1-Tajriba ishi: Quyosh va shamol generatorlarining ishlash prinsipini o’rganish Ishning maqsadi
Shamol generatorlarining ishlash prinsipini o’rganish
Download 1.01 Mb.
|
1-Tajriba ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha nazariy ma’lumotlar 2-rasm. SHamol dvigatellar turlari.
Shamol generatorlarining ishlash prinsipini o’rganish.
Ishdan maqsad: SHamol dvigatel qurilmasi jihozlari bilan tanishish. SHamol elektr qurilmasini ishlash jarayonini o‘rganish. SHamol elektr qurilmasini ko‘rsatgichlarini aniqlash. Shamol dvigateli quyidagi ko‘rinishiga ega bo‘ladi: Qisqacha nazariy ma’lumotlar 2-rasm. SHamol dvigatellar turlari. Havo oqimidan foydalanib shamol orqali elektr energiya ishlab chiqarish jarayoni bir muncha yengil hisoblanadi. Suv oqimi kabi, dvigatelning xarakatlanuvchi qismiga ta’sir etadi, natijada u harakatga keladi (aylanadi) va hosil bo‘lgan energiya elektr toki generatorining rotoriga uzatadi. Havo oqimi energiyasi “E” ko‘ndalang kesim F bilan birga quyidagi formula orqali aniqlanadi: (1) bu erda; m – havoning 1sekundagi og‘irligi, (kg/s); - havoning zichligi, (kg/m2); Havoning s og‘irligi (m) kg/s bo‘lib. Uni p kg/m3 bo‘lganda ko‘ndalang kesim F dan o‘tadigan havo oqimi tezligi V, m/s quyidagiga teng. (2) Formula (2) ni, formula 1 o‘rniga qo‘ygach, havo oqimi erishgan quvvati qiymatini aniqlaymiz (3) Havo jichligi : normal sharoitlarda (t=160S, p = 760 mm p.g. st yoki 101,3 kPa) 1,23 kg/ m3 ga teng. j/s o‘lchamini (2) kvt ga o‘tkazgach quyidagi formulaga ega bo‘lamiz (4) Konstruksiyasiga nisbatan shamol tezligi qo‘lda foydalaniladigan yoki yordamchi elektron induksiyali taxeometr asbobli anemometrlarda aniqlana-di. Berilgan vaqt ichida pallalarning aylanishlar soni va ularga mos maso-fa hisoblanib, hisoblangan masofani vaqtga bo‘lish yordamida shamolning tezligi aniqlash qo‘lda foydalaniladigan anemometr yordamida amalga oshiriladi (8.2b- rasm). Elektron induksiyali taxeometr asbobli anemometr-lar esa, to‘g‘ridan to‘g‘ri shamol tezligini ko‘rsatadi (8.2 v va d-rasmlar). Anemometrlarning yana bir turi parrakli anemometrlardir (8.3 v-rasm). Ma’lumki shamolning yo‘nalishi o‘zgarishi bilan parraklarning o‘qi ham shu yo‘nalishga burilishi lozim. Bu vazifani parrakli anemometrlarda flyugerlar amalga oshiradi (8.2a -rasm). Yo‘nalishi o‘zgarmaydigan (masalan shaxtalarda, binolarda va boshqalarda) shamollarning tezligini o‘lchashda, o‘qi bir yo‘nalishga nisbatan qimirlamaydigan qilib mahkamlan-gan parrakli anemometrlar qo‘llaniladi. Issiqlik anemometrlari bilan, issiqlik yordamida qizdiriladigan juda kichik diametrli volfram va nixrom materiallaridan tayyorlanadigan simning shamol tezligi natijasida sovushini o‘lchash natijasida shamolning tezligi aniqlanadi (8.4 a-rasm). Kichik o‘lchamli, ko‘p funksiyali sonli anemometrdan (8.4 b-rasm), yuqori aniqlikda shamolning tezligini, havoning haroratini, dengiz sathiga nisbatan balandlikni, joydagi atmosfera bosimini, namlikni hamda sovush ko‘rsatgichini aniqlashda foydalaniladi. Undagi barometr hozirgi atmosfera bosimini emas, balki o‘tgan 3, 6, 12 va 24 soat oralig‘ida bosimni o‘zgarishini ham ko‘rsatadi. SHamolning tezligin har sekundda o‘lchab aniqlash mumkin. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling