1. Tamaki mahsulotlari va ularning zarari Spirtli ichimliklar va ularning zarari. Giyohvandlik va salomatlik


Giyohvandning namoyon bolish belgilari


Download 27.85 Kb.
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi27.85 Kb.
#1608353
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu

Giyohvandning namoyon bolish belgilari

  • 3. Unda to’satdan dori qutisiga, dorilar xaqidagi kitoblarga, shpritslardan foydalanish tartiblariga qiziqishlar paydo bo’la boshlaydi. Dorishunoslar hamda tabobat xodimlaridan tanish orttirishga harakat qiladigan bo’ladi. Go’yo tabobatga qiziqqandek yoki kishilarga tibbiy yordam berish ishtiyoqi bordek ukol urishni o’rganishga, ayniqsa, o’ziga-o’zi sanchishga harakatlar kuchayadi va u bularni tez o’zlashtirib oladi.

  • 4. “Dori”larga o’rgangan giyohvand-o’smir endi asossiz ravishda ortiqcha pul sarflay boshlaydi. Buning uchun u oilaga bozor, do’kon harajatlari uchun bergan pulingizdan chegirib qolishga, uydan u-bu narsalarni chiqarib sotish, o’g’irlash va xatto, katta jinoyatlarga qo’l urishgacha borib etadi.

  • 5. Giyohvandning xulqi, fe’li, odatlari ham o’zgarib boradi. Kayfiyati tez o’zgaruvchan bo’ladi. Ba’zan yaxshi kayfiyatda bo’lib, ortiqcha ezmalik va xatto, tentaqlik ham qilishi mumkin. Bunday vaqtlarda u badjaxl, gap ko’tarmaydigan, xatto, atrofdagilarga nafratli va tajovuzkor ham bo’lishi mumkin.

  • 6. Giyohvand dori ta’sirida bo’lgan vaqtda uyqusiragan yoki endigina uyqudan uyg’ongan odamga o’xshaydi. Dorining ta’siri kuchliroq bo’lganda undagi barcha ruhiy odatlar juda sekinlashadi. Atrofidagi voqea va hodisalarga deyarli munosabat bildirmaydi yoki munosabatlari juda kechikkan, shuningdek, undan savollarga tegishli javob olish uchun juda qattiq gapirish yoki savolni bir necha marotaba takrorlash kerak bo’ladi. Bunday vaqtlarda u og’ip karaxtlik holatiga tushib qolganligi uchun kuchli og’riq chaqiruvchi ta’sirlarga faqatgina aftini bo’zish yoki salgina ingrash bilan javob qaytarishi mumkin.

Giyohvandlarga aralashgan o’smirning maktabga, o’qishga munosabati o’zgarib boradi. Asossiz sabablar bilan uyga kech keladi. Qaerda, kimlar bilan bo’lganini yashirishga harakat qiladi. Unda kelib chiqishi, tarbiyasi noma’lum tanishlar paydo bo’la boshlaydi. Odatda bu tanishlar “o’tirib-chiqqan”, hech erda ishlamaydigan yoki palapartish turmush kechiruvchilar bo’ladilar. O’smir ko’proq ovloq joylarda - hovlining odamlar kam o’tib qaytadigan joylari, bolaxona, ertula (podval) ko’prik ostlari kabi joylarda ko’proq yuradi.
2. O’qishga, uy vazifalarini tayyorlashga qiziqmay qo’yadi. Kundalik mashg’ulotlarga tegishli o’quv qurolarini umuman bilmasligi mumkin. Ba’zan maktabga bitta, ikkita daftar bilan borib-kelishi mumkin. Uyda derazadan, kuchadan har doim qandaydir sirli chaqiriqlar kutadi. Kiyinishga, ozoda yurish-turishga mutlaqo e’tibor bermay qo’yadi.

Download 27.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling