Modemlarda ma'lumotlarni uzatish va ularni o'zgartirish qabul qilingan bayonnomalarga mos ravishda bajariladi.
Ma'lumotlarni uzatish bayonnomasi — bu ma'lumotlar shaklini va ularning aloqa kanalida uzatish jarayonlarini reglamentlovchi (tartiblovchi) qoidalar to'plamidir. Bayonnomada, xususan, quyidagilar ko'rsatilishi mumkin: ma'lumotlar qanday tasvirlanadi, ma'lumotlarni uzatishni tezlashtirish va himoya qilish maqsadida qanday modulyatsiya turi tanlanadi, kanal bilan ulanish, kanalda amaldagi shovqinlarni bartaraf еtish va ma'lumotlarni uzatishning ishonchliligini ta'minlash qanday bajariladi.
Standart odatda o'z ichiga bayonnomalar to'plamini oladi, kam hollarda bitta bayonnomani oladi.
Modemlar uchun ma'lumotlarni uzatish bayonnomalari soxasidagi rasniy qonunchi telegraf va telefoniya bo'yicha Xalqaro maslahat kengashidir — TTXMK (ko'pincha adabiyotda uning francuzcha abbreviaturasi — CCITT uchraydi). Bu kengash yaqinda telekommunikatsiya Xalqaro instituti deb qayta nomlangan (GSH — International Telecommunikation Union).
Amalda ma'lumotlarni uzatishning barcha modemli standartlari bu tashkilot tomonidan belgilangan; ulardan еng rining tavsiflari 4-jadvalda keltirilgan.
3.2. Telefonli aloqa kanalari bo'yicha ma'lumotlarni
uzatish bayonnomalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |