1. Suyaklaring joylashishi,shakli va vazifasi bo`yicha klassifikatsiyasi


Qorin aortasining parietal va bisseral tarmoqlari. Qorin bo`shlig`I a`zolarining qon


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/135
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#220855
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   135
Bog'liq
Anatomiya Гост савол - жавоб

124.Qorin aortasining parietal va bisseral tarmoqlari. Qorin bo`shlig`I a`zolarining qon 

bilan taminlanishi. 

Aortaning pastga tushuvchi kismi ko'krak va korin kismlariga bo'linadi. Aortaning ko'krak kismi 

ko'krak kafasida orka ko'ks oraligida yotadi. Pastga tushuvchi aorta bolalarda IV ko'krak 

umurtkasi soxasidan boshlanib, umurtka pogonasi bo'ylab V bel umurtkasi soxasigacha tushadi. 

YAngi tugilgan chakalok aortasi diametri 18-20 mm bo'lsa, balogat davrida 4 sm ga etadi. Bu 

davrda pastga tushuvchi aortaning ko'krak kismi korin kismiga nisbatan tez o'sadi. Pastga 

tushuvchi aortaning ko'krak kismidan ko'krak kafasi devoriga boruvchi parietal va ichki 

a'zolarga boruvchi vistseral tarmoklar chikadi. Ko'krak aortasining parietal tarmoklari 

kuyidagilar: 

l.Qovurgalararo orqa arteriyalar (a. intercostalis posteriores) 10 juft bo'lib, III-XII kovurgalar 

oraligida yotadi. Bu arteriyalar kovurgalararo mushaklarni, kovurgani va ko'krak terisini kon 

bilan ta'minlaydi. Kovurgalararo orka arteriyalardan kovurga boshi soxasida orkaning 

mushaklari va terisiga (r. dorsalis), orka miya va uning pardalariga (r. spinalis), ko'krak va korin 

terisiga (r.r. cutanei medialis et lateralis) lar chikadi. Bundan tashkari IV-VI kovurgalararo 

arteriyalardan sut bezlari uchun (r.r. mamaria) xam chikadi. XII kovurgalararo orka arteriya XII 

kovurga ostida yotgani uchun kovurgaosti arteriyasi (a. subcostalis) deb ataladi. X-XII orka 

kovurgalararo arteriyalar korin kiyshik mushaklari orasidan o'tib, korin ustining ustki arteriyasi 

tarmoklari bilan anastomozlashadi. 

Diafragmaning ustki arteriyasi (phrenicae superiores) juft, aortadan diafragmani ustida 

boshlanib, uning bel kismini va uni koplagan parietal plevrani ta'minlaydi. 

Ko'krakaortasining vistseral tarmoklari: 

1.Bronx tarmoklari (r.r. bronchiales) 2-3 ta bo'lib, bronxlar devorini va o'pka to'kimasini kon 

bilan ta'minlaydi. 

2.Qizilo'ngach tarmoklari (r.r. esophageales) 1-5 ta, aortaning turli soxalaridan boshlanib, 

kizilo'ngach devorini kon bilan ta'minlaydi. 

3.Perikard tarmoklari (r.r. pericardiaci) perikardni kon bilan ta'minlaydi. 

4.Ko'ksoraligi tarmoklari (r.r. mediastinales)orka ko'ks oraligi biriktiruvchi to'kimasi, limfa 

tugunlarini kon bilan ta'minlaydi. 

Aortaning korin kismi (pars abdominalis aortae)ko'krak aortasining bevosita davomi bo'lib, 

XII ko'krak umurtkasi soxasida boshlanadi va IV bel umurtkasi soxasida umumiy yonbosh 

arteriyalariga bo'linadi. YAngi tugilgan chakalokda korin aortasining boshlanish joyi XI 

umurtkasi soxasida bo'lib, ikkinchi bolalik davrida XII ko'krak umurtkasining o'rtasiga, 

o'spirinlik davrida XII ko'krak umurtkasining pastki 1/3 gacha tushadi. Korin aotasining 

uzunligi yangi tugilgan chakalokda 5 sm, diametri 5,5-6,8 mm. YOshga karab uning uzunligi 

o'zgarib erta bolaiik davrida 7 sm, bolalikning birinchi davri oxirida 8 sm, bolalikning ikkinchi 

davrida 9,5 sm, o'smirlik davrida 12,5 sm bo'ladi. 

Qorin aortasining juft parietal tarmoklari: 

1.Diafragmaning pastki arteriyasi (a. phrenica inferior) juft, diafragmani ostidan chikib 

diafragmani pastki yuzasiga tarkaladi. Undan buyrak usti beziga 24 tagacha yukorigi buyrak usti 

bezi arteriyalari (a. suprarenalis superiores) chikadi. YUkorigi buyrak usti arteriyalarining 

kengligi bolalikning ikkinchi va balogat davrlarida sezilarli o'sadi. 

2.Bel arteriyalari (a. Iumbales)(4 juft) segmentar yo'nalib korin muskullariga boradi. Ulardan 

orkaning bel soxasi mushaklari va terisiga orka shoxlar (r. dorsalis) chikadi. Orka shoxdan o'z 

navbatida umurtkalararo teshikdan orka miyaga kiruvchi orka miya shoxlari (r. spinalis) chikadi. 

Qorin aortasining vistseral juft tarmoqlari: 

1.Buyrak usti bezining o'rtaarteriyasi (a. suprarenalis media) l bel umurtkasi soxasida boshlanib 

buyrak usti bezi darvozasiga kiradi. 



 

 

2.Buyrak arteriyasi (a. renalis) l-ll bel umurtkalari soxasida boshlanib, buyrak darvozasiga 



kiradi va segmentlarga mosravishda bo'linadi. O'ng buyrak arteriyasi pastki kavakvenani 

orkasidan o'tadi. Buyrak arteriyalaridan buyrak usti bezining pastki arteriyasi (a. suprarenalis 

inferior) va siydikyo'li tarmoklari (r.r. ureterici) chikadi. Buyrak arteriyalari bolalarda 

buyrakning joylashishiga karab kiyshik yo'nalgan bo'ladi. Buyrak o'z joyiga turganidan keyin 

gorizontal xolatni oladi. 

3.Моуак (tuxumdon) arteriyasi (a. testicularis) (a. ovarica) ingichka uzun arteriya, buyrak 

arteriyasidan pastrokdan boshlanadi. Erkaklarda moyak arteriyasi chov kanalidan urug 

tizimchasi tarkibida moyakka boradi. Ayollarda tuxumdon arteriyasi tuxumdonni ko'tarib 

turuvchi boylam tarkibida tuxumdonga boradi.                                                                                                                 

Qorin poyasi (truncus coeliacus) uzunligi 1,5-2 sm bo'lib, aortaning oldingi yuzasidan XII 

ko'krak umurtqasi sohasida boshlanadi. Me'da osti bezining yuqori chekkasida uch shoxga: 

me'daning chap, umumiy jigar va taloq arteriyalariga bo'linadi. 

1.Me'daning chap arteriyasi (a.gastrica sinistra) chapga va yuqoriga me'daning kirish qismiga yo'nalib, 

me'daning kichik egriligi bo'ylab yotadi. Uning tarmoqlari me'daning oldingi va orqa devoriga tarqalib, 

me'daning o'ng arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. Me'daning chap arteriyasidan qizilo'ngachning 

qorin qismiga r.r. esophageaiis larchiqadi. 

2.Umumiy jigar arteriyasi (a. hepatica communis) o'ng tomonga yo'nalib ikkiga: xususiy jigar arteriyasi va 

me'da o'n ikki barmoq ichak arteriyasiga bo'linadi. Xususiy jigar arteriyasi jigar darvozasida o'ng va chap 

shoxlarga boTinadi. O'ng shoxdan o't pufagi arteriyasi chiqadi. Xususiy jigar arteriyasidan me'daning 

kichik egriligini qon bilan ta'minlovchi o'ng me'da arteriyasi chiqadi. Me'da o'n ikki barmoq ichak 

arteriyasi (a.gastroduodenalis) o'z navbatida o'ng me'da-charvi va me'da osti bezi o'n ikki barmoq 

ichakning ustki arteriyalariga bo'linadi. A. gastroepiploica dextra me'daning katta egriligi bo'ylab yo'nalib, 

me'daga va katta charviga tarmoqlar beradi. A. pancreaticoduodenales superiores anterior et posterioro'n 

ikki barmoq ichakka va me'da osti bezini boshiga shoxlar beradi. 

3.Taloq arteriyasi (a. lienalis) me'da osti bezining ustki qirrasi bo'ylab yo'nalib me'da osti beziga, me'da 

tubiga me'daning kalta arteriyalarini bergach, taloq darvozasida shoxlanadi va taloq parenximasiga 

tarqaladi. Uning shoxlaridan me'daning katta egriligi va katta charvini qon bilan ta'minlovchi chap me'da- 

charvi arteriyasi chiqadi. Bu arteriya me'da katta egriligi bo'ylab o'ng tomonga yo'nalib o'ng me'da-charvi 

arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. 

II.Yuqorigi tutqich arteriyasi (a. mesenteries superior) qorin aortasidan me'da osti bezi tanasi orqasida 

boshlanadi. Me'da osti bezi boshi bilan o'n ikki barmoqli ichakning pastki qismi o'rtasidan o'tib, ingichka 

ichak ichaktutqichi ichiga kiradi. Undan quyidagi tarmoqlar chiqadi: 

l.Me'da osti bezi-o'n ikki barmoq ichakning pastki arteriyasi(a.pancreaticoduadenale inferior) me`da ostti 

bezini boshi va 12 barmoq ichakni qon bilan ta'minlaydi.  2.Och va yonbosh ichak 

arteriyalari(a.intestinalis) 12-18 ta. Ular ingichka ichak ichaktutqichi ichida ravoqsimon anasyomozlar 

hosil qilib, ingichka ichak qovuzloqlarini qon bilan ta'minlaydi. 

3.Yonbosh-chambar ichak 

arteriyasi(a.iliacolica) pastga va o'ng tomonga yo'nalib, yonbosh ichakning oxirgi qismi va ko'r 

ichakni qon bilan ta'minlaydi. Undan chuvalchangsimon o'simtaga, ko'tariiuvchi chambar 

ichakka chiqadi. 4.Chambar ichakning о`ng arteriyasi (a.colica dextra)oldingi arteriyadan 

yuqoriroqdan boshlanib, o'ng tomonga yo'naladi.U ko'tariluvchi chambar ichakni qon bilan 

ta'minlab,yonbosh-chambar ichak va chambar ichakning o'rta arteriyalari bilan anastomoz hosil 

qiladi. 5.Chambar ichak o`rta arteriyasi(a.colica media) о`ng chambar ichak arteriyasidan 

yuqoriroqdan boshlanib, yuqoriga yo'naladi. Bu arteriya ikki shoxga bo'linadi. Uning o'ng shoxi 

ko'tariiuvchi chambar ichakning oxirgi qismi va ko'ndalang chambar ichakning o'ng qismini qon 

bilan ta'minlaydi va chambar ichakning o'ng arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. CHap shoxi 

ko'ndalang chambar ichakning chap qismini qon bilan ta'minlab, chambar ichakning chap 

arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. 




 

 

III.Pastki tutqich arteriyasi (a. mesenterica inferior) III bel umurtqasi sohasida boshlanib, pastga 



va chap tomonga yo'naladi. Undan quyidagi tarmoqlar chiqadi: 

l.Chambar ichakning chap arteriyasi (a. colica sinistra) ko'ndalang chambar ichakni chap 

qismini va tushuvchi chambar ichakni qon bilan ta'minlaydi. Bu arteriya chambar ichakning 

o'rta arteriyasi bilan anostomozlashadi. CHambar ichak arteriyalarining o'zaro 

anastomozlashuvidan chambar ichak chekkasi bo'ylab joylashgan Riolan arterial ravog'i hosil 

bo'ladi. 

2.Sigmasimon ichak arteriyasi (a. sigmoidea) 2-3 ta bo'lib, sigmasimon ichakni qon bilan 

ta'minlaydi. 

3.Yuqorigi to'g'ri ichak arteriyasi (a. rectalis superior)pastki ichaktutqich arteriyasining davomi 

bo'lib, pastga yo'naladi va kichik chanoqqa tushib, to'g'ri ichakni yuqorigi va o'rta qismlarini qon 

bilan ta'minlaydi. U ichki yonbosh arteriyasining tarmog'i o'rta to'g'ri ichak arteriyasi bilan 

anastomoz hosil qiladi. 




Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling