1. Suyaklaring joylashishi,shakli va vazifasi bo`yicha klassifikatsiyasi


)Pastki kovak vena ,hosil bo’lishi,topografiyasi,kava-kaval,portokaval anostomozlar


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/135
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#220855
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
Bog'liq
Anatomiya Гост савол - жавоб

134)Pastki kovak vena ,hosil bo’lishi,topografiyasi,kava-kaval,portokaval anostomozlar. 

Pastki kovak vena (v.cava inferior) odam tanasidagi eng katta vena ,qopqoqlari yo’q. Uzunligi 

qorin bo’shlig’ida 18-20 sm,ko’krak bo’shlig’ida 1-4 sm,kengligi boshlanish qismida 

20mm,quyish joyida 32-33 mm . Bu vena 4-5 bel umurtqalari o’rtasidagi tog’ay disk sohasida 

o’ng va chap umumiy yonbosh venalarning qo’shilishidan hbdi.Dastlab pastki kovak vena o’ng 

katta bel mushagini oldingi yuzasida joylashadi.Uning qorin sohasidagi qismining orqasida 

bel,buyrak,buyrak usti,diafragmaning pastki arteriyasi kabi arteriyalar bn yopishib turadi.Uning  

o’ng tomondagi yuqori qismi buyrak darvozasi,o’ng siydik nayiga tegsa,old tomondan meda osti 

bezining boshi ,o’nikki barmoq ichakning pastki gorizontal qismi,chambar ichak 

tutqichi,ingichka ichak tutqichi ildizi,darvoza venasi,o’t yo’li, jigarga tegib turadi. Pastki kovak 

vena qorin aortasining o’ng tomonidan yuqoriga ko’tarilib jigarda o’z nomidagi egatda 

joylashib,jigar venalarini qabul qiladi,so’ng diafragmadan o’z nomidagi teshok orqali orqa 

ko’ks oralig’iga o’tadi va o’ng bo’lmachaga quyiladi. Pastki kovak vena oyoqlar, chanoq 

devoridan va unda joylashgan azolardan , qorin bo’shlig’I devori va unda joylashgan juft 

azolardan ,jigardan qon yig’adi. Chaqaloqlarda diametri 6mm,o’spirinlik davrida 23-26 mm. 

Pastki kavak vena oqmlari 2 pariyetal va visseral guruhlarga bo’linadi.Pariyetal oqimlarga 1)Bel 

venalari (vv. Lumbales) odatda 4 juft , shu nomli arteriyalar tarqalgan sohadan qon yig’adi .Ular 

o’zaro ko’tariluvchi bel venalari (v. lumbales ascendens) vositasida anostomoz hqdi.Bel 

venalariga orqa miya irmoqlari (r. spinales) orqali umurtqa pogonasi chigallaridan qon 

oqadi.2)Diafragmaning pastki venalari (vv phrenicae inferiores) shu nomli arteriyalarning 2 

tomonida joylashib , pastki kavak venaga jigardan chiqqanidan so’ng quyiladi. Visseral oqimlar 

1)Moyak (tuxumdon) venasi (v.testicularis)(ovarica) juft, moyakning orqa qirrasidan (tuxumdon 

darvozasidan) ko’p sonli venalar bo’lib boshlanadi. Moyak arteriyasi atrofini o’rab uzum 

shingiliga o’xshash chigal (pl. pampiniformis) hqdi.O’ng moyak venasi pastki kovak venaga, 

chap vena esa buyrak venasiga quyiladi. Cava-caval anostomozlar1) Qorin bo’shlig’I oldingi 

devorida 2)qorin bo’shlig’I orqa devorida 3)umurtqa pog’onasi ichida bo’ladi.Porto –caval 

anostomozlar 1)qorin bo’shlig’I oldingi devorida 2)To’g’ri ichakda 3)Qizilo’ngachda bo’ladi 

135) O’ng limfatik yo’l ,hosil bo’lishi ,topografiyasi 

Odam tanasida juft: o‘ng va chap bo‘yinturuq, o'mrov osti, bronxomediastinal va bel poyalari; 

toq ichak poyasi tafovut qilinadi. Bu poyalaming qo'shilishidan ko'krak va o'ng limfa yo'llari 




 

 

hosil bo'ladi.O’ng limfatik  yo’l –Ductus limphaticus dexter qisqa bo’lib , uzunligi 1-1,5 



sm,diametri 2mm.O’ng tomondagi katta o’mrov osti chuqurchasida joylashgan bo’lib o’ng 

tomondagi ichki bo’yinturuq vena v.jugularis interna dextra va v.subclavia dextra ga 

quyiladi.Uning o’ziga 3ta asosiy yo’llar orqali limfa quyiladi 1) o’ng o’mrovosti yo’l ( truncus 

subclavius dexter ) o’ng qo’ldan 2)O’ng bo’yinturuq yo’l (tr. Jugulares dexter)  bosh va 

bo’yinning o’ng tomonidan 3)ko’krak o’rta devoridagi yo’l (tr. Bronchomediastenalis dexter) 

yurakning o’ng tomonidan,o’ng o’pkadan, qizilo’ngachning o’ng yarmidan ,traxeyaning pastki 

qismidan ,ko’krak bo’shlig’I o’ng yarmi devoridan limfani yig’adi.Qo’l limfa tomirlari. Yelka 

kamarining old, orqa ,ustki sohasidan,erkin qo’ldan chiqayotgan limfa o’ng omrovosti limfa 

yo’liga quyiladi.Bu yo’l esa ductus lymphaticus dexter ga yoki angulus venosus dexter ga 

quyiladi.Limfa tugunlari esa bo’g’imlar sohasida ko’proq : tirsak bo’g’imida l nn cubitalis 

,yelka bo’g’imida l nod. Axillaris bo’lib joylashgan Ular chuqur  (muskul, bo’g’im  

kapsulasi,suyakdan kelayotgan limfa tomiri quyiladigan ) va yuza (teri va teri osti limfa tomiri 

quyiladigan) limfa tugunlariga bo’linadi.Bosh va bo’yin limfa tomirlari .Bosh va bo’yinning 

mayda limfa tomirlari v. jugulares dexter bo’ylab d. lymphaticus dexter ga quyiladi. Limfa 

tugunlari 1)ln. occipitales ensaning terisi ostida joylashgan tugun bo’lib boshning orqa va yon 

tomonidan limfalar quyiladi 2)lnn. Mastoidei so’rg’ichsimon o’siq sohasidagi tugun unga 

chakka ,ensa ,quloq orqa tomonidan limfa quyiladi 3)lnn. Facialis pastki jag’ tashqi yuzasidagi 

tugun limfa tomiri kelishiga ko’ra 3 ga bo’linadi lnn mandibulares,lnn. Buccales,lnn. 

Infraorbitales 4)lnn. Parotoidea quloq oldidagi t. chakka ,qovoq chetidan,quloq oldi ko’z yosh 

bezidan,tashqi eshituv yo’lidan limfa yig’adi.5)lnn. Submandibularis  jag’ osti bezi sohasida 

joylashgan t. engak ,yuqori va pastki lab,lunj, burun qanotlari,milk,tish,qattiq va yumshoq 

tanglaydan limfa yig’adi. 6)lnn. Submentalis m.digastricus ning old qorinchasida joylashgan t. 

engak va pastki labdan limfa yig’adi.7)lnn. Retropharengealis yutqinning yon va orqa 

tomonidagi t. burun shilliq qavatidan, sinuslardan,yumshoq va qattiq tanglaydan,yutqinning 

og’iz tomonidan va o’rta quloqdan limfani yig’adi. Bo’yinning yuza limfa tuguni lnn. 

Cervicales superficialis pastki jag’ suyagi burchagining orqasida joylashgan. Unga bo’yinning 

yuza limfalari quyiladi.Bo’yinning chuqur limfa tuguni lnn. Cervicales profundi v. jugulares 

interna bn yonma yon joylashgan.Qizilo’ngach, traxeya, halqum, hiqildoq,qalqonsimon bezdan 

limfani yig’adi. 


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling