1-Tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tarbiya tushunchasi. Tarbiya


Tarbiya jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega


Download 105.46 Kb.
bet18/20
Sana24.03.2023
Hajmi105.46 Kb.
#1292220
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Tarbiya fanidan savol javoblar

Tarbiya jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati aniq maqsadga yo’naltirilganligidir.

Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yo’li zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.

Tarbiya jarayoni o’ziga xos xususiyatlar


Tarbiya jarayoni ko’p qirrali jarayon bo’lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashkil (sub’ektiv va ob’ektiv) omillar ko’zga tashlanadi. Sub’ektiv omillar shaxsning ichiki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, ob’ektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo’nalishi va shakli obektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunday muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o’qituvchi faoliyati, balki o’quvchining yosh va psixologik shaxsiy xususiyatlari, o’y-fikrlari, hayotiy qarashlari hami muhim o’rin tutadi.

Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko’zga tashlanmaydi. O’zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o’zida, turli-tuman qarashlar mavjud sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o’rin tutadi. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo’ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o’quvchilik yillarida shaxsga to’g’ri tarbiya berish lozimligini talab etadi.

Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Ta’lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu – o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O’quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo’naltirilgan, bir-birini to’ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o’tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.


Download 105.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling