1-tajriba elektrolitlarning (kuchsiz) elektr о‘tkazuvchanligini α va k


Download 358.02 Kb.
bet9/10
Sana09.06.2023
Hajmi358.02 Kb.
#1466989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Laboratoriya

4-TAJRIBA MASHG`ULOTI
KIMYOVIY REAKSIYALAR TEZLIK KONSTANTASINI VIRTUAL STENDLARDA ANIQLASH.
Ishning mavzusi : «HЈ kislotasini vodorod peroksid bilan oksidlanish Reaksiyasining tezlik konstantasini virtual stendda aniqlash». Bunda talabalar olgan bilimlarini kompyuterda mavzuga oid laboratoriya ishini bajarish bilan mustahkamlaydilar.
Ishning maqsadi: bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga mо‘ljallangan laboratoriya mashg‘uloti bо‘lib, maqsad talabalarni axborot kommunikatsion texnologiyalardan darslarda tо‘liq hamda tо‘g‘ri foydalanishga о‘rgatish.
Ish bajarish tartibi: 2HJ + H2O2 = J2 + 2H2O Reaksiyaning tezlik kons-tantasini (NH4)2Mo04 katalizator ishtirokida aniqlash.
Yuqoridagi Reaksiyaning tezligi vodorod peroksidning konsentratsiyasiga bog‘liq. Uning konsentratsiyasini о‘zgarishi ekvivalent ravishda Reaksiya natijasida xosil bо‘ladigan yodning konsentratsiyasini natriy tiosulfat eritmasi yordamida titrlash orqali aniqlanadi.
Jarayon 3 bosqichda kechadi:
2NaJ + H2SO4 = Na2SO4 + 2HJ (1)
2HJ + H2O2 = J2 + 2H2O (2)
J2 + 2Na2S2O3 = 2NaJ + Na2S4O6 (3)
Bunda (1) va (3) Reaksiyalar juda katta tazlik bilan ketadi. Shuning uchun jarayonning tezligi (2) Reaksiyaning tezligiga bog‘liq bо‘ladi. Eritmada natriy yodid yodni natriy tiosulfat bilan titrlash jarayonida qayta xosil bо‘lib, NaJ va HJ larning konsentratsiyalari amalda о‘zgarmaydi. (2) Reaksiyaning tezligi faqat vodorod peroksidning konsentratsiyasiga bog‘liq bо‘lib qoladi. Reaksiya 1 – tartibli kinetik tenglama bо‘yicha sodir bо‘ladi.
Reaksiya tezligini aniqlash reaksion aralashmaga ma’lum miqdorda tiosulfat eritmasi qо‘shib borganda ajralib chiqayotgan yodni kraxmal rangini kо‘kartirish vaqtini о‘lchashga asoslangan.
Ish bajarish tartibi: 200 ml kolbaga 25 ml 0,4 massa ulushli (%) natriy yodid eritmasi va 2,5 ml 2,0 mol/l sulfat kislota etirmalaridan quyiladi. Agar Reaksiya katalizator ishtirokida olib borilsa, 1-2 tomchi 0,005 n ammoniy molibdat eritmasidan solinadi. Sо‘ngra, kolbaga byuretkadan 0,5 ml 0,025 mol/l natriy tiosulfat eritmasidan va 5 tomchi 0,5massa ulushi (%) kraxmal eritmasidan qо‘shiladi. Eng oxirida 0,025 mol/l konsentratsiyali H2O2 eritmasidan 5ml solinadi. Kolbadagi aralashma yaxshilab aralashtiriladi va kо‘k rang hosil bо‘lgach, sekundomer yurgiziladi va shu vaqt Reaksiyaning boshlanish vaqti (t0) deb hisoblanadi. Shu zohoti byuratkadan 0,5 ml natriy tiosulfat eritmasidan qо‘shiladi, eritma chayqatiladi. Bunda eritma rangsizlanadi. Eritma qayta kо‘k rangga kirishi bilan sekundamer kо‘rsatkichi (T1) yozib olinadi. Sekundomerni о‘chirmasdan turib shu tariqa, natriy tiosulfat eritmasidan 0,5 ml dan qо‘shishni 5 marotaba qaytariladi.
Reaksiya oxirgacha borishini tezlatish uchun reaksion aralashmaga 5 tomchi ammoniy molibdat eritmasidan qо‘shiladi. Ajralib chiqqan yodni byuretkadagi tiosulfat eritmasi bilan oqarguncha titrlanadi. Titrlash uchun sarf bо‘lgan tiosulfat eritmasining umumiy hajmi (A) Reaksiya uchun olingan peroksid hajmiga ekvivalent bо‘ladi. Tajriba natijalari jadvalga yozib boriladi.
jadval



Ayni paytda qо‘shilgan
Na2S2O3 hajmi, ml

Tajriba boshidan eritma kо‘k rangga kirguncha

K,

Download 358.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling