1-tajriba ishi. Suyuqlik termometrlarining ishlish prinsipini o’rganish
Standart termoelektr termometrlar
Download 1.07 Mb.
|
tajriba ishi
Standart termoelektr termometrlar
Musbat termoelektrod 95% volьframdan va 5% reniydan yoki 90% volьframdan va 10% reniydan tashkil topgan qotishma, manfiy elektrod 80% volьframdan va 20% reynidan tashkil topgan qotishma. Termoelektr generator, termoelektr sovitgich va turli o’lchov asboblarida yarim o’tkazgichli termojuftlar ishlatiladi. Ularning TEYuK metall va metall qotishmalaridan ishlangan oddiy termojuftlar TEYuKidan 5...10 marta katta. Bu termojuftlarda termoelektrod materiallar sifatida ZnSB va CdSb qotishmalari ishlatiladi. Turli muhitlar haroratini o’lchaydigan termojuftning sxemasi 7.4- rasmda ko’rsatilgan. U g’ilof 1, qo’zg’almas yoki qo’zg’aluvchi shtutser 2, ko’zg’almas shtutser bilan naycha 6 orqali, shtutser harakatda bo’lganda esa g’ilof bilan bevosita ulangan kallak 3 dan iborat. Qopqoqda izolyatsion materialdan ishlangan ulagich 4 joylashgan. Bunda termojuftni o’lchov asbobi bilan ulaydigan termoelektrod 5 va simlar uchun qisqichlari bor. Himoya g’iloflari ko’pincha +1000°S gacha haroratlar uchun po’latning turli rusumlaridan tayyorlanadi. Bundan ham yuqoriroq haroratlarda qiyin eriydigan birikmalardan tayyorlangan maxsus g’iloflar ishlatiladi. Oxirgi vaqtda kabell turdagi termoelektr termometrlar keng tarqalmoqda. Ular bosim 40 MPa bo’lganda —50 dan +1100°S gacha bo’lgan haroratlar oralig’ida ko’llanadi. Kabell turdagi termometrlarning muhim afzalligi ularning AESlarning energetik reaktorlarida ishlashga imkon tug’diradigan radiatsion chidamliligi, shuningdek, issiqlik zarblariga, tebranishga va mexanik kuchlarga nisbatan chidamliligining yuqoriligi kiradi. Sirt haroratlarini o’lchashga mo’ljallangan termoelektr termometrlar maxsus tuzilishga ega. Bunday termojuftlardan kimyo sanoatida keng foydalaniladi, ular turli uskuna, quvur, mashinalarning aylanuvchi qismi va hokazolarning sirt haroratini o’lchashga xizmat qiladi. Maxsus termoelektr termometrlardan vertikal uskunalarda (ammiak sintezi kolonnalarida, metanol va h.) haroratni o’lchash uchun ishlatiladigan ko’p zonali termometrlarni ko’rsatish mumkin. Termojuftlarning asosiy kamchiligi sifatida ularning inertsionligining kattaligini ko’rsatish mumkin (5 minutdan ham oshadi). Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling