1. Tamaki mahsulotlari va ularning zarari Spirtli ichimliklar va ularning zarari. Giyohvandlik va salomatlik


Download 27.85 Kb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi27.85 Kb.
#1608353
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu

. Zararli odatlardan halos bo’lish.

  • Har qanday sharoitda ham zararli odatlarga qarshi ko’rash asosan ikkita yo’nalishda olib boriladi. Birinchisi, umumiy tadbirlardan iborat bo’lib, bular kishilar salomatligiga zararli ta’sir ko’rsatuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish, uning savdosi va reklamasini chegaralash, aholi o’rtasida ularning zararini tushuntirishga qaratilgan ishlarni yo’lga qo’yish. Bu uslub aholining ongli va mulohazali qatlamlari uchungina ta’sirli bo’lishi mumkin. Har holda hayotiy haqiqat shundan dalolat beradi.

  • Zararli odatlarga qarshi kurash yo’lidagi ikkiichi tadbir - bu shaxsiy harakatlap majmuidan iborat bo’lib, bu har bir kishining zararli odatlarga munosabati, kashanda, ichkilikboz, giyohvandlarning o’zlaridagi zararli odatlardan halos bo’lishlari yo’lidagi harakatlardan iborat. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida biz uchun ana shu ikkiichisi muhimroq. Sababi, muammo qanchalik jahonshumul ahamiyat kasb etmasin, u bilan qanchadan-qancha nufuzli tashkilotlar, tizimlar va xatto, davlatlar shug’ullanmasin, bu masalada kashanda, ichkilikboz, giyohvandning o’zidan boshqa biron kishi, mutaxassis yoki jamiyatning harakat va urinishlaridan natija chiqmaydi. Shuning uchun bu ishni, eng avvalo, har bir kashanda, ichkilikboz va giyohvandning o’zi o’ylab, o’zining hayoti, turmushi, oilasi va sog’ligining muhimligi nuktai-nazaridan masalani hal qilishi kerak. Buning uchun esa kishiga ong-mulohaza, oqilona qaror, yashash va sog’lom bo’lish uchun kuchli xohishning bo’lishi nihoyatda muhim. Bunday mulohazalari bo’lmagan kishini bu yo’ldan qaytarish qiyin.

Demak, zararli odatlardan halos bo’lish yo’lidagi hapakatning eng birinchi talabi - o’z hayoti va sog’ligi to’g’risida ongli mulohaza yurita bilish.
Demak, zararli odatlardan halos bo’lish yo’lidagi hapakatning eng birinchi talabi - o’z hayoti va sog’ligi to’g’risida ongli mulohaza yurita bilish.


Giyohvandlik—turli xil giyoh moddalari ya‘ni, narkotiklar ta‘siriga odam organizmining o`rganib qolishi natijasida yuzaga keladigan og`ir kasallikdir.
Giyohvandlikning xalqaro atamasi narkomaniya deyilib, bu so`z yunoncha «narke» — karaxtlik, harakatsizlik, «maniya»-aqldan ozish ma‘nosini anglatadi. Chunonchi, narkotik moddani qabul qilgan odam karaxt bo`lib, harakatsizlanib fikrlash, aqliy faoliyat qobiliyatlarini yo`qotadi.
Odam organizmining biologik xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u ba‘zi moddalarni ketma-ket, bir necha marta qabul qilishi natijasida ularning ta‘siriga o`rganib qoladi. Oqibatda, u mazkur moddani muntazam ravishda qabul qilib turishga intiladi, bu moddani qabul qilmagan paytda o`zini yomon his etadi, ya‘ni odam bu moddaga nisbatan mu‘te bo`lib qoladi.
Odam organizmining o`rganib, mu‘te bo`lib qolish xususiyati ayniqsa narkotik moddalarga nisbatan kuchli bo`ladi. Buning oqibatida odamda giyohvandlik (narkomaniya) kasalligi vujudga keladi. Shuningdek, spirtli ichimliklarga o`rganib qolish tufayli piyonistalik (alkogolizm), tamaki (sigaret)ga, nosga o`rganib qolish natijasida kashandalik holatlari yuzaga keladi.
XX asrning oxirgi choragida avj olgan giyohvandlik XXI-asrning vabosiga aylanib borayotgani birlashgan millatlar tashkilotining 1998 yilning iyun oyidagi sessiyasida e`tirof etildi va bu ijtimoiy illatga qarshi kurashni kuchaytirish bo`yicha qaror qabul qilindi.Shu bois hozirgi kunda jahon mamlakatlari, jumladan O`zbekiston Respublikasi keng jamoatchiligi oldiga qo`yilgan eng dolzarb muammolardan biri giyohvandlikning oldini olishdan iboratdir.

Download 27.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling