1. Tashqi fotoeffektga asoslangan priyomniklar Fotoelementlar (FE)


Download 358.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi358.52 Kb.
#1590869
1   2   3
Bog'liq
1. Tashqi fotoeffektga asoslangan priyomniklar Fotoelementlar (F

4.5-rasm. Surma-seziy (chapda) va kislorod-seziy (o‘ngda) katodlar sirtining 
tuzilishi (pastda) va ularmng spektral sezgirligi (yuqorida). 
Spektral sezgirlik diapazonining kengligi bo‘yicha kislorod-seziy fotokatodlar 
alohida o‘rin egallaydi. Bunday katodli FE lar 300 nm dan 1200 nm gacha 
nurlanishni seza oladi. Ular kumush asosga surilgan seziy oksidi, seziy va kumush 
birikmasidan tuzilgan qatlamga ega. Bunday FE laming sezgirligi, umuman olganda, 
past. Hozirgi zamonda ko‘p ishqorli fotokatodlar ishlab chiqilgan, ularda surma 
qatlamning sezgirligi seziy, natriy, va rubidiy aralashmasini qo‘shish natijasida 
kuchaytirilgan. Bunday FE laming kvant chiqish soni 10% gacha yetadi va spektral 
sezgirligi 300 nm dan 800 nm gacha oraliqni o‘z ichiga oladi. 
FE laming spektral sezgirligi fotoemulsiyaniki singari aniqlanadi. Masalan, u 1 
µa fototok hosil qilish uchun zarur bolgan nurlanish oqimi (F.) quwatiga teskari 
miqdor bilan belgilanadi. Agar FE ga tushayotgan Fx monoxromatik oqim ta’sirida 
i fototok hosil bo‘layotgan bo‘lsa, u holda FE ning spektral sezgirligi S

= i/F


Odatda, fototok mikroamperlarda oqim quwati esa, mikrovattlarda ifodalangani 
uchun spektral sezgirlik µа/µvt larda beriladi. 
4. Fotoelektron ko‘paytgich (FEK). Fotoelektron ko‘paytgich ikkilamchi elektron 
emissiyasi hodisasiga asoslangan. Agar fotokatoddan ajralgan elektronlar elektr 
maydon yordamida tezlashtirilib boshqa katodga (dinodga yoki emmiterga) 
tushirilsa, ulaming har biri dinoddan bir necha (o‘ntagacha) elektron urib chiqarishi 
mumkin. Dinoddan ajralgan bu elektronlar to'dasi anodga tomon uchadilar, chunki 
anod bilan dinod orasida yo'naltiruvchi va tezlashtiruvchi elektr maydon mavjud. 
Bunday bir bosqichli FEK da fototok o‘n martagacha kuchayadi. Agar dinoddan 
ajralgan elektronlar to‘dasini tezlatib ikkinchi emitterga tushirsak va undan ajralgan 
elektronlar oqimini tezlatib uchinchi emitterga yo'naltirsak va hokazo, hammasi 
boMib 7 ta yoki 9 ta emitterdan o‘tgan kuchli elektronlar oqimi anodga tushirilsa 
FEK da fototok 10
7
yoki 10
9
marta oshadi. Bunday asbob ko‘p bosqichli FEK deb 
ataladi. Bosqichlar (kaskadlar) orasida elektronlar oqimini o‘n martaga kuchaytirish 
uchun ular orasida potensiallar ayirmasi 600 volt bo’lishi kerak. 
Bunda qorong‘ilik toki ham kuchayadi va uning kuchayish darajasi potensiallar 
ayirmasiga bog’liq. Potensiallar ayirmasi qancha yuqori bo‘Isa, qorong'ilik toki 
shuncha ko‘p kuchayadi va aksincha. Kaskadlar sonini ko‘paytirib, (n= 14) ular 
orasidagi potensiallar ayirmasini 100-120 volt qilib ham fototokni 10
6
-10
9
marta 
kuchaytirish mumkin. 


4.6-rasm. To‘qqiz bosqichli fotoelektron ko‘paytgich. 
Sezgirlik 100-1000 a/lm bo‘lganda, qorong‘ilik toki i= 10
-9
a atrofida bo'lsa, 
yetarli boladi. Yaxshi FEK larda (masalan, Angliyada ishlab chiqarilgan EMI 6685) 
katodida qorong‘ilik toki i= 10
-18
a va u 10
9
marta kuchaytirilganda, unga 10 
-9
a tok 
kuchi to‘g‘ri keladi. Yuqorida ko’rilgan D= 33 sm teleskopga o‘rnatilgan 10 
6
marta 
kuchaytiruvchi FEK ning chiqishida m= 10
m
kattalikdagi yulduzdan i= 10
-8
a tok 
hosil boladi va uni qayd qilish mumkin. 
FEK da hosil bolgan tok kuchi (i) bilan yoritilganlik (E) orasida chiziqiy 
boglanish mavjud. Bu boglanish keng yoritilganliklar diapazonini o‘z ichiga oladi. 
Biroq, juda katta yoruglik oqimlarida chiziqiy boglanish buziladi va FEK 
«charchaydi», hatto ishdan chiqishi ham mumkin. Shuning uchun FEK da fototokni 
lµа (ayrim nozik hollarda 0,01 µа) dan oshirmaslikka harakat qilinadi, ya’ni 
fotokatodga tushayotgan nurlanish oqimi kamaytiriladi. Qorong‘ulik tokini 
kamaytirish maqsadida FEK past (-50 --- -100 C) temperaturagacha sovitiladi. 
Bunda suyuq azot qo‘llash mumkin. 

Download 358.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling