1. Ta’lim va tarbiya metodologiyasi. Ziddiyat. Qonun va qonuniyat


Download 33.71 Kb.
bet1/9
Sana19.12.2022
Hajmi33.71 Kb.
#1033534
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ta’lim va tarbiya metodologiyasi. Ziddiyat. Qonun va qonuniyat. Dialektika qonunlari




2-MAVZU: Ta’lim va tarbiya metodologiyasi. Ziddiyat. Qonun va qonuniyat. Dialektika qonunlari


Reja:


Kirish.
1. Ta’lim va tarbiya metodologiyasi.
2. Ziddiyat. Qonun va qonuniyat.
3. Dialektika qonunlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish


Ta’lim jarayonining mazmun mohiyati. Ta’lim berish g‘oyatda murakkab va mas’uliyatli ish, buning dalili sifatida shuni aytish mumkinki, pedagogik ta’lim jarayonidagi rahbarlik rolini ta’minlashga urinish va harakatlarini saqlashga intilish o‘rtasidagi ta’limga xos dialektik ziddiyat aslida yuksalishning manbaidir.
Ta’lim maqsad, mazmun, o‘qituvchining shaxsi, talabalardagi dastlabki bilimlarning xarakteri, o‘qitishning moddiy – texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Bunda o‘qituvchi talabala ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o‘zining ko‘rsatmalari, yo‘naltiruvchi savollar, tegishli tushuntirishlari va hakozalar bilan ularning o‘quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi. Shunga ko‘ra ta’lim birinchidan, o‘qitish, ikkinchidan, o‘qitishni, ya’ni o‘qishni va shu bilan birga uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
Ta’lim ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysinadi va umumfalsafiy metodologiyaga muvofiq bu qonunlar ta’lim jarayoni bilan ancha kengroq ijtimoiy jarayonlar o‘rtasidagi umumiy, muhim zarur, barqaror aloqalardan, shuningdek, ta’limning alohida komponentalari, ya’ni uning maqsadi, mazmuni, shakli, usullari va uslublari o‘rtasidagi ichki bog‘lanishlardan iborat. Aniqlangan didaktik qonuniyatlardan qator asosiy talablar kelib chiqadi, ularga rioya qilish o‘qituvchining sifatli va samarali amalga oshiruvchini ta’minlaydi.
Ta’lim natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayoni ma’lum darajada kuchli motivlashtirishdan vujudga keladi va u shaxsning qarashlari, e’tiqodi hatti-harakatlari, umumiy kamolotiga, pirovardida esa uning xulqiga ta’sir etadigan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar majmuasining shakllanishiga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.


Download 33.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling