1. Tadbirkorga xos xususiyatlar va tadbirkorlik madaniyati. Tadbirkorlik uchun zarur bo’lgan qobiliyatlar. Tadbirkorlik goyalarining manbalari
Download 34.76 Kb.
|
6-МАВЗУ режалаштириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aqliy hujum.
Shikoyatlar.
Xaridorlarning shikoyat va qoniqmasliklari ko’pgina yangi tovar va xizmatlar paydo bo’lishiga olib kelgan. Har safar xaridor yoki iste`molchilar u yoki bu tovar yoki xizmatning kamchiliklariga qattiq shikoyat qilganda, yoki siz kimdandir “Men buni.........bo’lishini xohlar edim” yoki “Agarda shunday ............... bo’ladigan tovar (xizmat) bo’lganda edi”, degan gaplarni eshitganingizda, siz tadbirkorlikda amalga oshirsa bo’ladigan g’oyani o’z qo’lingizga kiritasiz. Bu g’oya faoliyat yuritayotgan korxona bilan raqobat qiladigan va yaxshiroq mahsulot yoki xizmatni taklif etadigan firmani tashkil etishdan yoki yangi mahsulot yoki xizmatni barpo etib, uni ishlab to’rgan korxonaga va (yoki) barcha xohlovchilarga sotishdan iborat bo’lishi mumkin. Aqliy hujum. Aqliy hujum – bu muammolarni ijodiy Yechish hamda yangi g’oyalarni yaratish usuli. Aqliy hujumning maqsadi imkoni boricha eng ko’p g’oyalarni taklif etishdan iborat. Aqliy hujum, odatda, muammo yoki masalani qo’yishdan boshlanadi. Misol uchun siz quyidagi savolni qo’yishingiz mumkin: “Hozirgi paytda bozorda mavjud bo’lmagan qaysi mahsulot yoki xizmatlar hozir uy-ro’zg’orimizga zarur?” Har bir g’oya qo’shimcha bitta yoki bir nechta g’oyalarni olib keladi va buning natijasida ko’pgina yangi g’oyalar beradi. Bu usulni qo’llaganda siz to’rtta qoidaga rioya etilishini ta`minlashingiz lozim: • Boshqalarning g’oyalarini tanqid qilmang va ular haqida o’z xulosangizni chiqarmang. • Erkin g’oyalar oqimiga ko’maklashing; dastlab g’ayrioddiy va aqlga sig’maydigan, deb tuyuladigan g’oyalar olqishlanadi. • G’oyalarnig ko’pligi istalgan natijadir: g’oyalar qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi. • Boshqa qatnashchilar g’oyalarini yaxshilash va ularni kombinatsiya qilish yo’li bilan yangi g’oyalarni taklif eting Tadbirkorlik g’oyalarining tug’ilishiga yuqoridagi sabablar bilan bir qatorda avvalo tadbirkorning o’zi ham bilimli, o’z faoliyat doirasini, atrof-muhitni, shart-sharoitlarni yaxshi biladigan va tahlil qila olish qobiliyatiga ega bo’lishi lozimdir. Chunki g’oya bo’lgani bilan uni bir me`yorga keltirish va amalga oshirish ham tadbirkorlikni bir ko’rinishidir. Talabalar orasida o’qigani tushuntirib beraolmaydigan, yaxshi nutqi bo’lisada o’qishga ko’ngli yo’q, yaxshi nutqi bor bo’lsada jamoat ichida gapira olmaydigan, tushunmasada eslab qolish qobiliyati kuchlilari uchrab to’rganidek tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirishda ham shunaqa muammolarga duch kelinishi mumkin. Bu muammolar hal qilinadigan muammolar qatoriga kiradi. Chunki turli mavzuga oid ko’p kitoblarni o’qish insonni fikrlash doirasini kengaytirish Bilan bir qatorda unnig ijodkorlik ruhiyatini ham oshiradi. Ijodkorlik. Ijodkor shaxs bo’lish uchun, siz o’z aql-idrokingiz va ko’zlaringizni tashqi dunyoga nisbatan ochiq holda saqlashingiz lozim. Ijodkorlik bu nima? Download 34.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling