1-tajriba ishi Mavzu: Predmet sohaning tahlili. Maq


Download 84.52 Kb.
bet1/2
Sana04.01.2023
Hajmi84.52 Kb.
#1077140
  1   2
Bog'liq
2.1 mavzu


1-tajriba ishi
Mavzu: Predmet sohaning tahlili.
Maqsad: Talabalarda tanlangan topshiriq mavzusi bo`yicha MB predmet sohasini tahlil qilish va uning infologik modelini tuzish haqida bilim va malakalarni hosil qilish.
Vazifa: Talabalar mustaqil ravishda quyidagilarni bajarishi, ular haqida malaka va ko`nikmaga ega bo`lishi lozim.
1. Mavzuga tegishli ma`lumotlarni to`plash va tahlil qilish.
2. Predmet sohani infologik tasvirlash.
3. Mohiyat-bog`lanish modelini ishlab chiqish. (ER diagramma).
Jihozlar: Kompyuter.
Uslubiy ko`rsatma: Predmet sohani tahlili. Predmet sohani tahlili natijasi sifatida infomantiqiy modelni qurish uchun ER diagrammadan foydalanish mumkin (inglizchadan Entity-Relationship, yani mohiyat-bog`lanish). ER diagrammada quyidagi belgi va tushunchalardan foydalaniladi:
- mohiyat


yoki - assotsiatsiya


- atribut


- aloqa
Ikki mohiyat o`rtasida, masalan, A va B to`rtta aloqa turi bo`lishi mumkin.
Birga-bir aloqa(1:1): Har bir vaqt holatida A mohiyatning har bir (nusxasiga) vakiliga B mohiyatning vakili 1 yoki 0 bilan mos keladi

1 1
A AB B


Masalan: O`quvchi jinsi erkak yoki ayol bo`lishi mumkin.
Birga-ko`p aloqa(1:M): A mohiyatning bitta vakiliga B mohiyatning bir necha vakili 1 yoki 0 bilan mos keladi.

1 M
A AB B


Masalan: O`quvchi imtihondanda javob berishiga 1 yoki 2 yoki 3 yoki 4 yoki 5 ball olishi mumkin. Xuddi shunday ikkala yo`nalishda ham mohiyatlar orasida aloqa bo`lishi mumkin. Yana ikkita aloqa turi mavjud.
Ko`pga –bir aloqa (M:1) A mohiyatning bir necha vakiliga B mohiyatning bitta vakili 1 yoki 0 bilan mos keladi.

M 1
A AB B

Ko`pga –ko`p aloqa (M:N): A mohiyatning bir necha vakiliga B mohiyatning bir necha vakili 1 yoki 0 bilan mos keladi.



M N
A AB B
Predmet soha tahlilida ob`ektlar, ob`ekt xossalari, bog`lanishlar (ob`ekt munosobatlari), vaqt oralig`i (ob`ektlar aniq holatlarda bo`lishini belgilovchi vaqt)
singari tashkil etuvchilarni o`rganish taqazo etiladi.
‘Mohiyat - aloqa’ modeli uchta asosiy komponentlardan foydalanib quriladi. Ular mohiyat, atribut va aloqa komponentlaridir. Modelda vaqt, yil, sana va shunga o`xshash atributlar tasvirlanadi. Shuning uchun konstruktiv elementlar tarkibida ‘VAQT’ tashkil etuvchisi oshkormas holda ishtirok etishi mumkin.
‘Mohiyat - aloqa’ modelidagi aloqalarda ikki mohiyat o`rtasidagi har qanday aloqa toifalariga xos munosabatlarni qo`yish kerak bo`ladi. Bu model predmet sohani faqat bir qismini akslantiradi va shuning o`chun uni lokal model deyiladi. Predmet soha haqida to`la ma`lumotga ega bo`lish uchun, uni etarlicha tekshirish zarur hamda bir necha lokal modellar qurish kerak. So`ngra lokal modellarni birlashtirib, predmet soha haqida bir butun kompozitsion tasvirga ega bo`lamiz.
Talabalar demografik ma`lumotlari’ bazasi predmet sohasi tahlili. ‘Talabalar demografik ma`lumotlari’ bazasi ta`lim muassasalarida ixtiyoriy vaqtda talabalar haqida etarlicha ma`lumotga ega bo`lish uchun yaratiladi. ‘Talabalar demografik ma`lumotlari’ bazasi predmet sohasi ta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan talabalar haqidagi zaruriy ma`lumotlar hisoblanadi. MB ni yaratish uchun eng avvalo predmet soha o`rganib chiqiladi va MB da ishtirok etuvchi ma`lumotlar aniqlanadi. Ular qanday qiymat qabul qilishi mumkinligi tahlil qilinadi. Predmet sohani tahlil qilish natijasida MB uchun zarur deb hisoblangan quyidagi ma`lumotlarni aniqladik:

  1. Familiya, ism, otasi

  2. Jinsi

  3. Tug`ilgan sana

  4. Millati

  5. Pasport ma`lumotlari

  6. Telefonlari (uy va mobil)

  7. Turadigan joyi

  8. Yashash manzili

  9. Ijtimoiy kelib chiqishi

  10. Oilaviyligi

  11. Farzandlari soni

  12. Harbiy xizmatga aloqasi

  13. Nogironlik

  14. Etimlik

  15. Fakul’tet

  16. Mutaxassislik

  17. Kurs

  18. Guruh

  19. Ta`lim bosqichi

  20. Qabul yili

  21. O`qitish tili

  22. O`qish shakli

  23. Ota-onasi haqida ma`lumot

  24. Reyting daftarcha raqami

  25. Kasaba uyushma a`zosi

  26. “Kamolot” yoshl. a`zosi

Bu ma`lumotlarning har birini tahlil qilib chiqamiz va ular qanday qiymatlar qabul qilishini aniqlaymiz. Ma`lumotlar ixtiyoriy yoki chekli sondagi to`plamga tegishli bo`lishi mumkin. Chunki ma`lumotlar qiymatini to`g`ri kiritish, uni izlab topish,
undan unumli foydalanish va turli ko`rinishdagi axborotlarni olish imkonini beradi.

    1. Familiya, ism, otasi – talabaning familiyasi, ismi va otasining ismi. Ixtiyoriy matnli qiymat.

    2. Jinsi – qiz yoki o`g`il. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

    3. Tug`ilgan sana – talabaning tug`ilgan sanasi. Ixtiyoriy sanali qiymat.

    4. Millati - o`zbek, rus, tojik va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

    5. Pasport ma`lumotlari pasport seriyasi, raqami, berilgan vaqti, amal qilish muddati, kim tomondan berilgan, qayd manzili, INN. Ixtiyoriy matnli qiymat.

    6. Telefonlari (uy va mobil)- talabaning telefonlari. Ixtiyoriy sonli yoki matnli qiymat.

    7. Turadigan joyi – yotoqxonada, o`z uyida, ijarada, qarindoshlarinikida. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

    8. YAshash manzili - talabaning yashayotgan manzili. Ixtiyoriy matnli qiymat.

    9. Ijtimoiy kelib chiqishi - ishchi, xizmatchi, ziyoli, tadbirkor, fermer va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

    10. Oilaviyligi - o`ylangan, bo`ydoq, turmushga chiqgan, turmushga chiqmagan, ajrashgan, beva va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

    11. Farzandlari soni – agar talabaning farzandlari bo`lsa, ularning soni beriladi. Ixtiyoriy sonli qiymat.

    12. Harbiy xizmatga aloqasi - harbiy xizmatda bo`lgan, harbiy xizmatga bormagan, harbiy xizmatga chaqirilmaydi, majburiy, muqobil, chaqiriluvchi, xizmatda, zahirada va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

    13. Nogironlik – ‘ha’ yoki ‘yo`q’. Agar ‘ha’ bo`lsa, 1 toifa ko`zi ojiz, 2 toifa ko`zi ojiz va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

    14. Etimlik – ‘ha’ yoki ‘yo`q’. Agar ‘ha’ bo`lsa, otasi yo`q, onasi yo`q, ota-onasi yo`q va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

    15. Fakul’tet- ta`lim muassasasidagi fakul’tetlar. Ixtiyoriy chekli matnli qiymat.

    16. Mutaxassislik - ta`lim muassasasidagi mutaxassisliklar nomi. Ular fakul’tetlarga biriktirilgan. Ixtiyoriy chekli matnli qiymat.

    17. Kurs – talaba o`qiyotgan kurs. Ixtiyoriy chekli sonli qiymat.

    18. Guruh - ta`lim muassasasidagi guruhlar nomi. Ular fakul’tetlarga biriktirilgan. Ixtiyoriy chekli matnli qiymat.

    19. Ta`lim bosqichi - (O`qitish darajasi) – bakalavr, magistr, o`rta ma`lumot va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

    20. Qabul yili – talaba o`qishga qabul qilingan yil. Ixtiyoriy sanali qiymat.

    21. O`qitish tili - o`zbek, rus va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

    22. O`qish shakli- Grant, shartnoma va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

    23. Qarindoshlari haqida ma`lumot - ota, ona, aka, opa, uka, singillari haqida ma`lumot. Ixtiyoriy matnli qiymat.

    24. Reyting daftarcha raqami – talaba reyting daftarchasi raqami. Ixtiyoriy sonli qiymat.

    25. Kasaba uyushma a`zosi – ‘ha’ yoki ‘yo`q’. Chekli matnli qiymat.

    26. “Kamolot” yoshl. a`zosi- ‘ha’ yoki ‘yo`q’. Chekli matnli qiymat.

MB ni tashkil qilishda eng avvalo bir xil to`plamga tegishli bo`lgan, o`zgarmas ma`lumotlarni aniqlab olamiz. Ularni ma`lumotnomalar deb ataymiz. Ma`lumotnomalar alohida tashkil qilinadi va ularga kerakli qiymatlar kiritiladi. Ma`lumotnomalar ma`lumotlari kiritilgandan so`ng asosiy baza ma`lumotlari shakllantiriladi. Ma`lumotlar bazaga kiritiladi, tahrir qilinadi va keraksizlari o`chiriladi. Barcha kiritiladigan ma`lumotlar aniq va ish jarayoniga mos ravishda kiritilishi lozim, aks holda ko`zlangan natijaga erishib bo`lmaydi.

Download 84.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling