1. Suyaklaring joylashishi,shakli va vazifasi bo`yicha klassifikatsiyasi
Tashqi uyqu arteriyasining orqa guruh tarmoqlari
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Anatomiya Гост савол - жавоб
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi uyqu arteriyasining orta guruh tarmoqlari.
Tashqi uyqu arteriyasining orqa guruh tarmoqlari:
1.Ensa arteriyasi (a.occipitalis) yuz arteriyasi bilan bir sohadan boshlanib, orqa tomonga o'z nomidagi egatga yo'naladi va ensa terisini, to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushakni, quloq suprasini, bo'yin mushaklarini, bosh miya qattiq pardasini qon bilan ta'minlaydi. 2.Quloqning orqa arteriyasi (a.auricularis posterior) orqa tomonga qiya yo'nalib quloq suprasi, ensa va so'rg'ichsimon o'simta sohasi terisini, to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushakni qon bilan ta'minlaydi.
1.Ko'tariluvchi halqum arteriyasi (a. pharyngea ascendens) kiradi. U tashqi uyqu arteriyasining boshlanish sohasidan chiqib, halqumning yon devori bo'ylab yuqoriga ko'tariladi va halqum mushaklarini, eshituv nayi va nog'ora bo'shlig'i shilliq pardasini qon bilan ta'minlaydi. 2.CHakkaning yuza arteriyasi (a. temporalis superficialis) tashqi uyqu arteriyasining bevosita davomi bo'lib, tashqi eshituv yo'lining oldidan yuqoriga ko'tariladi. Bu arteriya peshona va tepa terisini, quloq oldi bezini, yonoq, ko'z kosasi osti terisi, quloq suprasi, tashqi eshituv уo'li terisi va mimika mushaklarini qon bilan ta'minlaydi. 3.Yuqori jag' arteriyasining (a. maxillaris) qisqa poyasi pastki jag' shoxining orqasidan o'tib chakkaosti va qanot-tanglay chuqurchalarida yotgani uchun uch qismga bo'lib o'rganiladi. Uning jag' qismidan: 1. CHakka-pastki jag' bo'g'imi, tashqi eshiyuv yo'li va nog'ora pardani qon bilan ta'minlovchi a.auricularis profunda; 2. Nog'ora bo'shlig'i shilliq pardasiga toshsimon-nog'ora tirqishi orqali o'tuvchi a. tympanica anterior; 3.Pastki jag' kanaliga kirib pastki jag'ni, tishlarni va milkni qon bilan ta'minlovchi a. alveolaris inferior. U engak teshigi orqali chiqib a. mentalis nomi bilan mimika muskullari va engak terisini qon bilan ta'minlaydi. 4.0'tkir qirrali teshik orqali miyaning qattiq pardasiga kiruvchi a.meningea media lar chiqadi. Yuqori jag' arteriyasining qanotsimon qismidan chaynov mushaklarini, lunj mushagini, lunjning shilliq pardasiga tarmoqlar va yuqori jag' tishlari va milkni oziqlantiruvchi a.alveolaris superior posterior lar chiqadi. Yuqori jag' arteriyasining qanotsimon-tanglay qismidan 3 ta tarmoq beradi: 1. a.infraorbitalis pastki ko'z kosasi yorig'i orqali ko'z kosasiga pastki to'g'ri va qiyshiq mushaklarga tarmoqlar berganidan keyin o'z nomidagi kanal orqali yuzga chiqib, mimika mushaklarini, ustki lab, burun va pastki qovoq terisini, uning tarmog'i a. alveolaris superiores yuqori jag' tishlari va milklarni qon bilan ta'minlaydi; 2. a.palatina desendens qattiq va yumshoq tanglay, halqumning yuqori qismi va eshituv nayini qon bilan ta'minlaydi; 3.a.sphenopalatina o'z nomidagi teshik orqali burun bo'shlig'ining shilliq pardasini qon bilan ta'minlaydi.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling