1. Suyaklaring joylashishi,shakli va vazifasi bo`yicha klassifikatsiyasi
Ko’ks oralig’I, tuzilishi,qismlari,klassifikatsiyasi
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Anatomiya Гост савол - жавоб
99.Ko’ks oralig’I, tuzilishi,qismlari,klassifikatsiyasi.
Mediastinum – bu bo’shliq a’zolar kompleksi.Chegaralari: Oldindan-to’sh suyagi,orqa-ko’krak umurtqalari, pastdan-diafragma, yon devorlari-o’pkalarning medial yuzalari, tepadan-ko’krak qafasi yuqori teshigi.
O’pkalar ildizining orqasidan o’tkazilgan frontal sath uni old va orqa qismlarga bo’linadi. Madiastinum anterior da timus, yurak(perikard bilan), aorta ascendens, arcus aorta, n.phrenicus, v.cava superior, traxeya, bronxlar, bronxial, o’pka a., v.lari, Mediastinum posterior da qizilo’ngach, n.vagus, aorta thoracica, v.cava inferior, ko’krak limfa yo’li, simpatik poya, v.azygos, v.hemiazygos joylashgan. Yangi klassifikatsiya bo’yicha to’shning dastasi va tanasi orasidan(Th 4-5
sohasidan) o’tkazilgan gorizontal sath uni yuqorigi va pastki qismlarga bo’ladi.Pastki ko’krak oralig’I o’z navbatida oldingi, o’rta, orqa qismlarga bo’linadi. Mediastinum superior chegaralari: Old-to’sh dastasi, orqa-Th 1-5
, yon tomondan-medial plevraning yuqorigi qismlari. Bunda traxeyaning pastki 2/3 qismi, qizilo’ngach yuqorisi, arcus aorta, timus, ko’krak limfa yo’lining yuqorigi yarmi, v.cava superior, n.vagus, n.phrenicus larning yuqorigi qismlari, simpatik poya joylashgan. Mediastinum inferior ning chegaralari: Old-corpus sterna, orqa-Th 6-12 , past-diafragma, yon-medial plevra. Old qismida(to’sh va perikardning oldingi yuzasi orasida joylashgan)-- to’shlodi, oldingi ko’ks oralig’i, perikardoldi limfa tugunlari, a. et v.epigastrica superior, a.thorasica interna joylashgan. O’rta qismida(perikardning old va orqa yuzasi orasida joylashgan)—yurak(perikard b-n), o’pka stvoli, v.lari, traxeya bifurkatsiyasi, n.phrenicus ning pastki qismi, lateral perikard limfa tugunlari, yurak tomirlari joylashgan. Orqa qismida(perikardning orqa yuzasi va umurtqalar orasida)—qovurg’alararo orqa ko’ks oralig’I, yuqorigi diafragmal va umurtqaoldi limfa tugunlari, qizilo’ngachning pasrki qismi, aorta thorasica, v.azygos, v.hemiazygos, ko’krak limfa yo’li va simpatik poyaning pastki qismlari, v.cava inferior, n.vagus joylashgan.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling