1. Tashqi fotoeffektga asoslangan priyomniklar Fotoelementlar (FE)
Download 358.52 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Tashqi fotoeffektga asoslangan priyomniklar Fotoelementlar (F
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Fotorezistorlar 7. Fotodiodlar 8. Galvanik fotoelementlar 9. CCD detektorli priyomniklar
- 1. Tashqi fotoeffektga asoslangan priyomniklar.
9-10-ma’ruzalar. Tashqi fotoeffektga asoslangan nurlanish priyomniklar Reja: 1. Tashqi fotoeffektga asoslangan priyomniklar 2. Fotoelementlar (FE). 3. Fotokatodlarning turlari va ularning spektral sezgirligi. 4. Fotoelektron ko‘paytgich (FEK). 5. Ichki fotoeffektga asoslangan priyomniklar 6. Fotorezistorlar 7. Fotodiodlar 8. Galvanik fotoelementlar 9. CCD detektorli priyomniklar Hozirgi zamon fotoelektrik nurlanish priyomniklari, fotoelementlar, fotoelektron ko‘paytgich, elektrooptik almashtirgichlar, tashqi fotoeffekt hodisaga soslanganlar. Bu hodisa manfiy zaryadlangan plastina intensiv yorug‘lik nuri bilan yoritilganda zaryadsizlanishida nomoyon boladi va elektron tabiatga ega. Yorug‘lik fotonlari plastinadan elektronlarni urib chiqaradi va plastina zaryadsizlanadi (tashqi fotoeffekt) yoki elektronlar ozod holatga chiqmasdan elektr tashuvchilar safini ko'paytirishi yoki o‘tkazgichning elektrik qutblanishini kuchaytirishi (ichki fotoeffekt) mumkin. Ajralgan elektronlar sonini tushayotgan yoruglik miqdoriga qat’iy proporsionalligi yorug‘lik oqimini oMchashda fotoeffektni qo'llashga asos boladi. 1. Tashqi fotoeffektga asoslangan priyomniklar. Tashqi fotoeffektni 1905 yilda A.Eynshteyn tushuntirib berdi. Elementar fotoelektrik jarayonda yutilgan kvant energiyasi (hv) ning bir qismi elektronni plastinadan urib chiqarish uchun chiqish ishi (P) sifatida sarf bo‘lsa, qolgan qismi elektronga kinetik energiya (mv 2 /2) sifatida beriladi, ya’ni Bu fotoeffekt yoki Eynshteyn formulasi deb ataladi. Elektronni metalldan urib chiqarish uchun zarur bo‘lgan energiya (fotoeffektda chiqish ishi) P=hv 0 fotoeffekt bera oladigan eng kichik chastotali v 0 kvantni belgilaydi. Ya’ni, chastotasi v 0 bo‘lgan barcha kvantlar berilgan metalldan elektron ajrata oldi. Chiqish ishi elektronvoltlarda (eV) beriladi va chegaraviy chastota v 0 ga mos keladigan tolqin uzunligi 0 =1239,8/P nm dan topiladi. Ishqor metallar Li, Na, K, Rb, Cs eng kam (2,5 dan 1,8 e V gacha) chiqish ishi bilan xarakterlanadi. Bulardan Li uchun chiqarish chegarasi 0 =490 nm, seziy uchun esa 690 nm ga to‘g‘ri keladi. Biroq bu chegara yaqinida metallning nur «sezishi» juda past va kvant chiqishi 10 -8 ga teng va qisqa tolqinlar tomon u tez sur’atlar bilan orta boradi va ultrabinafsha nurlarda 0,1 ga etadi. Litiy (Li) uchun sezish maksimumi 280 nm va seziy (Cs) uchun — 550 nm ga to‘g‘ri keladi. Tashqi fotoeffektga asoslangan priyonmiklammg nur sezuvchi qatlamida ro‘y beradigan jarayonlar bilan tanisliib chiqaylik. Tashqi fotoeffektga asoslangan nurlanish priyomniklatining bir necha turi qo‘llaniladi, ulaming barchasi metall katod sirtiga nurlanish tushganda undan ajralib chiqadigan fotoelektronlar hosil qiladigan elektr tokni o‘lchash imkonini beradi. Download 358.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling