Haqqingizga duo aytar Temur bobo,
Duo aytar Tumarisdek qutlug’ momo,
Duo aytar qoningizni ichgan giyoh,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.
Endi sizga Alpomishlar yo’ldoshu yor,
Endi sizga abadiyat aytar alyor,
Ey Yunusbek,Abduxalil,Doniyor,
Unutmaydi,unutmaydi sizni Vatan.
Vatan uchun shahid ketgan jigarlarim,
Or-nomusni baland tutgan jigarlarim,
Abadiyat sari ketgan jigarlarim,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan
Monolog:oʻquvchilarlar chiqishi
Harbiy chiqish
Qo'shiq:Jonli ijroda
Raqs: Maryachka o’quvchilar ijrosida
Raqs: oʻquvchilar Katyusha
1-boshlovchi : 1941 – 1945 – yillarda bo’lib o’tgan ikkinchi jahon urushida ko’plab yurtdoshlarimizga ona Vataniga qaytib kelish nasib etmadi.
2-boshlovchi: Minglab er yigitlar qonli janglarda Vatan ozodligi yo’lida mardlarcha halok bo’ldi.
1-boshlovchi: Lekin ularning mardligi Vataniga bo’lgan sadoqati sabab mana shunday osuda hayotda yashash baxtiga egamiz.
1 – boshlovchi: Ushbu kun o’tganlarni yana bir bor yod etib osmonimiz musaffoligi , xalqimiz tinchligi yo’lida jonlarini fido etgan ajdodlar xotirasi oldida bosh egamiz.
2 – boshlovchi: Tinchlik muborak so’z, muqaddas kalom. Keksalarimiz duosida , ezgu niyatlarida ushbu so’zni takror va takror eshitamiz.
1 – boshlovchi: --Ne , baxtki, muqaddas zaminimiz mustaqil O’zbekistonimizda osoyishta hayot hukmron. Tinch , osuda turmush biz baxtiyor avlodlarga nasib etgan.
2 – boshlovchi: O’zbekistonimizdagi tinch , osoyishta hayotga hech qachon ko’z tegmasin.
1 – boshlovchi: Hurmatli va aziz tadbir ishtirokchilari. Shuning bilan Vatan ozodligi va sha’ni , sharafi himoyachilariga bag’ishlangan bayram tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.
2 – boshlovchi : Barchangizga yaxshi kayfiyat hamroh bo’lsin . Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’lsin. Go’zal va bepoyon Vatanimizga hech qachon ko’z tegmasin. E’tiboringiz uchun rahmat.
Tuzuvchi: Normurodova Baxtigul
Do'stlaringiz bilan baham: |