1. Suyaklaring joylashishi,shakli va vazifasi bo`yicha klassifikatsiyasi
Ichki bo`yinturuq venasining intra va ekstrokranial omillari
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Anatomiya Гост савол - жавоб
127.Ichki bo`yinturuq venasining intra va ekstrokranial omillari.
Yuqori kovak vena (vena cava superior) tizimi bosh, bo'yin, ikkala qo'l, ko'krak qafasi va qisman qorin devoridan qon yig'adi. YUqori kovak vena uzunligi 5-8 sm, kengfigi 21-25 mm bo'lib, birinchi o'ng qovurg'ani to'sh suyagiga birikkan sohada o'ng va chap elka bosh venalarining qo'shilishidan hosil bo'ladi. YUqori kovak vena pastga tomon yo'nalib, III o'ng qovurg'a tog'ayini to'sh suyagiga birikkan joyda o'ng bo'lmachaga quyiladi. Venani old tomonida ayrisimon bez joylashgan. YUqori kovak venaga o'ng tomonidan toq vena, chap tomonidan esa ko'ks oralig'I va perikardning mayda venalariquyiladi. Yuqori kovak vena bolalarda yurak yuqori turgani uchun qisqa. YAngi tug'ilgan chaqaloqda yuqori kovak vena diametri 10-12 mm. Uning hosil bo'lish sohasi yangi tug'ilgan chaqaloqda I qovurg'a oralig'ida bo'lsa, 1-3 yoshda 2 qovurg'a, 4-10yoshda 3 qovurg'a sohasida joylashgan. Bola tug'ilish davrida yuqori kovak venani hosil qiluvchi venalarning birikish burchagi 83-97° bo'lib, keyinchalik kattalashadi. YOshga qarab yuqori kovak venaning diametri va uzunligi kattalashadi. Bu o'sish emizikli, ikkinchi bolalik va o'smirlik davrlarida sezilarli boladi. Chap yelka-bosh vena (v. brachiocephalica sinistra)chap to'sh-o'mrov bo'g'imi sohasida chap o'mrov osti va ichki bo'yinturuq venalarining qo'shilishidan hosil boladi. CHap elka-bosh venasi to'sh suyagi dastasini va ayrisimon bezning orqasidan pastga va o'ng tomonga yo'nalib o'ng I qovurg'a tog'ayi sohasida o'ng elka-bosh venasi bilan qo'shiladi. O'ng yelka-bosh vena (v. brachiocephalica dextra)o'ng to'sh-o'mrov bo'g'imi orqasida o'ng o'mrov osti va ichki bo'yinturuq venalarining qo'shilishidan hosil bo'ladi. U pastga tomon vertikal tushadi. Elka- bosh venalariga ichki a'zolardan kelayotgan mayda: timus, perikard, bronx, qizilo'ngach, mediastinal venalar va yirik qalqonsimon bezning pastki, bo'yinning chuqur, ko'krak qafasining ichki venalari quyiladi.
Qalqonsimon bezning pastki venalari (v.v. thyroideus inferiores) qalqonsimon bezning toq chigali (plexus rhyroideus impar) va pastki hiqildoq venasidan (v. laryngea inferior) qon yig'adi. Umurtqa venasi (v.vertebralis) shu nomdagi arteriya bilan bo'yin umurtqalarining ko'ndalang teshiklaridan o'tadi va umurtqa pog'onasi chigallaridan qon yig'adi. Bo'yinnning chuqur venasi (v.cervicalis profunda) tashqi umurtqa pog'onasi chigallari, ensa sohasi muskullaridan qon yig'adi. Ko'krak qafasining ichki venasi (v. thoracica internae) shu nomdagi arteriya bilan yo'nalib, qorin usti venasi (v.epigastricae), muskul diafragma venasi (v.musculophrenicae) va oldingi qovurg'alararo venalardan (v.intercostales anterior) hosil bo'ladi.Eng yuqori qovurg'alararo vena (v. intercostalis suprema) yuqorigi 3-4 qovurg'alararo venalarning qo'shilishidan hosil bo'ladi.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling