – sug’urta vositachisi tomonidan sug’urtalanuvchiga beriladigan va sug’urtalanuvchining sug’urta shartnomasi tuzishini tasdiqlovchi hujjat. An'anaga ko'ra, sug'urta vositachilari sug'urta agentlari yoki sug'urta brokerlari sifatida tasniflanadi. Ikkalasi o'rtasidagi farq ularning bozorda ishlash uslubiga bog'liq.
3. Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi va ahamiyati.
O‘zbekistonda yetarli darajada samarali ishlaydigan sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik tizimi yaratilgan bo‘lib, o‘z ichiga «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunni, Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Moliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlarni va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qatlamini qamrab oladi. Ushbu huquqiy baza Respublikada sug‘urta faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishi deganda sug‘urta bozori rivojlanishi, kengayishi va samarali ishlashini ta’minlash maqsadida davlat hokimiyati, boshqaruvi va mahalliy idoralar tomonidan muntazam ravishda, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan holda, sug‘urta bozori ishtirokchilari xatti-harakatlariga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy va boshqa ko‘rinishlardagi faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat amaldagi qonunlar doirasida bo‘lishi, sug‘urta faoliyati ishtirokchilari huquq va manfaatlariga zarar yetkazmasligi lozim.Sug‘urta bozorini davlat yo‘li bilan tartibga solish qo‘yidagi vazifalarni bajaradi:
1) Zarur iqtisodiy va huquqiy zaminni mustahkamlash va takomillashtirish yo‘li bilan sug‘urta bozori rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish;
2) Kerakli me’yoriy-huquqiy qoidalar belgilash orqali sug‘urtalanuvchilar va sug‘urtalovchilar huquqlari hamda boshqa qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
3) Sug‘urta bozori infratuzilmasini, uning tarkibiy qismlarini yanada rivojlantirish;
4) Mustaqil sug‘urta brokerlari, ixtisoslashgan yuridik maslahat-tahlil hamda auditorlik firmalari shakllanishi va rivojlanishiga ko‘maklashish;
5) Sug‘urta bozorida ishlaydigan malakali, zamonaviy bilim va tajribaga ega bo‘lgan, mutaxassis kadrlar tayyorlanishiga, mavjud kadrlar korpusining muntazam malakasi oshirilishiga ko‘maklashish;
6) Sug‘urta kompaniyalari va tashkilotlari moliyaviy faoliyati monitoringini tashkil qilish, ularning to‘lov imkoniyatlarini kuzatib borish kabilar.Sug‘urta faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad – sug‘urta bozori va uning ishtirokchilari xatti-harakatlari qonunchilik talablariga mos bo‘lishini ta’minlash, eng avvalo sug‘urtalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar mulkiy manfaatlarini himoyalashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8 iyuldagi «Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan sug‘urta faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish vazifasi Moliya Vazirligi huzurida tashkil etilgan sug‘urta nazorati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi (keyinchalik Davlat inspeksiyasi) zimmasiga yuklatildi. Ushbu inspeksiya to‘g‘risidagi nizom ham yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qaror bilan tasdiqlandi va Davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatini amalda 1999-yil fevral oyidan boshladi.



Download 293.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling