1. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish


Tadbirkorlikning soliq va audit bilan aloqalari


Download 191.19 Kb.
bet5/11
Sana17.06.2023
Hajmi191.19 Kb.
#1521245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Burxonova Maftuna Biznes jarayonlarni loyihalash mustaqil ish

4.Tadbirkorlikning soliq va audit bilan aloqalari
Soliqlar va yig’imlar, bojlar, rag’batlantirish, soliqqa tortish usullari, adolatlilik tamoyili, oddiylik va xolislik, soliq stavkalari.
Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashning tashqi manbalaridan tijorat banklari va kredit uyushmalari katta rol o‘ynaydi. Tijorat banklarining asosiy vazifasi, operatsiyalari va xizmatlari quyidagilardan iborat:
- yuridik va jismoniy shaxslaming hisobvaraqlarini ochish va yuritish hamda ular bo‘yicha omonatlami jalb qilish;
- o ‘z mablaglari va jalb etilgan mablaglar hisobidan hamda o‘z nomidan kreditlar berish;
- mulkdor yoki mablag‘larni tasarruf etuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomaga ko‘ra pul mablag‘larini boshqarish;
- yuridik va jismoniy shaxslardan chet el valutasini naqd pulga va pul o ‘tkazish yoTi bilan sotib olish va sotish;
- pul mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlari inkassatsiyasi;
- majburiyatlaming bajarilishini ko'zda tutadigan uchinchi shaxslarga kafolatlar berish;
- majburiyatlaming bajarilishi bo‘yicha uchinchi shaxslardan talab huquqini sotib olish;
- qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, sotib olish, sotish, hisobga olish va saqlash, mijoz bilan shartnoma asosida qimmatli qog‘ozlami boshqa-rish va ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
- trast (mijozlaming mulkini ishonchli tarzda boshqarish) operatsiyalarini o ‘tkazish;
- moliyaviy lizingni amalga oshirish;
- moliyaviy injiniring (murakkab loyihalami moliyalash, balansning yuqori qismida operatsiyalar o ‘tkazish, birlashish, sotib olish bo‘yicha operatsiyalar, ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar)ni amalga oshirish;
- bank maslahati va axboroti xizmatlari ko‘rsatish, yuridik va jismoniy shaxslarga maxsus binolar yoki uyerdagi seyflarni ijaraga berish.
Tadbirkorlik subyektlarining banklar bilan o ‘zaro munosabatlari shartnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning asosida amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik uchun banklarning eng muhim vazifalaridan biri kreditlar bilan ta’minlash hisoblanadi.
0 ‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlariga kreditdan foydalanishga qulay sharoitlar yaratilgan; tijorat banklari va ularning shaxobchalarining kengayishi, maxsus Mikrokreditbanklarning tashkil etilishi, kredit uyushmalarining rivojlanishi, kreditlash jarayonlarining takomillashib borishi, imtiyozli kreditlaming kengayishi, mikrokreditlaming joriy etilishi va hokazo.
0 ‘zbekistonda keyingi yillarda tadbirkorlikni kreditlash borasida bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi: Markaziy bank tomonidan 2000- yil 22- fevralda tasdiqlangan “0 ‘z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etmasdan amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlar va
dehqon xo‘jaliklarini tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valutalarda mikrokreditlash tartibi”, " 0 ‘z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etgan holda amalga oshiruvchi fermer xo‘jaliklari, kichik biznesning boshqa subyektlarini tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valutalarda mikrokreditlash tartibi” va boshqalar. Natijada tadbirkorlik subyektlariga beriladigan kreditlar yildan-yilga keskin oshib bormoqda.
Respublika bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar 2001- yilda 171,5 mlrd. so'mni tashkil etgan bo‘lsa, 2008- yilga kelib 1255,0 mlrd. so‘mda yetgan, ya’ni 7,3 barobarga oshgan.
Tegishli hujjatlarda ta’kidlab o‘tilganki, kreditlash qaytarimlilik, haq to‘lash, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanishshartlariga asosan amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kreditlar va mikrokreditlar aniq maqsadlar uchun beriladi va ular faqat shu maqsadlarga ishlatilishi kerak.
Tadbirkorlarga mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga berilmaydi.
. - ilgari olingan kreditlar yoki qarzlami so'ndirish;
- tamakichilik va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqarish;
- savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
-ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilmaydigan shaxsiy mol-
mulkni xarid qilish.
Mikrokredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
1. Yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari:
- kredit summasi ko‘rsatilgan ariza;
- foydalanish maqsadi ko‘rsatilgan biznes reja;
- fuqarolik pasportining nusxasi.
2.Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari:
- kredit summasi ko'rsatilgan ariza;
- pul oqimining tahlili ko‘rsatilgan biznes reja;
- davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi hisobot yili balansi, moliyaviy natijalar to 'g ;risida hisoboti, debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g ‘risida ma’lumotnoma, 90 kundan ortiq qarzga doir solishtirma dalolatnoma.
Olingan kreditlarning qaytarilishini ta’minlash uchun quyidagilardan birini taqdim etish lozim bo‘ladi:
- mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlaming garovi;
- bank yoki sug‘urta tashkilotining garovi;
- uchinchi shaxslaming kafilligi;
- sug‘urta kompaniyasining kreditni so‘ndirmaslik xavfi sug'urta
qilinganligi to‘g ‘risidagi sug‘urta polisi;
- mahalla, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini organining kafilligi.
Tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar 3 yil muddatgacha shartnoma asosida beriladi. Ularning miqdori yuridik shaxs bo'lmagan tadbirkorlar uchun 5000 va yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun 10000 AQSh dollariga ekvivalent b o ig an summani tashkil etadi.
Bank 1,5 yilga (18 oyga) qadar bo‘lgan muddatda so‘ndirish sharti bilan mikrokredit summasining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda uni naqd pul shaklida berishi mumkin.
https://fayllar.org/9-mavzu-tadbirkorlikni-bank-soliq-xizmati-va-audit-bilan-ozaro.html



Download 191.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling