1-tajriba ishi


Radioizotop satx o‘lchagichlar


Download 0.55 Mb.
bet3/4
Sana10.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1184801
1   2   3   4
Bog'liq
1-tajriba

Radioizotop satx o‘lchagichlar
Satxni o‘lchash -nurlarni o‘lchanayotgan muxit qatlamidan o‘tishida yutilishiga asoslangan. Radioizotop satx o‘lchagichlarning (rasm 6.7) uch turi mavjud.

Rasm 6.7. Radioizotop satx o‘lchagichlarning ish prinsipi

Satx o‘zgarishi bilan -nurlar intensivligi o‘zgarib, bu nurlarni qabul qiluvchi qurilmaga -nurlar intensivligi satxga proporsional ravishda yetib boradi. Odatda bu satxni o‘lchash usuli boshqa usullarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan xollarda ishlatiladi.



Ultratovush satx o‘lchagichlar
Ultratovush satx o‘lchagichlar muxit bilan kontaktsiz ravishda satxni o‘lchash imkoniyatiga egadirlar. Ularda, odatda tovush to‘lqinlarini suyuqlik va gazni ajratib turuvchi chegaradan qaytish prinsipidan foydalaniladi. Satxni o‘lchash, qaytgan tovush to‘lqinlarining kechikishi bo‘yicha aniqlanadi. Vaqt o‘lchagichida olingan, kechikish vaqtiga proporsional bo‘lgan o‘zgarmas kuchlanish, ikkilamchi o‘lchagichga yuboriladi.

Sochiluvchan moddalar satxini o‘lchash
Sochiluvchan moddalar satxi odatda qalqovuchli, radioizotop, elektr sig‘imli va og‘irlik satx o‘lchagichlari yordamida o‘lchanadi. Og‘irlik satx o‘lchagichlarining qo‘llanilishi, bunkerni osib qo‘yish konstruktiv murakkabliklar keltirib chiqarmasa, mumkin hisoblanadi.

Rasm 6.8. Og‘irlik satx o‘lchagichlarining prinsipial sxemasi

Signal o‘zgartirgich sifatida xar xil tortish (toroz) qurilmalaridan foydalanish mumkin. Chegara yoqib-o‘chirgichlar signal o‘zgartirgich sifatida ishlatilishi mumkin. Bunker yuklanganda tayanch prujinalar siqilib, bunker vertikal bo‘yicha chiziqli siljiydi. Ma’lum satxga yetganda chegara yoqib o‘chirgichlar ishlaydi. Signal o‘zgartirgich sifatida messdozalardan (rasm 6.8) foydalanish mumkin. Bunda, bunker tayanchiga berilayotgan bosim o‘lchanadi. Bu bosim bunkerni material bilan to‘lishiga mos bosim bo‘ladi.


O‘lchov asbobi komplektiga, satx birligida graduirovkalangan manometr 3 bilan ulangan gidravlik messdoza 1 kiradi. Bunkerning bir tirsagi, egiluvchan membrana yordamida germetikalangan, porshenli metall korpus ko‘rinishidagi tayanch hisoblangan messdozaga bosadi. Messdoza-manometr tizimidagi bosim bunkerning va uni to‘ldirib turuvchi materialning og‘irlik kuchini, messdoza porsheni yuzasi nisbatiga teng.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling