1 Tabiatshunoslik darslarida grafikli organeyzerli vositasidan foydalanish


Download 190.5 Kb.
bet3/5
Sana19.04.2023
Hajmi190.5 Kb.
#1365574
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'qitishning grafikli organeyzerli vositasidan tabiatshunoslik darslarida

Venn diagrammasi.
Bu metod o’quvchini kattaliklarni qiyoslashga undaydi. quyidagiday doiralar chiziladi. Ikkita kattalik taqqoslanadi. Bir xil jihatlari o’rtada (aylanalar kesishgan qismida yoziladi. O’ziga xos jihatlari aylanada yoziladi. Masalan "Og'irlik kuchi" va "elastiklik kuch"larini qiyoslash kerak bo’lsin.




  1. T-jadval sxemasibo‘yicha talabalardagi ta’lim jarayonidagi turli xil qiziqishlarining afzallik va kamchiliklarini ko‘rsating.


Afzalligi

Kamchiligi



Baliq skeleti” texnologiyasi


Ushbu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o‘quvchilar o‘rtaga tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar. Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo‘lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo‘llari yozib boriladi. Masalan, yo‘l harakati darslarida “Yo‘l qoidalari” mavzusida “Svetofor nima uchun kerak?” muammosi qo‘yilsa, bolalar o‘z fikrlari bilan baliq sklitini boyitib boradilar.
Bu usul orqali o‘quvchilar mustaqil, keng, ijodiy, tanqidiy fikrlashga o‘rganadilar.

Qanday” diagrammasi


Qanday” metodi talabalarda o’rganilayotgan mavzu, muammo yuzasidan umumiy tasavvurlarni hosil qilishga imkon beradi. Metodni qo’llash chog’ida talabalarda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni muayyan tizimga solish, ularni tahlil qilish ko’nikmalari shakllanadi. 1) o’qituvchi tanlangan mavzu, masalani e’lon qiladi; 2) talabalarni mavzu va metod bilan ishlash qoidalari bilan tanishtiradi; 3) talabalar guruhlarga biriktiriladilar; 4) guruhlarga topshiriq beriladi; 5) guruhlarni topshiriqni bajaradilar; 6) guruhlar tomonidan taqdim etilgan yechimlar bilan jamoa tanishtiriladi; 7) jamoa tomonidan guruhlarning ishlari muhokama qilinadi.


Muammoning yechimi “buni qanday qilish kerak?”, “qanday?” savollariga javob topish asosida ham qilinadi. Muammoni yechishda “nima qilish kerak”ligi to’g’risida o’ylanib qolmaslik lozim. Savollarning izchil berilishi muhim ahamiyatga ega. Metodni qo’llashda muammoni yechish imkoniyatlarigina izlanmay, ularni qo’llash yo’llari ham tadqiq qilinadi.
Metodni qo’llashda quyidagi shartlarga amal qilinadi: 1) o’ylangan barcha g’oyalar tahlil qilinmasdan, baholamasdan va taqqoslamasdan tezda qayd etilishi kerak; 2) shakllanayotgan diagramma tugallangan bo’lmay, unga yangi g’oyalarni kiritish mumkin bo’lsin; 3) agarda chizmada savol uning “shoxlarida” bir necha bor qaytarilsa, unda u biror muhimlikni anglatib, u muammoning asosiy yechimi bo’lishi mumkin; 4) yangi g’oyalar grafik, klaster yoki tasvir ko’rinishida bo’lishidan qat’iy nazar yuqoridan pastga yoki chapdan o’ngda qayd qilib boriladi va buni talabalarning o’zlari hal etadilar; 5) agar talabalar savollarni qo’g’ri qo’ysadar va masalaning rivojlanish yo’nalishini obyektiv belgilay olsalar, u holda yechim to’g’ri topiladi.

Download 190.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling