1-tajriba ishi. Suyuqlik termometrlarining ishlish prinsipini o’rganish


Termoelektr materiallar va termoelektr o’zgartkichlar


Download 1.07 Mb.
bet5/13
Sana28.12.2022
Hajmi1.07 Mb.
#1011298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
tajriba ishi

Termoelektr materiallar va termoelektr o’zgartkichlar
Turli o’tkazgichlarning ixtiyoriy jufti termoelektr o’zgartkichni tashkil etishi mumkin, ammo har bir juftlik ham amalda qo’llanishga yarayvermaydi. Zamonaviy o’lchash texnikasi termoelektr o’tkazgichlar tayyorlanadigan materiallarga ko’pdan-ko’p talablar qo’yadi, ammo bu talablarni juda kam, sonli materiallargina qondiradi. Asosiy talablar quyidagilardan iborat: yuqori haroratlar ta’siriga chidamlilik, TEYuK ning vaqt bo’yicha o’zgarmasligi, uning iloji boricha katta qiymatga ega bo’lishi va haroratga bir qiymatli bog’liqligi, qarshilik harorat koeffitsientining katta bo’lmasligi va katta elektr o’tkazuvchanlik.
Hozirgi vaqtda quyidagi metall termoelektrodli termoelektr termometrlar qo’llanadi. Ularning xarakteristikalari 2.3-jadvalda keltirilgan.
Xromelь — kopelli (56% Si — 44%Ni) termoelektr termometrlar standart termometrlar orasida eng katta o’zgartish koeffitsientiga ega (70...90 mk V/°S). Termoelektrod diametri 1 mm dan kam bo’lgan termometrlar uchun chegaraviy qo’llanishi 600°S dan kam va, masalan, diametri 0,2...0,3 mm bo’lgan termoelektrodlar uchun faqat 400°S ni tashkil etadi. Yuqorigi o’lchash chegarasi kopelli elektrod xarakteristikasining barqarorligiga bog’liq
Nikelь-xrom — nikelь-alyuminiyli (94%Ni + 2%A1 + 2,5% Mn + 1 %Si+0,5% ko’shilma) termometrlar turli muhit haroratlarini keng chegaralarda o’lchash uchun ko’llaniladi. Ular avval xromelь-alyumelli termometrlar deb yuritilar edi. Nikelь-alyuminiy simdan tayyorlangan termoelektrod oksidlanishga nikelь-xromga nisbatan kamroq chidamli. Qo’llanishning yuqorigi chegarasi termoelektrod diametriga bog’lik. Diametri 3...5 mm bo’lgan termoelektrodlar uchun qo’llanishning yuqori chegarasi nikelь-xrom-nikelь-alyuminiyli termometrlarda 1000°S ni tashkil etadi. 0,2...0,3 mm diametr uchun 600°S dan ortiq emas.
Platina-rodiy (90% platina—10% rodiy)-platinali termometrlar uzoq vaqt davomida 0 dan 1300°S harorat oralig’ida, qisqa vaqt davomida 1600°S gacha bo’lgan oraliqda ishlashi mumkin. Mazkur termometrlar oksidlanadigan va neytral muhitlarda darajalash xarakteristikasining barqarorligini saqlaydi. Ulardan foydalanish maksadiga qarab, etalon namunali va ish termometrlariga bo’linadi. To’g’ri ishlatilganda darajalash uzoq vaqt davomida o’zgarmaydi. Kamchiliklariga termoelektr termometrlarning boshqa turlarinikiga nisbatan TEYuK kamligidir. Termoelektrod simi diametri 0,3 yoki 0,5 mm bo’ladi.
Platinorodiy (30% rodiyli)—platinorodiyli (6% rodiyli) termoelektr termometrlar uzoq vaqt davomida haroratlarning +300 dan to 1600°S gacha oralig’ida, qisqa vaqt davomida 1800°S gacha qo’llanadi. Musbat elektrod — 30% rodiy va 70% platina qotishmasidan, manfiy elektrod 6% rodiy va 94% platina qotishmasidan tashkil topgan.
Mazkur termometrlar platinarodiy-platinali termometrlarga qaraganda darajalash xarakteristikalarining barqarorligi yukoriligi bilan ajralib turadi.
Volьframreniy — volьframreniyli (TVR—5/20 va TVR—10/20) termoelektr termometrlar uzoq vaqt davomida 0 dan 2200°S gacha va qisqa vakt davomida 25000S gacha, shuningdek, vakuumda, neytral va tiklanadigan muhitlarda haroratlarni o’lchashga mo’ljallangan
7.1 – jadval.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling