1. T. Livetning “Garverd biznes revyu” maqolasi haqida. Olomoncha madaniyat oqibatlari


Egotsentrizm so`zi lotincha «ego» - men va «centrum»


Download 263.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/13
Sana31.03.2023
Hajmi263.28 Kb.
#1312854
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
seminar 3

Egotsentrizm so`zi lotincha «ego» - men va «centrum» - doira markazi 
so`zlaridan olingan. Ma`nosi - o`z fikr-o`ylari, manfaatlari doirasida qotib qolgan 
insonning atrof-muhit va odamlarga oid o`z bilimlari va o`zgalarga munosabatini 
o`zgartira olmasligini bildiradi. Psixologiyada egotsentrizmning bir qancha turlari - 
bilishga oid, axloqiy va kommunikativ egotsentrizmlar farqlanadi. Oxirgisi - 
boshqalarga biror xil ma`lumot berish jarayonida ularning fikri bilan 
hisoblashmaslik, ularni mensimaslikda namoyon bo`ladi. Nazarimizda, zamonaviy 
informatsion xurujlarning mualliflarida aynan shu kabi egotsentrizm kuzatiladi va 
ular o`zlariga o`xshash faqat o`z manfaatinigina ko`zlaydigan avlod ongini qamrab 
olishga harakat qiladi. Shuning uchun ham shaxsga psixologik himoya zarur. 
Psixologik himoya bo`lishi uchun shaxsda mustaqil fikr bo`lishi lozim. Keyingi 
yillarda milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishiga katta e’tibor berilishi bu narsa 
hukumatimizning ustuvor siyosatga aylandi. Ko’plab diniy bayramlar ommaviy 
nishonlanmoqda, televideniye va matbuot tomonidan xalq ehtiyojida bo’lgan diniy 
masalalar tez-tez yoritila boshlandi. Fuqarolar o’rtasida diniy ilm va an’analarga 
o’rganish qiziqish kuchaydi. Biroq bundan foydalangan ba’zi shaxslar o’z 
manfaatlari yo’lida chet ellik yurtimizga suqulib kirmoqchi bo’lgan ekstremistik 
oqimlar «da’vatchi»lariga aylandilar. Ular xorijliklar tomonidan istaganlaricha 
mablag’ va diniy adabiyotlar bilan ta’minlandilar. Bu harakatlar tezda o’z 
natijasini berdi. Farg’ona vodiysi va Toshkent shahrida avj olgan 
«vahhobiychilik» harakati, jumhuriyatimizning deyarli barcha shahar va 
qishloqlariga yetib borishga ulgurgan «Hizb at-tahrir al-islomiy» kabi guruhlarning 
keyingi yillarda Vatanimizning turli joylarida uyushtirgan fitna-fasod harakatlari 
shundan darak beradi. Modomiki, biz yoshlarimizni, Prezidentiz aytganidek Imom 
Buxoriylar, Naqshbandiylar va Yasaviylar ta’limoti asosida tarbiyalar ekanmiz, biz 
ularni turli islom niqobi ostidagi g’arazli guruhlar bilan buyuk ajdodlarimiz amal 
qilgan va bizlarga ham tavsiya etgan musaffo islom o’rtasini ajrata oladigan 
darajada bilimli qilishimiz zarur bo’ladi. 

Download 263.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling