1. Suyaklaring joylashishi,shakli va vazifasi bo`yicha klassifikatsiyasi
??126 Ichki yonbosh arteriyaning oldingi poyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Anatomiya Гост савол - жавоб
??126 Ichki yonbosh arteriyaning oldingi poyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1.Kindiк arteriyasi (a.umbilicalis) homila davrida qorindevorining orqa yuzasi bo'ylab kindikkacha boradi. Katta odamda u boylamga aylanib ketadi. Uning boshlang'ich qismi arteriya holida qolib, undan qovuqning yuqorigi arteriyasi chiqib qovuqni yuqori qismini qon bilan ta'minlaydi. Undan siydik yo'lini pastki qismiga r. uretrici va urug' olibketuvchi nayga a. ductus defferens chiqadi. 2.Qovuqning pastki arteriyasi (a. vesicalis inferior) qovuq tubini, erkaklarda urug'pufakchalari va prostata bezini, ayollarda qinni qon bilan ta'minlaydi. 3.Bachadon arteriyasi (a. uterina) kichik chanoq bo'shlig'iga tushib, siydik yo'li bilan kesishadi va bachadonning keng boylami ichida bachadon bo'ynigacha boradi. Undan bachadon nayiga, tuxumdonga va qinga tarmoqlarchiqadi.
4.0'rta to'g'ri ichak arteriyasi (a.rectalis media) to'g'ri ichakni ampula qismini, orqa teshikni ko'taruvchi mushakni, erkaklarda urug'pufakchalariva prostata bezini, ayollarda esa qinni qon bilan ta'minlaydi. 5.lchki tanosil arteriya (a.pudenda intema)chanoq bo'shlig'idan noksimon mushak osti teshigidan chiqib, o'tirg'ich o'simtasini aylanib o'tib, kichik o'tirg'ich teshigi orqali o'tirg'ich-to'g'ri ichak chuqurchasiga kiradi. Undan to'g'ri ichakning pastki qismiga va tashqi teshikka a.rectalis inferior, oraliqqa r. perinealis chiqadi. Uning tarmoqlari shuningdek yorg'oqni, ayollarda katta uyatlilablarni, erlik olatinig'ovaktanasini, ayollarda qin dahlizi piyozchasini qon bilan ta'minlaydi. Uining oxirgi shoxi erkaklarda a. profunda et dorsalis bo'lib, erlik olatini, ayollarda a. profunda et dorsalis clitoridis bo'lib, klitorni qon bilan ta'minlaydi. Tashqi yonbosh arteriya (a. iliaca externa) umumiy yonbosh arteriyaning bevosita davomibo'lib, tomirli lakuna orqali songa chiqadi. Undan quyidagi shoxlar chiqadi: l.Qorinustiningpastki arteriyasi (a. epigastrica inferior) qorin oldingidevorini orqa yuzasibo'ylabqorinto'g'rimushagiga qarabko'tariladi. Qorinto'g'rimushagiqininiteshibo'tibqorinustiningustki arteriyasibilan anastomozlashadi. Uningboshlang'ichqismidanqovsuyagiga, erkakiarda urug'tizimchasiva moyakpardalariga, ayollarda tashqitanosil a'zolarterisiga tarmoqlar chiqadi. 2.YOnbosh suyagini o 'rovchi chuqur arteriya (a. circumflexa ilium profunda) yonbosh suyagi qirrasi bo'ylab orqa tomonga yo'nalib, qorin va chanoq mushaklarini qon bilan ta'minlaydi. Son arteriyasi (a. femoralis) tashqi yonbosh arteriyaning davomi bo'lib, chovboylami ostidan o'tganidan so'ng, son uchburchagi sohasida bevosita teri va fastsiya ostida yotadi. Arteriya son uchburchagini pastki uchidan yaqinlashtiruvchi kanalga kirib, uning pastkiteshigi orqali taqim osti chuqurchasiga chiqadi. Son arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi: l.Qorinustiningyuza arteriyasi (a.epigastrica superficialis) sonning oldingi yuzasi dan yuqoriga, qorinning oldingi devoriga yo'nalib, qorin terisini, teri osti yog' kletchatkasini qon bilan ta'minlaydi. 2.YOnbosh suyagini o'rovchi yuza arteriya (a.circumflexa ilium superficialis) chov boylami bo'ylab tashqi tomonga yonbosh suyagining oldingi ustki o'simtasiga qarab yo'nalib, shu soha terisini va mushaklarini qon bilan ta'minlaydi. 3.Tashqi tanosil arteriyaiar (a.a. pudenda externae) 2-3 ta, (hiatus saphenus) orqali chiqib erkaklarda yorg'oq, ayollarda katta uyatli lablar terisiga tarqaladi. 4.Sonning chuqur arteriyasi (a.profunda femoris) eng yirik tarmoq bolib, sonni qon bilan ta'minlaydi. Undan quyidagi tarmoqlar chiqadi. a) sonni medial tarafdan aylanib o'tuvchi arteriya son suyagi bo'ynini aylanib medial tomonga yo'naladi. U yuza, ko'tariluvchi, chuqur va ko'ndalang tarmoqlarga bo'linib yonbosh- bel, taraqsimon, tashqiyopqich, noksimon, sonning kvadrat mushaklarini qon bilan ta'minlaydi. b) sonni lateral tarafdan aylani bo'tuvchi arteriya ko'tariluvchi, pastga tushuvchiva ko'ndalang tarmoqlarga bo'linadi. Ko'tariluvchi tarmog'i katta dumba va serbar fastsiyani taranglovchi mushaklarni qon bilan ta'minlaydi. Pastga tushuvchiva ko'ndalang tarmoqlari sonning to'rt boshli va mashinachilar mushagini qon bilan ta'minlaydi. v) teshib o'tuvchi arteriyalar (a. perforantes) (birinchi ikkinchiva uchinchi) sonning orqa yuzasiga yo'nalib ikki boshli, yarim pay va yarim parda mushaklarni qon bilan ta'minlaydi. 5.Tizzaning bo'g'imi sohasiga tushuvchi arteriya (a. genus desendens) son arteriyasidan yaqinlashtiruvchi kanalda boshlanib, yashirin nerv bilan tizza bo'g'imiga keladiva tizza arterial to'rini hosil qilishda ishtiroketadi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling