2.Tadbirkorlik uchun zarur bo’lgan qobiliyatlar.
Muvaffaqiyatli tadbirkorlik uchun zarur bo’lgan qobiliyatlar tadbirkorni shakllantirishda juda muhim. Muvaffaqiyatli tadbirkorlik uchun zarur bo’lgan uchta asosiy qobiliyat mavjud. Ular quyidagicha ta`riflanishi mumkin:
• kerakli miqdordagi bilimlarga ega bo’lish;
• ko’nikmalar to’plamini ishlatib bilish;
• shaxsiy xususiyatlar to’plamiga ega bo’lish.
Ularni tartib bo’yicha ko’rib chiqamiz.
Bilimlar
Bilimlar - kerakli paytda chaqirib olinishi mumkin bo’lgan, to’plangan axborot yig’imlari yoki hajmidan iborat, deb ta`riflangan edi. Biznes kontekstida, bilimlar quyidagi kabi jihatlar haqida ma`lumotlarga ega bo’lish (yoki tanishish)da namoyon bo’lishi mumkin:
• biznesda ochilayotgan imkoniyatlar;
• bozor;
• iste`molchilar;
• raqobatchilar;
• ishlab chiqarish jarayonlari;
• texnik detallar;
• biznesni boshqarish;
• yordam ko’rsatish manbalari.
Ammo inson faoliyatining biznes yoki tadbirkorlik kabi sohasini bilishning o’zi, hali o’z korxonasini tashkil etish va uni boshqarishda muvaffaqiyatga erishish uchun Yetarli emas, xudi shunday, masalan, samolyotni boshqarish, mashinani haydash yoki suzish haqida o’qish yoki ma`lumotlarni o’rganishning o’zi, siz samolyotni, mashinani boshqarishingiz, yoki basseynda suzishingiz uchun Yetarli bo’lmaydi.
Ko’nikmalar.
Ko’nikmalar – bilimlarni ishlatib bilish qobiliyati, deb ta`riflangan edi; ular amaliy foaliyat orqali egallanishi yoki rivojlanishi mumkin, masalan, samolyotni boshqarish, mashinani haydash yoki suzishni amalda bajarish yo’li bilan. Biznes kontekstida texnik va boshqaruv mazmundagi ko’nikmalar o’rtasida farqni ko’rish mumkin. Ba`zi misollar quyida keltirilgan:
Texnik Boshqaruv
• Injiniring • Marketing (jumladan sotish ham)
• Kompyuterlardan foydalanish • Moliyaviy faoliyatni boshqarish
• Duradgorlik san`ati • Jarayonlarni tashkil qilish
• Mexanika • Rejalashtirish
• Umumiy ovqatlanish • Yetakchilik
Bilim va ko’nikmalarni ancha oson o’rganish yoki ularni o’zida rivojlantirish mumkin. Aksincha, ma`lum shaxsiy xususiyatlarni rivojlantirish bir qancha vaqt talab qiladi; ular osonlikcha o’zgarmaydi yoki ularga tez erishilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |