1. Suyaklaring joylashishi,shakli va vazifasi bo`yicha klassifikatsiyasi
)Yuqori kavak vena ,hosil bo’lishi ,topografiyasi.Toq va yarimtoq venalar
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Anatomiya Гост савол - жавоб
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yarim toq vena (v hemiazygos)
133)Yuqori kavak vena ,hosil bo’lishi ,topografiyasi.Toq va yarimtoq venalar
Yuqorigi kavak vena (v. cava superior )tizimi bosh, bo’yin,ikkala qo’l,ko’krak qafasi,qisman qorin devoridan qon yig’adi.Uzunligi 5-8 sm,kengligi 21-25mm,1-o’ng qovurg’ani to’sh suyagiga birikkan sohasida o’ng va chap yelka bosh venalarining qo’shilishidan hbdi.Yuqori kovak vena pastga tomon yo’nalib 3- qovurg’a tog’ayini to’sh suyagiga birikkan joyida o’ng bo’lmachaga quyiladi.Venani old tomonida ayrisimon bez joylashgan.Yuqori kavak venaga o’ng tomondan toq vena chap tomonidan ko’ks oralig’I va perikardning mayda venalari quyiladi.Yangi tug’ilgan chaqaloqda diametri 10-12mm 1 –qovurga oraligida joylashgan .1-3 yoshda 2-qovurga ,4-10 yoshda 3-qovurga sohasida bo’ladi.Muskul tolasi kam bo’lib klapani yo’q.Yurakka quyilish joyida toq vena v. azygosni qabul qiladi va vv mediastinalis,vv.pericardicae ni ham qabul qiladi. Yuqori kavak venaning tanadan qon yig’uvchi oqimlariga toq va yarim toq venalar kiradi.Toq vena (v azygos) o’ng ko’tariluvchi venalarining (v lumbale assendens dextra ) davomidir.U orqa ko’ks oralig’I (mediastinum posterior)da joylashgan. U ko’krak qafasiga diafragmaning bel qismining o’ng oyoqchalari o’rtasidan o’tib kiradi.Yuqorigi kavak venaga borguncha toq venaga o’ng yuqori qovurgalar aro vena ,4-11 orqa qovurgalararo venalar ,yarim toq vena ,ko’krak qafasi azolari qizilo’ngach,Bronx,perikard,ko’ks oralig’I venalari quyiladi.Yuqori kavak venaga quyilish joyida 1juft klapani bor. Yarim toq vena (v hemiazygos) toq venadan ingichka ,chap ko’tariluvchi bel venalarining (v. lumbalis assendens sinistra) davomidir. U ko’krak qafasiga diafragmani bel qismining chap oyoqchalari o’rtasidan o’tib kiradi .Ko’krak bo’shlig’ida 4-5ta pastki qovurg’alar aro venalarni qabul qiladi. 7-10 ko’krak umurtqalari sohasida toq vena o’ng tomonga burilib umurtqa pog’onasini oldidan o’tadi va toq venaga quyiladi.Yarim toq venaga 6-
7 ta yuqorigi orqa qovurg’alar aro venalar ,qizilo’ngach va ko’ks oralig’I venalaridan hosil bo’lgan qo’shimcha yarim toq vena (v. hemiazygos accesoria ) quyiladi.Toq va yarim toq venalarning asosiy oqimlaridan bir orqa qovurgalar aro venalar shu nomdagi arteeiyalar bn qovurgalar oralig’da joylashib ko’krak qafasi va qisman qorin devorining oldingi qismidan qon yig’adi.Bu venalarga orqa mushaklari va terisidan (r.dorsalis)lar hamda tashqi va ichki umurtqa pogonasi chigallaridan hosil bo’lgan umurtqalar aro venalar quyiladi.Ichki umurtqa pogonasi vena chigallari umurtqa kanali ichida suyak parda bn orqa miyani qattiq pardasi o’rtasida katta ensa teshigidan dumgaza suyagining uchigacha bo’lgan sohada joylashadi.Ularga orqa miya venalari (vv.spinales) va umurtqalarning g’ovak moddasi venasi quyiladi.Tashqi umurtqa pogonasi chigali umurtqalarning tashqi tomonida joylashgan
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling