1. Tamaki mahsulotlari va ularning zarari Spirtli ichimliklar va ularning zarari. Giyohvandlik va salomatlik


Spirtli ichimliklar va ularning zarari


Download 27.85 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi27.85 Kb.
#1608353
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu

Spirtli ichimliklar va ularning zarari.

  • Hozirgi kunda er yuzida spirtli ichimliklar ishlab chiqarish asosiga qo’yilgan bo’lib, millionlab gektar erlar mahsus navli vinolar tayyorlanadigan uzumzorlarga aylantirilib, bu soha rivojlanishiga minglab laboratoriyalar, zavodlar, korxonalar jalb etilgan. Spirtli ichimliklar ishlab chiqarish esa xatto, ko’pgina davlatlar iqtisodining sezilarli qismini tashkil etadi. Ba’zi bir mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, er yuzida ishlab chiqarilayotgan spirtli ichimliklar faqat spirt holiga keltirilib, bir joyga to’plansa, to’rttala tomoni 50 km, ya’ni maydoni 250 ming gektar, chuqurligi 10 metr bo’lgan katta ko’lni hosil qiladi. Bu ulkan spirt ummonida O’zbekistan aholisining ham ulushi borligi shubhasiz.

  • Akademik I. P. Pavlovning o’tkazgan tajribalari shuni ko’rsatadiki, bosh miyada hosil bo’lgan reflekslar spirtli ichimliklar ta’sirida darrov bo’zilib ketar ekan. Demak, spirtli ichimliklar kishida ota-onalar, tarbiyachilar, pedagoglar va jamoatchilik ta’sirida shakllangan tarbiya elementlarini izdan chiqaradi. (Tarbiya - yaxshi odatlarni shakllantirish ham refleks harakteriga ega.) Shuning uchun ham, ota-bobolarimiz spirtli ichimliklarga baho berganda “o’zidan ham qilmishi yomon” deb juda to’g’ri baho berganlar.

Spirtli ichimliklarning zararlari
vaziyatni baholay bilmaslikdan hayotiy muhim masalalarni noto’g’ri hal qilish. Oilaviy, iqtisodiy, ma’naviy jihatdan ziyon ko’rish yoki muammolarni chigallashtirish;
odob doirasidan chiqib ketish natijasida hamsuhbatlarni hafa qilish, qarindoshlik, oshna-ogaynigarchilik, qo’ni-qo’shnichilik, do’stlik munosabatlariga raxna solish, o’zining xurmati va obro’sini yo’qotish;
hayo chegaralaridan chiqib ketishdan ahloqiy tubanlikka yuz tutish, OITS va shular kabi havfli tanosil kasalliklarni orttirib olish, oila asoslarining bo’zilishiga sharoit yaratish, giyohvandlar guruhlariga aralashib ketish;

Download 27.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling