1-tajriba elektrolitlarning (kuchsiz) elektr о‘tkazuvchanligini α va k


-TAJRIBA KIMYOVIY KINETIKA. KIMYOVIY REAKSIYA TEZLIK KONSTANTASINI ANIQLASH


Download 358.02 Kb.
bet7/10
Sana09.06.2023
Hajmi358.02 Kb.
#1466989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Laboratoriya

3-TAJRIBA
KIMYOVIY KINETIKA. KIMYOVIY REAKSIYA TEZLIK KONSTANTASINI ANIQLASH
Kimyoviy kinetika - kimyoviy jarayon, uning mexanizmi va qonuniyatlari tо‘g‘risidagi ta’limotdir. Kimyoviy reaksiyalarning mazmunini ikki asosiy bо‘lim tashkil qiladi:
1. Reaksiyaning mexanizimini hisobga olmasdan reaksiya tezligini formal - matematik ifodalash bо‘lib, formal kinetik deb nomlanadi.
2. Kimyoviy ta’sirlanish mexanizmlari tо‘g‘risidagi ta’limot. Kimyoviy texnologiyada qо‘llaniladigan kimyoviy reaksiyalarni о‘rganish vaqtida ximiyaviy kinetika hamda kimyoviy termodinamika usullaridan foydalaniladi.
Kimyoviy kinetika kimyoviy jarayonlar tezligini oldindan aytishga imkon beradi. Kimyoviy termodinamika esa, bu reaksiya ketadimi yoki yо‘qmi deb aytishga, uning muvozanat holati va issiqlik effektini hisoblashga yordam beradi.
Lekin amaliyot uchun reaksiyaning borishi mumkinligini bilishdan tashqari uning
tezligini ham bilish kerak. Bunday savollarga javobni ximiyaviy kinetika beradi. Kimyoviy kinetika qonuniyatlarini bilish uchun reaksiya qaysi yо‘l bilan borishini bilish kerak, u esa oldindan ma’lum emas.
8- ish. Atsetonni yodlash reaksiyasintng tezlik doimiysini aniqlash.
Ishdan maqsad: Kislotali muxitda atsetonni yodlash reaksiyasining tezlik konstantasini aniqlash.
A
tsetonni yodlash reaksiyasi

  1. Anion, yod bilan reaksiyasiga kirishadi:


Birinchi bosqich muddati sekin, ikkinchi bosqich esa juda tez oxirigacha boriladi. Shuning uchun jarayonning umumiy tezligi sekin boruvchi, birinchi boskich tezligi bilan о‘lchanadi. Binobarin reaksiyaning tezligi atseton va vodorod ionlari (katalizator), konsentratsyasiga bog‘liq bо‘ladi. Reaksiya davomida kislota (HJ) hosil bо‘lishi, H+ ionlarining ortib borishiga va reaksiyani yanada tezlashishiga olib keladi. Reaksiya davomida katalizator rolini о‘ynovchi moddalar hosil bо‘lishi bilan boradigan reaksiyalar avtokatalitik reaksiya deyiladi.

Download 358.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling