1. Tarbiya jarayonining mohiyatini qisqacha tavsiflang. Tarbiya maqsadi nimadan iborat?


Tarbiyada insonparvarlik prinsipi


Download 91.32 Kb.
bet13/13
Sana04.04.2023
Hajmi91.32 Kb.
#1323546
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-mavzu

Tarbiyada insonparvarlik prinsipi. Ushbu prinsip tarbiyalanuvchi shaxsiga nisbatan talabchanlik va hurmat bilan yondashishni talab qiladi. Jumladan, tarbiyalanuvchilarga nisbatan talabchanlik ularning yosh va individual xususiyatlariga mos bo‘lishi bilan birgalikda, oqilona va puxta o‘ylab ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Tarbiyalanuvchiga ruhiy azob va jismoniy jazo bermaslik ham ushbu prinsipning asosiy oidasi sanaladi.
Tarbiyalanuvchilarga xususiy yondashuv. Eramizdan avvalgi davrda Qadimgi YUnonistonda faylasuf-pedagoglar tarbiyada yosh va individual psixologik xususiyatlarni hisobga olib tarbiya metodlarini qo‘llashni bilishgan hamda tarbiya jarayonida buni e’tiborga olishgan. So‘nggi yillarda pedagoglar va psixologlarning tadqiqot natijalariga ko‘ra, tarbiya jarayonida nafaqat yosh va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olishni, balki tarbiyalanuvchilarning o‘ziga xosligini hisobga olib tarbiya jarayonini tashkil qilish kerakligi ta’kidlanadi. Tarbiyalanuvchiga xususiy yondashuv, deganda tarbiyalanuvchining hayotiy ko‘rsatmalari, qiziqishlari, orzulari, maqsadlari, biror xatti-harakatga keltiruvchi motivlari kabilardir. Demak, tarbiyachi tarbiya jarayonini tashkil qilishda tarbiyalanvchilarning yuqoridagi jihatlarini ham hisobga olishi muhimdir.
Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi. Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi deganda, oila jamiyat va ta’lim muassasasining shaxs tarbiyasida maqsadlarining birligi tushuniladi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Tarbiya jarayonining mohiyatini qisqacha tavsiflang.

  2. Tarbiya maqsadi nimadan iborat?

  3. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

  4. Tarbiya jarayonida qanday vazifalar hal etiladi?

5. Tarbiya jarayoni qanday qonuniyatlar asosida kechadi?
6. Tarbiya jarayoni qanday prinsiplar asosida tashkil etiladi?


Авлоний, Абдулла. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. – Тошкент, Ўқитувчи, 1992

Download 91.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling