1. Tarbiya jarayonining mohiyatini qisqacha tavsiflang. Tarbiya maqsadi nimadan iborat?
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzluksizligi
Download 91.32 Kb.
|
4-mavzu
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Ta’lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu – o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. SHu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Bolani tarbiyalashda maktab etakchi o‘rin egallasa ham, bolalarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o‘tkaza olmaydi, chunki, bolalar ma’lum muddatgina ta’lim muassasasida, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo‘lib, qolgan vaqtining asosiy qismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida o‘quvchilar ta’lim muassasasi o‘qituvchisi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasasida bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratida uzoqlashadilar. O‘quvchilarga nisbatan ta’lim muassasasining ta’sirini susaytirmaslik maqsadida sinfdan, maktabdan tashqarida va ta’til davrida ham tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor beriladi. Ana shu maqsadda bir qator tarbiyaviy ishlar olib boriladi. Ayni vaqtida respublikada o‘quvchilarning ta’lim muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qo‘shimcha ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar xususiy fanlar hamda xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishlari, texnik va badiiy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlari mumkin. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan tarli yo‘nalish va mavzulardagi uchravshuvlar, ko‘rgazmalar, ko‘riklar, suhbatlar o‘quvchilarning tafakkurini boyitishda, ularda mustahkam xaraktar va irodani tarkib toptirishda muhim o‘rin tutmoqda. Download 91.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling