1-tajriba ishi Mavzu: Predmet sohaning tahlili. Maq


Download 84.52 Kb.
bet2/2
Sana04.01.2023
Hajmi84.52 Kb.
#1077140
1   2
Bog'liq
2.1 mavzu

Ma`lumotnomalar. Ma`lumotnomalarda ‘Talabalar demografik ma`lumotlari’ bazasi uchun doimiy ravishda kerak bo`lgan o`zgarmas ma`lumotlar saqlanadi. Ixtiyoriy vaqtda ma`lumotnomaga yangi ma`lumot kiritish mumkin, ammo mavjud ma`lumotlarni o`zgartirish va o`chirishda ehtiyot bo`linsin. Ba`zi bir ma`lumotnomalar qiymatlari mavjud bo`lgan standartlardan olinsa, ba`zilari esa tuziladi. Imkon darajasida barcha ma`lumotlar qiymatini standartlashga harakat qilmoq lozim. Tuziladigan ma`lumotnomalar qiymatini mutanosib tashkil qilish natijasida ish jarayoni osonlashadi. Ma`lumotnomalar MB da alohida mohiyat sifatida qaraladi va ular asosiy mohiyat bilan bog`langan holda bir butunlikni tashkil qiladi. ‘Talabalar demografik ma`lumotlari’ bazasida quyidagi ma`lumotnomalar ishlatiladi:

  1. Jinsi – qiz yoki o`g`il. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

  2. Millati - o`zbek, rus, tojik va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

  3. Turadigan joyi – yotoqxonada, o`z uyida, ijarada, qarindoshlarinikida. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

  4. Ijtimoiy kelib chiqishi - ishchi, xizmatchi, ziyoli, tadbirkor va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

  5. Oilaviyligi - o`ylangan, bo`ydoq, turmushga chiqgan, turmushga chiqmagan, ajrashgan, beva va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

  6. Harbiy xizmatga aloqasi - majburiy, muqobil, chaqiriluvchi, xizmatda, zahirada va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

  7. Nogironlik – 1 toifa ko`zi ojiz, 2 toifa ko`zi ojiz va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

  8. Etimlik – otasi yo`q, onasi yo`q, ota-onasi yo`q va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

  9. Fakul’tet- ta`lim muassasasidagi fakul’tetlar. Ixtiyoriy chekli matnli qiymat.

  10. Mutaxassislik - ta`lim muassasasidagi mutaxassisliklar nomi. Ular fakul’tetlarga biriktirilgan. Ixtiyoriy chekli matnli qiymat.

  11. Guruh - ta`lim muassasasidagi guruhlar nomi. Ular fakul’tetlarga biriktirilgan. Ixtiyoriy chekli matnli qiymat.

  12. Ta`lim bosqichi - (O`qitish darajasi) – bakalavr, magistr, o`rta ma`lumot va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

  13. O`qitish tili - o`zbek, rus va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

  14. O`qish shakli- Grant, shartnoma va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

  15. Qarindoshlik - ota, ona, aka, opa, uka, singillari va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.

Axborot tizimlarni loyihalashda bu tizimlarni to`liq tahlil qilish va foydalanuvchilar talablarini aniqlash lozim. eng avvalo axborot tizimlar MB loyihalanadi. MB ma`lumotlarini yig`ish mohiyatni o`rganish bilan boshlanadi.
‘Talabalar demografik ma`lumotlari’ bazasi ma`lumotlarini ma`lumotnomalar va asosiy ma`lumotlar mohiyatlari guruhlariga ajratamiz.
Ma`lumotnomalar guruhi mohiyatlari: jinsi – ‘Jins’, millati va o`qitish tili – ‘Millat-til’, turadigan joyi – ‘Turar joy’, ijtimoiy kelib chiqishi – ‘Ijtimoiy’, oilaviyligi – ‘Oilaviylik’, harbiy xizmatga aloqasi – ‘Harbiy’, nogironlik – ‘Nogironlik’, etimlik – ‘Etimlik’, fakul’tet – ‘Fakul’tet’, mutaxassislik – ‘Mutaxassislik’ guruh – ‘Guruh’, ta`lim bosqichi – ‘Ta`lim bosqichi’, o`qish shakli –
‘O`qish shakli’ va qarindoshlik – ‘Qarindoshlik’.
Asosiy ma`lumotlar: asosiy ma`lumotlar – ‘Asosiy’, pasport ma`lumotlari - ‘Pasport’, ota-onasi haqida ma`lumot – ‘Qarindoshlar’, etim talabalar – ‘Etim’ va nogiron talabalar – ‘Nogiron’.
Mohiyatlarni, ular qaysi atributlardan tashkil topganligini tahlil qilgan holda infologik model tilida ifodalaymiz. Har bir atribut nima uchun qurilayotgan mohiyat tarkibiga kiritilayotganligi masalasi chuqur tahlil qilinishi lozim. Tahlil jarayonida predmet soha, MB tarkibi va MB tarkibidagi ma`lumotlardan foydalanish hisobga olinadi.
Jins(Jins turi).
Millat-til(Millat-til).
Turar joy(Turar joy turi).
Ijtimoiy(Ijtimoiylik turi).
Oilaviylik(Oilaviylik turi).
Harbiy(Harbiy xizmatga aloqadorlik).
Nogironlik(Nogironlik guruhi).
Etimlik(Etimlik turi).
Fakul’tet(Fakul’tet nomi).
Mutaxassislik(Fakul’tet nomi, Mutaxassislik nomi).
Guruh(Mutaxassislik nomi, Kurs, Guruh).
Ta`lim bosqichi(Shifr(xalqaro klassifikatsiya), Harfiy kod, Ta`lim bosqichi turi, O`qish yili).
O`qish shakli(O`qish shakli).
Qarindoshlik(Qarindoshlik).
Asosiy(Familiya, ism, otasi, Jinsi, Tug`ilgan sana, Millati, Telefonlari, Turar joyi, Yashash manzili, Ijtimoiy kelib chiqishi, Oilaviyligi, Farzandlari soni, Harbiy xizmatga aloqasi, Nogironlik, Etimlik, Fakul’tet, Mutaxassislik, Kurs, Guruh, Ta`lim bosqichi, Qabul yili, O`qitish tili, O`qish shakli, Reyting daftarcha raqami).
Nogironlik – agar nogiron bo`lsa ‘ha’, aks holda ‘yo`q’ qiymati beriladi.
Etimlik – agar etim bo`lsa ‘ha’, aks holda ‘yo`q’ qiymati beriladi.
Pasport(Familiya, ism, otasi, pasport seriyasi, raqami, berilgan vaqti, amal qilish muddati, kim tomondan berilgan, qayd manzili, INN).
Qarindoshlar(Familiya, ism, otasi, qarindoshlik, qarindosh familiyasi, ismi, otasi, qarindosh tugilgan sanasi, qarindosh yashash manzili, qarindosh lavozimi va ish joyi, qarindosh telefonlari).
Etim(Familiya, ism, otasi, etimlik).
Nogiron(Familiya, ism, otasi, nogironlik turi).
Endi mohiyatlar orasidagi bog`lanishlarni tahlil qilamiz. Bog`lanish turini ko`rsatgan holda ER diagrammani keltiramiz.
1. ‘Mutaxassislik’ va ‘Fakul’tet’ orasida ko`pga – bir bog`lanish mavjud bo`ladi.
2. ‘Guruh’ va ‘Mutaxassislik’ orasida ko`pga – bir bog`lanish mavjud bo`ladi.
3. ‘Asosiy’ va ‘Jins’ orasida ko`pga – bir bog`lanish mavjud bo`ladi.
4. ‘Asosiy’ va ‘Millat-til’ orasida ko`pga – bir bog`lanish mavjud bo`ladi.
5. ‘Asosiy’ va ‘Turar joy’ orasida ko`pga – bir bog`lanish mavjud bo`ladi.
6. ‘Asosiy’ va ‘Ijtimoiy’ orasida ko`pga – bir bog`lanish mavjud bo`ladi.
7. ‘Asosiy’ va ‘Oilaviylik’ orasida ko`pga – bir bog`lanish mavjud bo`ladi.
8. ‘Asosiy’ va ‘Harbiy’ orasida ko`pga – bir bog`lanish mavjud bo`ladi.


9. ‘Asosiy’ va ‘Fakul’tet’ orasida ko`pga – bir bog`lanish mavjud bo`ladi.
10. ‘Asosiy’ va ‘Mutaxassislik’ orasida ko`pga – bir bog`lanish mavjud bo`ladi.
11. ‘Asosiy’ va ‘Guruh’ orasida ko`pga – bir bog`lanish mavjud bo`ladi.
12. ‘Asosiy’ va ‘Ta`lim bosqichi’ orasida ko`pga – bir bog`lanish mavjud bo`ladi.


13. ‘Asosiy’ va ‘Pasport’ orasida birga – bir bog`lanish mavjud bo`ladi.
14. ‘Qarindoshlar’ va ‘Qarindoshlik’ orasida ko`pga – bir bog`lanish mavjud bo`ladi.

15. ‘Asosiy’ va ‘Qarindoshlar’ orasida birga – bir bog`lanish mavjud bo`ladi.


16. ‘Asosiy’ va ‘Etim’ orasida birga – bir bog`lanish mavjud bo`ladi.


17. ‘Asosiy’ va ‘Nogiron’ orasida birga – bir bog`lanish mavjud bo`ladi.
Birga-bir bog`lanishda mohiyatlarning kalitlari bog`lanadi, ko`pga bir bog`lanishda esa birinchi mohiyatning mos atributiga ikkinchi mohiyatning kaliti bog`lanadi.
Topshiriq
1. Mavzuga tegishli ma`lumotlarni to`plang va tahlil qiling.
2. Predmet sohani infologik tasvirlang.
3. Mohiyat-bog`lanish modelini ishlab chiqing. (ER diagramma).
Xulosa: Bajargan ishlaringizni batafsil bayon qiluvchi xulosa yozing.
Download 84.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling