1. Suyaklaring joylashishi,shakli va vazifasi bo`yicha klassifikatsiyasi


Taqim arteriyasi, topogragiyasi, shoxlari


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/135
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#220855
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   135
Bog'liq
Anatomiya Гост савол - жавоб

126.Taqim arteriyasi, topogragiyasi, shoxlari. 

Taqim osti arteriyasi (a.poplitea)son arteriyasining bevosita davomi bo'lib, taqim osti 

chuqurchasining boshlanish joyida son suyagini orqa tomonida yotadi. Uning qolgan qismi 

taqim osti mushagi ustida yotib, shu mushakning pastki chekkasida oldingi va orqa katta boldir 

arteriyalariga bo'linadi. Taqim osti arteriyasi tarmoqlari: 

1.Tizza 


bo'g'imini qon bilan ta'minlaydigan yuqorigi lateral arteriya (a. genus superior 

lateralis)son suyagining tashqi do'ngsimon ustini aylanibo'tib,Sonning lateral keng va ikki boshli 




 

 

mushakni qon bilan ta'minlaydi. U tizzaning boshqa arteriyalari bilan anastomozlashib, tizza 



bo'g'imi to'rini hosil qilishda ishtirok etadi. 

2.Tizza 


bo'g'imini qon bilan ta'minlaydigan yuqorigi medial arteriya (a. genus superior 

medialis) son suyagining ichki do'ngsimon ustini Aylani bo'tib, sonning medial keng mushakini 

qon bilan ta'minlaydi va tizza bo'g'im arterial to'rini hosil qilishda ishtiroketadi. 

3.Tizza 


bo'g'imini qon bilan ta'minlaydigan o'rta arteriya (a. genus media)tizza 

bo'g'imlaarini krestsimon boylamlari, menisklari va synovial burmalarini qon bilan ta'minlaydi. 

4.Tizza 

bo'g'imini qon bilan ta'minlaydigan pastki lateral arteriya (a. genus inferior 

lateralis) ustki arteriyadan 3-4 sm pastroqdan boshlanib, katta bolder suyagi tashqi do'ngsimon 

o'simtasini aylani bo'tib, bolder mushagining lateral boshini va tovon mushagini qon bilan 

ta'minlab, tizza bo'g'imi arterial to'rini hosil qilishda ishtirok etadi. 

5.Tizza 


bo'g'imini qon bilan ta'minlaydigan pastki medial arteriya (a. genus inferior 

medialis) katta boldir suyagi medial do'ngsimon o'simtasini aylanibo'tib, bolder mushagini 

medial boshini qon bilan ta'minlab, boshqa arteriyalar bilan birga tizza bo'g'imi to'rini (rete 

articularis genus) hosil qilishda ishtiroketadi.Boldirni qon bilan ta'minlashda oldingi va orqa 

katta boldir arteriyalari ishtirok etadi. 

Oldingi katta boldir arteriyasi (a.tibialis anterior) taqim osti chuqurchasi dan boshlanib, suyaklararo 

pardani teshib boldiming oldingi yuzasiga o'tadi. Suyaklararo pardaning oldingi yuzasi bo'ylab oyoq 

kaftiga borib, oyoq kafti usti arteriyasiga davom etadi. Oldingi katta boldir arteriyasining tarmoqlari 

quyidagilar: 

1.Tizza bo'g'imi sohasiga qaytuvchi orqa katta boldir arteriyasi (a. recurrens tibialis posterior) taqim osti 

chuqurchasi sohasidan boshlanib, tizza bo'g'imi va taqim osti mushagini qon bilan ta'minlab, tizza bo'g'imi 

to'rini hosil qilishda ishtirok etadi. 

2.Tizza bo'g'imi sohasiga qaytuvchi oldingi katta boldir arteriyasi (a. recurrens tibialis anterior) oldingi 

katta boldir arteriyasidan suyaklararo pardadan o'tgan sohada boshlanib, tizza bo'g'imi, oldingi katta boldir 

va barmoqlami yozuvchi uzun mushaklarni qon bilan ta'minlab, tizza bo'g'imi to'rini hosil qilishda ishtirok 

etadi. 


3.0ldingi lateral to'piq sohasini qon bilan ta'minlovchi arteriya (a. malleolaris anterior lateralis) lateral 

to'piqni ustidan boshlanib lateral to'piqni, boldir-oshiq bo'g'imini, kaft oldi suyaklarini qon bilan ta'minlab, 

lateral to'piq to'ri hosil qilishda ishtirok etadi. 

4.0ldingi medial to'piq sohasini qon bilan ta'minlovchi arteriya (a. malleolaris anterior medialis) medial 

to'piq sohasidan boshlanib boldir-oshiq bo'g'imini qon bilan ta'minlaydi va medial to'piq to'rini hosil 

qilishda ishtirok etadi. 

Orqa  katta boldir arteriyasi (a. tibialis posterior) taqim osti arteriyasining  bevosita davomi. U boldir-taqim 

osti kanalidan pastga yo'nalib, medial to'piqni orqa tomonini aylanib o'tib, oyoq kaftiga tushadi va medial 

hamda lateral kaft arteriyalariga bo`linadi. Orqa katta boldir arteriyasi tarmoqlari: 

l.Kichik boldir suyagini aylanib o'tuvchi shox(r. circumflexusfibulae) kichik boldir suyagi boshchasi 

atrofidagi mushaklarni qon bilan ta'minlaydi va tizza arteriyalari bilan anastomozlashadi. 

2.Kichik boldir arteriyasi (a. peronea) tashqariga va past tomonga yo'nalib uzun, kalta kichik boldir va 

boldirning uch boshli mushagiga tarmoqlar beradi. Lateral to'piq sohasida u ikki: lateral to'piq sohasini qon 

bilan ta'minlovchi va tovon tarmoqlariga bo'linib, tovon to'rini (rete calcaneum hosil qiladilar. 

Oyoq panjasi arteriyalari 

Oyoq  panjasi arteriyalari boldir arteriyalarining davomi dir. Oldingi katta boldir arteriyasi oyoq 

panjasining dorsal yuzasida oyoq  panjasining  orqa  arteriyasiga (a.dorsalis pedis) davom etadi. Undan 

quyidagi tarmoqlar chiqadi: 

l.Oyoq kaftining birinchi dorsal arteriyasi (a. metatarsea dorsalis I) uchta shoxga bo'linib, bosh barmoqni 

ikki tomoni va II barmoqni medial tomonini qon bilan ta'minlaydi. 




 

 

2.0yoq kaftining chuqur tarmog'i (r. plantaris profundus) I suyakoralig'idan oyoq kaftiga o'tib kaft ravog'i 



bilan anastomozlashadi. 

3.Lateral 

 kaft oldi arteriyasi (a. tarsea lateralis) ravoqsimon arteriya bilan anastomoz hosil qiladi. 

4.Medial kaft oldi arteriyasi (a. tarsea medialis) oyoq panjasining ichki chekkasiga boradi. 

5.Ravoqsimon arteriya (a. arcuata) kaft-barmoq falangalari o'rtasidagi bo'g'im bo'ylab yo'nalib, tashqi oyoq 

kafti usti arteriyasi bilan ravoq hosil qiladi. Bu ravoqdan I-IV a.metatarseae dorsales boshlanib, ll-V 

barmoq suyaklari oralig'ida har biri ikkitadan a. digitales dorsales larga bo'linib ll-V barmoqlarning bir-

biriga qaragan yuzalariga boradi. Ulardan chiqqan r. perforantes, lar kaft tomonga o'tib 

a.metatarsea plantares bilan qo'shiladi. 

Oyoq kaftida orqa katta boldir arteriyasi tarmoqlari medial va lateral kaft arteriyalari yotadi: 

1.Medial kaft arteriyasi (a. plantaris medialis) o'z nomidagi egatda yotib atrofdagi muskullarni 

qon bilan ta'minlaydi va tashqi oyoq kafti arteriyasi hamda oyoq kaftining birinchi dorsal 

arteriyalari bilan anastomozlashadi. 

2.Lateral kaft arteriyasi (a. plantaris lateralis) o'z nomidagi egat bo'ylab V kaft suyagi asosiga 

qarab yo'naladi va ichki tomonga bukilib kaft ravog'i (arcus plantaris) hosil qiladi. Uning uchi I 

kaft suyagi sohasida oyoq kaftining medial arteriyasi va oyoq kaftining chuqur tarmoqlari bilan 

anastomozlashadi. Oyoq kaftining lateral arteriyasi atrofidagi mushaklar va bo'g'imlarga 

tarmoqlar beradi. Kaft ravog'idan to'rtta a.a. metatarsea plantares chiqib, ular a. arcuata bilan 

teshib o'tuvchi tarmoqlari vositasida ikki joyda anastomozlashadi. Ular oyoq kafti usti 

arteriyalarga qo'shiluvchi teshib o'tuvchi shoxlami berganidan keyin a.a. digitalis plantares 

communis larga aylanadi. Barmoq falangalari asosida bu arteriyalar ikkitadan a.a. digitales 

plantares propria ga bo'linib, I-V barmoqlarning bir-biriga qaragan yuzalarini qon bilan 

ta'minlaydi 


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling