1. Tadbirkorga xos xususiyatlar va tadbirkorlik madaniyati. Tadbirkorlik uchun zarur bo’lgan qobiliyatlar. Tadbirkorlik goyalarining manbalari
Download 34.76 Kb.
|
6-МАВЗУ режалаштириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaxshi tadbirkorlik g’oyasi
Tadbirkorlik g’oyasi – bu odamning (bir nechta shaxsning) yoki tashkilotning o’z atrofida (bozorda, ular yashaydigan jamoa) aniqlangan bir muammoni Yechish yoki anglangan ehtiyojlarni qondirish zaruratiga javob reaktsiyasidir.
Tadbirkorlik g’oyasi – bu odamning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga eltuvchi fikrlar jamlanmasidir, ya`ni strategiyani amalga oshirishdagi taktik harakatlarning yig’indisi bo’lib hisoblanadi. Hayotda har bir kishinig qandaydir maqsadi bo’ladi. Insonlar ko’proq yaxshi yashashni, yaxshi joylarda ishlashni va badavlat bo’lishni orzu qiladilar. Maqsadlarga erishishda asosan boylik ham muhim ahamiyat kasb etganligi bois har bir kishi turli xil faoliyat yuritish bilan unga erishiga harakat qiladi. Insonni o’z maqsadiga erishishida eng optimal yo’lni tanlay bilishi (o’qituvchi, muhandis, sotuvchi) ham tadbirkorliknngi bir ko’rinishidir. Chunki bu bilan u o’ziga eng qulay bo’lgan daromad topish yo’lini topadi. Buni insonni hayotda o’z yo’lini tanlay bilish bilan bog’lash mumkin. Shuning tadbirkorlik bu aynan savdodagi faoliyat emas balki, davlatning soliq yukini kamaytirish yo’li orqali soliq to’lovchilar sonini yanada ko’paytirishga erishishi, korxona raxbarini xodimlarni holatiga qarab moddiy va ma`naviy rag’batlantirishi natijasida samaradorlikni oshirishi, tiko rusumli avtomashina egasi avmashinasini gazlashtirishi kabilar ham o’z kasb sohasidagi tadbirkorlik shakli bo’lib hisoblanadi. Inson qaychi chohada bo’lmasin yaxshi natijaga erishi uchun avvalor unda g’oya bo’lishi lozim. Yaxshi tadbirkorlik g’oyasi – bu muvaffaqiyatli korxona tashkil etishning muhim tarkibiy qismi, aniqrog’i, dastlabki bosqichidir. Yaxshi tadbirkorlik g’oyalari, odatda, o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Aksincha, ular mashaqqatli mehnat, qattiq harakatlar va, hattoki, tadbirkor tomonidan g’oyalarni yaratishda, ochilayotgan imkoniyatlarni aniqlash va baholashda ijodkorlik namoyish etilishining natijasidir. Yaxshi g’oyaning izlab topilishi – bu tadbirkorning orzu va ijodiy qobiliyatlarini tadbirkorlikdagi imkoniyatga aylantirish va uni amalga oshirish orqali muvaffaqiyatga erishishdagi birinchi qadamdir. Ammo, ikkita narsani esda saqlash kerak: (a) tadbirkorlik g’oyasi dastlabki bosqich bo’lsada, u – faqat vositadir; (b) g’oyaning o’zi, eng yaxshi g’oya bo’lsa ham, muvaffaqiyatga erishish uchun Yetarli emas. Boshqacha qilib aytganda, o’zining juda muhimligiga qaramasdan, g’oya hali faqat rivojlantirilishi va to’laqonli ishga aylantirilishi lozim bo’lgan vositadir. Tadbirkorlik g’oyasining muhimligi yuqoridagi ta`riflardan ma`lum bo’lishicha u tadbirkorni o’z maqsadi sari Yetaklaydi. Shu sababli, eng optimal tadbirkorlik g’oyalarini topish va shakllantirishni quyidagi sabablarini ko’rsatishimiz: Bozorning ehtiyojlariga javob berish uchun. Tovar stilini va unga nisbatan talablarni o’zgartirish uchun. Raqobatbardosh bo’lib qolish uchun. Texnologiyani rivojlantirish uchun, tovarni yaxshiroq ishlash uchun. Chiqarilayotgan mahsulotning hayotiy aylanishiga rioya etish uchun. Tavakkalchilikni taqsimlash va omadsizlik natijalarini yumshatish uchun. Iqtisodiy qiymat barqarorligini ta`minlash uchun. Agar tadbirkorlik g’oyalari biznesni boshlash uchun shu qadar ahamiyatli bo’lsa, uni shakllantirish va uni shakllantirish manbalarini qidirib topish talab etilad. G’oyalarni manbalari sifatida avvalambor shaxsning o’z bilim va ko’nikmalari, hayotiy tajribasi va mavjud muhit hisoblanadi. Butun dunyodagi millionlab tadbirkorlar va ularning muvaffaqiyatlari tadbirkorlik g’oyalarining ko’pgina potentsial manbalari borligidan dalolat beradi. Ayrim eng foydalilari quyida bayon etilgan. Download 34.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling