1. Suyaklaring joylashishi,shakli va vazifasi bo`yicha klassifikatsiyasi
.Darvoza venasi hosil bo`lishi, topografiyasi. Porto-kaval anastamozlari
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Anatomiya Гост савол - жавоб
128 .Darvoza venasi hosil bo`lishi, topografiyasi. Porto-kaval anastamozlari.
Darvoza venasi (v. portae) qorin bo'shlig'idagi toq hazm a'zolaridan (me'da, ingichka va yo'g'onichak, to'g'ri ichakning yuqori qismi, taloq, me'da ostibezi) qon yig'uvchi yirik vena. Uning uzunligi 5-6 sm, ko'ndalang o'lchami 11-18 mm. Darvoza venasi jigar o'nikki barmoq ichak boylami ichida jigar arteriyasi va umumiy o'tyo`lining orqasida joylashadi. Darvoza venasi me'da osti bezi boshining orqasida Ichak tutqichning yuqorigi va taloq venasining o'zaro qo'shilishidan hosil bo'ladi. Bundan tashqari darvoza venasining hosil bo'lishida ichak tutqichning pastki venasi va chap me'da venalari ham ishtirok etadi. Jigar darvozasiga kirgach, darvoza venasi o'ng va chap shoxlarga (r.r. dexter et sinister) bo'linadi. Bu shoxlar o'z navbatida shoxlanib, oxirgi bo'laklararo venalarga aylanadilar. Bo'lakcha ichida bu venalar keng kapillyarlarga (sinusoidtomirlar) bo'linadi. Bo'laklardan chiquvchi venalar o'zaro qo'shilib 3-4 jigar venalarini hosil qiladi. SHunday kilib darvoza vena tizimi venalarida ikkita kapillyar to'rlari mavjud. Ularning birinchisi hazm a'zolari devorida, ikkinchisi esa jigar bo'lakchalari ichida joylashgan. SHuning uchun hazm a'zolari devoridan yig'ilgan vena qoni jigardan o'tish vaqtida zararli va yot moddalardan tozalanib, so'ngra pastki kavak venaga quyiladi. Darvoza venasiga jigar-o'n ikki barmoq ichak boylami ichida o't pufagi venasi (v. cystica), o'ng va chap me'da venalari (v. gastrica dextra et sinistra), o'n ikki barmoqli ichak-me'da osti bezi ustki orqa venalar? (v. pancreaticoduodenalis posterior superior) quyiladi. l.lchak tutqichning yuqorigi venasi (v. mesenterica superior) me'daning katta egriligi va katta charvining o'ng tomoni, o'n ikki barmoqli ichak, me'da osti bezining bosh qismi, och va yonbosh ichak, ularning ichak tutqichi, ko'r ichak va chuvalchangsimon o'simta, ko'tariluvchi va ko'ndalang chambar ichaklardan qon yig'adi. YAngi tug'ilgan chaqaloqda ichak tutqichning ustki venasi uzunligi 4-6 sm, kengligi 3,6 mm. lining o'lchamlari erta bolalik, bolalikning birinchi davri va balog'at davrlarida tez o'sadi. 2.Taloq venasi (v. lienalis) me'da osti bezini ustki qirrasi bo'ylab shu nomdagi arteriyani ostida chapdan o'nga yo'naladi va qorin aortasini oldidan o'tib, me'da osti bezi boshining orasida ichak tutqichning ustki venasi bilan qo shiladi. Taloq venasi taloqdan me'da katta egriligi va katta charvini chap tomonidan, me'da osti bezidan qon yig'adi. Unga v. gastoepiploicasinistra, v.gastrica brevis (3-7 ta) va v. pancreaticaequyiladi. Ichak tutqichning pastki venasi (v. mesenterica inferior) Bu vena me'da osti bezining ostidan o'tib ko'pincha taloq venasiga, kamroq hollarda ichak tutqichning ustki venasiga, goho ichak tutqichning ustki vena sibilantaloqvenasiningqo'shilishburchagigaquyiladi. Ichaktutqichningpastk ivenasiyo'g'onichakningchapqismidan, ya'nichapchambarichakbukilmasidanboshlabtushuvchichambarichak,
sigmasimonichakvato'g'riichakningyuqoriqismidanqonyig'adi. Unga v. colicasinistra, v.v. sigmoidea (2- 5ta) va v. rectalis superior quyiladi.
Porto koval anastamozlar darvoza venasi va kovak venalar orasidagi anastamozlar:1. V.gastrico sinistra va v.esophagia. 2.v.rectalis superior va v.rectalis media et inferior. 3. oldinda, kindik atrofida jigarning yumaloq boylami ichidagi darvoza venasining oqimi v.paraumbilikalis, yuqori kovak vena oqimi v.epigastrica superior hamda pastki kovak vena oqimi v.epigastrica inferior o`rtasidagi 3 tomonlama anastamoz. Bu anastamoz bolada jigar kasalliklarida katta ahamiyatga ega. Bunda kindik atrofi venalari kengayib medusa boshi shaklini hosil qiladi.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling