1. Tanlangan sport turlarini nazariy va amaliy ahamiyati
To‘g‘ri bajarishni baholash, xatolarni tuzatish
Download 375.44 Kb.
|
маъруза 6(2)
To‘g‘ri bajarishni baholash, xatolarni tuzatishSport texnikasini o‘rgatish va takomillashtirish jarayonida to‘g‘ri bajarilishni muttasil baholab, xatolarni aniqlab va ularni tuzatib borish muhimdir. Shug‘ullanuvchilar o‘z xato va kamchiliklarini ko‘ra bilishlari muvoffaqiyatli o‘rgatishning muhim sharti hisoblanadi. To‘g‘ri bajarishni baholashda aniq seza bilishning muhim ahamiyati bor. Bu esa shug‘ullanuvchilarning mashq jarayonida yaxshilana boradi. Yengil atletik turlari texnikasining to‘g‘ri bajarilishini analiz qilishda ikkita analizator – ko‘rish va harakatlantirish analizatorlari – hal qiluvchi ahamiyatga egadir. O‘z harakatlarini va texnika elementlarini nazorat qilishning eng yaxshi yo‘li ko‘zguda nazorat qilishdir. Kinohalqalarni ko‘rib chiqish to‘g‘ri bajarishni nazorat qilishning juda yaxshi vositasi hisoblanadi. O‘z harakatlarini ekranda ko‘p martalab kuzatish natijasida o‘quvchilar takomillashgan texnikaga tezroq erishadilar. Yo‘lkada qoldirilgan izdan harakatning qancha to‘g‘ri bajarilganini ma’lum darajada bilish mumkin. Masalan, yuguruvchi, tepsinish kuchi har xil bo‘lishi natijasida qadamlar uzunligi o‘zgarishini, qadamlarning simmetrikligini, oyoqni yerga qo‘yganda oyoq tagi qanday qo‘yilganligini aniqlay olishi mumkin. Yo‘lkada qoldirilgan izdan g‘ov osharlar ham, sakrovchilar ham, uloqtiruvchilar ham ko‘p narsalarni bilib olishlari mumkin. Ayrim texnika kamchiliklarini, ayniqsa kuch ko‘rsatishga mansub texnika kamchiliklarini aniqlashda o‘quvchi mashqlarni har xil ijro etganda (maksimal kuch berganda, unchalik kuch bermay va hokazo), uning harakati natijalarini (yugurish tezligini, uloqtirish uzunligini va hokazo) o‘lchash katta rol o‘ynaydi. Ijro to‘g‘riligini avvalo o‘quvchining o‘zi baholashi kerak. O‘z fikrini aytishi kerakligini oldindan bilgani uchun, o‘quvchi harakatlarning bajarilishiga va ularning analiziga e’tibor bilan qaraydi. Bu bilan shug‘ullanuvchilarning faolligi ham ortadi. Lekin, hal qiluvchi rol bari bir o‘qituvchining pedagogik mahoratida, uning o‘rgatishni tashkil qila olish, eng yaxshi vosita va metodlarni qo‘llash, xatolarni oldinroq bilib, ularni bartaraf qila olish qobiliyatidadir. O‘qituvchi ijro to‘g‘riligini 10–15 m masofadan kuzatib boradi. Bu unga harakatni yaxshiroq ko‘ra olish imkonini beradi. O‘quvchilar harakatining to‘g‘riligini aniq baholash, undagi xatolarni topish uchun, ko‘p martalab kuzatish kerak. Avvalo harakatning umumiy chizmasi to‘g‘rimi yo‘qmi ekanini aniqlab, keyingi kuzatishlarda esa, elementlarning to‘g‘ri bajarilishiga e’tibor berish kerak. Keyinchalik texnikaning ayrim qismlariga diqqat qilinadi. Xatolarni ko‘rganda, ularning sababini aniqlash kerak. Xatolar birinchi galda harakat haqidagi tasavvur noto‘g‘ri, noaniq bo‘lganidan kelib chiqishi mumkin. Buni aniqlash qiyin emas. Buning uchun o‘quvchidan noto‘g‘ri bajarayotgan harakatlarini qanday tasavvur qilayotganini so‘ralsa kifoya. Odatda, avtomatlashgan tarzda o‘tadigan harakat qismlariga o‘quvchining ongli ravishda aralashishi ham xatolarga sabab bo‘ladi. Shuningdek, o‘rganuvchining ortiqcha hayajonlanishi hatto yetarli darajada mustahkam o‘zlashtirilgan harakatda ham xatoga olib kelishi ma’lum. Bu ko‘proq tomoshabinlar oldida hamda o‘quvchi maksimal natija ko‘rsatishga intilishi natijasida bo‘ladi. Ayrim harakatlardagi xatolar, harakatning oldingi qismi noto‘g‘ri bajarilgani sababli ham hosil bo‘ladi. Masalan, yadro itqitish noto‘g‘ri boshlanishi yadroni turtib yuborish vaqtida xatoga olib keladi, langarcho‘p bilan sakrashda planka ustidagi xato harakatlar ko‘pincha yugurib kelish masofasini noto‘g‘ri belgilash orqasida hosil bo‘ladi va hokazo. Agarda bir vaqtda yo‘l qo‘yiladigan 2–3 xato sezilib qolsa, asosiy xatoni aniqlash kerak, chunki uni tuzatish bilan qolgan kamchiliklar ham bartaraf bo‘lishi mumkin. Nihoyat, shug‘ullanuvchilarning charchashi, shuningdek, jismoniy tayyorgarligi yetarli emasligi natijasida ham harakatlar noto‘g‘ri bajarilishi mumkin. Noto‘g‘ri o‘rgatish orqali, noto‘g‘ri o‘rganish qanchadanqancha besamar mehnat sarf- xarajatlarga olib kelishini ko‘plar bilmasa kerak. O‘quvchilarning harakatlaridagi xatolarni tuzatish uchun quyidagi metod va yo‘llardan foydalanish mumkin. Avvalo xatolarni tuzatishning tabiiy metodini esda saqlash kerak. Bu metod bilan odatda, o‘zining tabiiyligi tufayli to‘g‘ri bajariladigan, lekin ayrim sabablarga ko‘ra vaqtincha xato bajarilayotgan harakatlar to‘g‘rilanadi. Masalan, yugurish texnikasini buzgan yangi shug‘ullanuvchilarga 300–500 m ga tinch suratda yugurishni davom ettirish tavsiya qilinadi. Bir qadar charchab qolganlari natijasida ular ko‘proq tejamli va ancha to‘g‘ri harakat qila boshlaydilar. Xatolarni tuzatish uchun, yaxlit harakatdan xato bajarilayotgan detalni ajratib olib, uni bir necha marta to‘g‘ri bajariladi. O‘rgatayotganda xatolarni tuzatish uchun o‘ta e’tibor bilan bajarishni ham qo‘llash mumkin. Xatolar ma’lum harakatni oshirilgan doirada, yuqori tezlikda ortiqcha kuchlanish bilan, ortiqcha bo‘shashish bilan va boshqa vositalar orqali bajarish bilan tuzatiladi. Masalan, o‘rtacha tezlik bilan yugurish vaqtida, yo‘lkaga oyoqni sust qo‘yishni yo‘qotish uchun «sidiruvchi» harakatga o‘ta e’tibor berish tavsiya qilinadi; yadroni kichik uchib chiqish burchagi hosil qilib itqitish odat bo‘lib qolsa, uni tuzatish uchun yadro ataylab yuqorilatib itqitiladi; yugurish vaqtida o‘quvchi qo‘lini butunlay to‘g‘ri tutib yugurmasligi uchun, qo‘llarni ortiq darajada bukib yuguriladi; harakatlar bemalol bajarilishiga erishmoq uchun, mashqlar juda ham bemalol bajariladi. Bu yerda gap texnikaning bir elementini boshqasi bilan to‘la almashtirish ustida emas, balki noto‘g‘ri harakatni tuzatish haqidadir. O‘ta e’tibor bilan bajarishda mustahkam malaka hosil qilib bo‘lmaydi. Download 375.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling