Eksperimental qism
Eksperimental tadqiqotlar subqlikni isitish idishiga o’rnatilgan bimetall va manometrik termometrlarni taqqoslaslashdan iborat.
Laboratoriya ishini bajarish ketma-ketligi:
O’lchov-rostlagichi qo’zg’almas o’zgartirgichga ulanganligini tekshiring. Idishni ishchi suyuqlik (suv) bilan to’ldiring. Bimetall termometr va temperatura datchigining stabil ko’rsatkichlari o’rnatilishini kuting. Ko’rsatkichlarni 1.1 jadvalga kiriting.
Isitgichni ulang. Idishdagi suyuqlikni 3-5 °S ga qiziting. Haroratni DT harorat termometri bo’yicha nazorat qilinadi.
Bimetall termometr va DT ning stabillashgan ko’rsatkichlari o’rnatilishini kutiladi. Ko’rsatkichlarni 1.1 jadvalga kiriting.
Harorat 60°S ga yetguncha 2,3 bandlar qaytariladi.
Kranni ochib idishdagi suvni to’king.
Har bir harorat uchun bimetall termometr va DT uchun nisbiy va absolyut o’lchov xatoliklari, o’rtacha harorat ko’rsatkichlarini hisoblash. Natijani 1.1 jadvalga kiriting.
Hisoblangan xatoliklarni asbobning aniqlik sinfi bilan taqqoslash. (asbobning instruktsiyasiga qarang).
Asbobning optimal o’lchash diapazoni haqida xulosa qiling.
Nazorat savollari:
Kengayish termometrlarining sinflanishi.
Kengayish termometrlarining o’lchash diapazoni.
Kengayish termometrlarining qo’llaninilish sohalari.
Pnevmatik kengayish termometrlarining afzalliklari.
Do'stlaringiz bilan baham: |