1. Tamaki mahsulotlari va ularning zarari Spirtli ichimliklar va ularning zarari. Giyohvandlik va salomatlik


Tamaki va uning mahsulotlari tarkibi


Download 27.85 Kb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi27.85 Kb.
#1608353
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu

Tamaki va uning mahsulotlari tarkibi


  • Tamaki va uning mahsulotlari tarkibida 400dan ortiq kishi organizmi va a’zolariga ziyon keltiruvchi moddalar borligi aniqlangan. Bulardan eng havflilari quyidagilar:

  • Uglerod gazi (S02): qondagi eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, ularning kislorodni qabul chilish va to’qimalarga olib borish imkoniyatini kamaytiradi. To’qimalarga kislorod borishining kamayishi u erdagi modda almashinish jarayonlarini izdan chiqaradi. Oqibatda, modda almashinishining bo’zilishi bilan bog’liq kasalliklar — tomirlarda-ateroskleroz, bo’g’imlarda-poliartrit, ichki a’zolar faoliyatining izdan chiqishi, organizmla chiqitlarning to’planib qolishi kabilarga sharoit yaratiladi.

  • Mum qoldiqlari: tamaki yonishidagi tutundan hosil bo’lib, u bronxlar va o’pka yo’llarining ichki devorlariga o’tirib, shu erdan qonga so’riladi va organizmga tarqaladi. Shu bilan birga, o’pkaning asosiy vazifasi - badanni, ichki a’zolarni kislorod bilan ta’minlanishini qiyinlashtirib boradi. Organizmda umumiy kislorod etishmasligiga sabab bo’ladi. O’pka to’qimalariga bevosita ta’sir etib, rak hujayralarining paydo bo’lishini tezlashtiradi.

  • Nikotin: tamakining eng zaharli va havfli ta’sir ko’rsatuvchi mahsuloti. U asablar tizimiga ko’zg’atuvchi ta’siri bilan biz yuqorida aytib o’tgan oqibatlardan tashqari, qon-tomirlarini, jumladan yurakning o’zini qon bi­lan ta’minlaydigan tomirlarni ham siqilib turish vaqtini ko’paytiradi. Natijada, yurak mushaklari kam kislorodli va ozuqali sharoitda ishlashga majbur bo’ladi. U charchaydi, toliqadi. Oqibatda, stenokardiya (yurak xuruji) va yurak infarkti holatlari vujudga keladi.

Tamaki mahsulotlarining kishi organizmiga va uning turmushiga ziyoni quyidagilardan iborat:


  • —o’limning darajasi cheqilgan sigaretalar soni bi­lan barobar ortib boradi va chekuvchilar o’rtasidagi o’lim ko’rsatkichi chekmaydiganlarga qaraganda 30-50 foiz yuqori bo’ladi;

  • —rak kasalliklaridan o’lish ko’rsatkichi chekmaydiganlarga nisbatan chekadiganlarda 20 foiz ko’p uchraydi, o’pka raki bilan og’riganlarning 95 foizi chekuvchilar bo’lganlar, shuningdek, chekish (nos ham) og’iz bo’shlig’i, tomoq, xalqum, qizilo’ngach rakining asosiy sababchisi;

  • —kishi bitta sigareta chekkanda qon-tomirlarining siqilib turish vaqti oshib, yurakning urishi 15-20taga ko’payadi;

  • yurak infarktlari, stenokardiya kasalliklari che­kuvchilar orasida chekmaydiganlarga qaraganda 12-15 marotaba ko’p. 35-40 yoshgacha infarktga uchraganlarning 80 foizi sigaretalarni o’smirlikdan chekkanlar hisoblanadilar;

  • —har ettinchi chekuvchi, albatta, qon tomirlarini tiqilishi — obletiriruyushiy endoartrit bilan og’riydi (bu kasallikda ko’pincha oyoq tizzadan yoki undan pastroqdan kesib tashlanadi), oshqozon yarasi esa chekuvchilarda 10 marotaba ko’p uchraydi;

  • —kashandalik mushaklar kuchi va tezkorligini kamaytiradi, xotirani susaytiradi.


Download 27.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling