125. Son arteriyasi, topografiyasi, shoxlari.
Ichki va tashki yonbosh arteriyalari. Oyoq arteriyalari.
Umumiy yonbosh arteriyasi qorin aortasini IV belumurtqsi sohasida ikkiga bo'linishidan hosil
bo'ladi. U pastga va tashqariga yo'nalib, dumg'aza- yonbosh bo'g'imi sohasida ichki va tashqi
yonbosh arteriyasiga bo'linadi.Ichki yonbosh arteriyasi (a.iliaca interna) katta belmushagining
ichki tomonidan kichik chanoq bo'shlig'iga tushib, katta o'tirg'ich teshigining yuqori chekkasida
orqa va oldingi poyalarga bo`linadi. Uning orqa poyasidan chanoq devoriga quyidagi tarmoqlar
chiqadi:
1.Yonbosh-bel
arteriyasi (a.iliolumbalis) katta bel mushagining orqasidan tashqi tomonga
va orqaga yo'nalib, katta bel, belning kvadrat, yonbosh mushaklarini va yonbosh suyagini qon
bilan ta'minlaydi.
2.Lateral dumg'aza arteriyasi (a.sacralis lateralis) dumg'aza suyagi va uning atrofidagi
mushaklarni qon bilan ta'minlaydi. Uning orqa miya shoxlari (r. spinales) oldingi dumg'aza
teshiklari orqali kirib, orqa miya pardalariga tarqaladi.
3.Dumbaning yuqorigi
arteriyasi (a.glutea superior) chanoq bo'shlig'idan noksimon usti
teshigi orqali chiqib o'rta va kichik dumba mushaklarini, chanoq-son bo'g'imi va terini qon bilan
ta'minlaydi.
4.YOpqich arteriya (a.obturatoria) shu nomli nerv bilan birga yopqich kanal orqali songa chiqib
ikki shoxga bo'linadi. Oldingi shoxi tashqi yopqich, sonning yaqinlashtiruvchi mushaklariniva
tashqi tanosil a'zolar terisini qon bilan ta'minlaydi. Orqa shoxi tashqi yopqich mushakni qon bilan
ta'minlashda ishtiroketadi. Undan chanoq-son bo'g'imini va son suyagi boshchasini qon bilan ta'minlovchi
sirka kosachasi shoxi chiqadi.
5.Pastki dumba arteriyasi (a.glutea inferior) noksimon mushak osti teshigidan ichki uyatli arteriya va
o'tirg'ich nervi bilan birga chiqib, katta dumba mushagiga va quymich nerviga shoxchalar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |