1. T. Livetning “Garverd biznes revyu” maqolasi haqida. Olomoncha madaniyat oqibatlari
Download 263.28 Kb. Pdf ko'rish
|
seminar 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- «G`arb mamlakatlaridagi yomg`irdan keyingi qo`ziqorindek tungi
g`oyasi deganda, insonning turmush tashvishlaridan bir oz bo`lsa-da chalg`ish,
o`zining bush vaqtini mazmunli o`tkazishni tushunish ham mumkin, agar buni xolis, samimiy izohlasak. Har qanday sog`lom ma’naviyatli insonlar o`z hayotining har bir daqiqasidan oqilona foydalangani holda, o`zi va boshqalarga foyda keltiradigan fa’oliyat bilan shug`ullanishga intiladi. Sof niyatda, ezgu mashg`ulotlar bilan o`zining bo`sh vaqtini fayzli, o`z talant, qobiliyatidan unumli foydalanishga harakat qiladilar. Ammo biz ushbu mavzuda tilga olayotgan ko`ngilxushlik g`oyasi tamomila boshqa, insonning insonligiga zid, ma’naviy olamini tubanlikning eng chuqur jarliklari sari etaklashga qaratilgan, aqlsiz ko`ngilning tuban mayllarini qondirishga intilgani bilan o`ziga xos xarakterlanadi. Bugungi «ommaviy madaniyat», buzg`unchi kuchlar tamonidan og`iz ko`pirtirib jar solinayotgan ko`ngilxushlik g`oyasi insonning hayot lazzalaridan xoxlagan vaqt, istagan erda va istagancha lazzatlanish, huzur qilish, bu yulda hech narsadan qaytmaslikni targ`ib qilish orqali maishatga izn beradi. Oqibatda g`arbni ma’naviy tubanlik sari undab jar yoqasiga etaklab kelgan ko`ngilxushlik g`oyasi bugun sharqqa ham ma’naviy tahdid bo`lib turibdi. Tomas Vul’fning « Manmanlik o`ti » romanida yosh moliyachi « shahvoniy hirslarga cho`kib ketgan » N’yu – York farzandi bo`lganligi uchun ham xotini va qizining hayotiga zomin bo`ladi. Ayrim ma’lumotlarga ko`ra, bugun Britaniya bolalarining 3-4 foizi nikohsiz tug`ilmoqda, taxminan shuncha mikdordagi katta yoshlilar ajrashish alamidan aziyat chekmoqda. AQShda qamalganlarning yarmidan ko`pi buzilgan oilalar farzandlaridir. Bunday statistik ma’lumotlarni uzoq davom ettirish mumkin. Mana kungilxushlik g`oyasi bergan mevalar. “ Ommaviy madaniyat “ ning ko`ngilxushlik g`oyasi insonni ma’naviy tubanlik sari etaklaydi. G`arbda uning makoni sershovqin musiqalari, turli – tuman rangli chiroqlar bilan bezalgan tungi barlar. Minglab yoshlarni o`ziga ohangrabodek chorlayotgan bu tungi barlarning mijozlari, afsuski, kundan – kunga ko`payib bormoqda. Tungi barlar. Balki ular kimlarningdir iqtisodiy manfaati uchun, xolis maksadda tashkil etilgandir. Ammo bugungi tungi barlarning aksariyat muxlislari bu yoshlar, hali ona suti og`zidan ketmagan, kayfu – safoga berilgan, ko`ngilxushlikka mukkasidan ketgan yosh yigit – qizlardir. eng achinarli tamoni shundaki, tungi barlar ichkilikbozlik, turli tartibsizlik va giyoxvandlik kuchasidagi bekat vazifasini o`tamokda. G`arbda tungi barlarlarda sang`ish aksariyat ota – onalar tamonidan tabiiy hol sifatida qabul qilinadi. Yu. Xabermas kabi sog`lom fikrli odamlar fikricha: «G`arb mamlakatlaridagi yomg`irdan keyingi qo`ziqorindek tungi Download 263.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling