1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
) 2-grafa. “Eksportchi/yukni jo‘natuvchi”
Download 1.91 Mb.
|
2773 06.04.2016
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2) 8-grafa. “Importchi/yukni qabul qiluvchi”.
1) 2-grafa. “Eksportchi/yukni jo‘natuvchi”.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan yoki ushbu hududga olib kirilib boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan (erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi bundan mustasno) tovarlar bo‘yicha ushbu grafa mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandiga muvofiq to‘ldiriladi. O‘zbekiston tovarlarini boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirishda grafada mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandida belgilangan tartibda tovarlarni boj olinmaydigan savdo do‘koni egasiga yetkazib bergan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi; 2) 8-grafa. “Importchi/yukni qabul qiluvchi”. Ushbu grafada mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandida belgilangan tartibda boj olinmaydigan savdo do‘koni egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi; 3) 49-grafa. “Ombor nomi”. Mazkur grafada boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya raqami va sanasi ko‘rsatiladi. 15-bob. Tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashda va tovarlarni qayta ishlashdan so‘ng qaytarib olib kirishda BYuDni to‘ldirish §-1. Tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashda BYuDni to‘ldirish Oldingi tahrirga qarang. 69. Tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 17, 17a, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 48, 49, 50, 54, “S”. (69-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son) Oldingi tahrirga qarang. 70. BYuDning 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 17, 17a, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 39, 40, 41, 43, 44, 46, 47, 48, 49, 54 va “S” grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandiga muvofiq to‘ldiriladi. (70-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son) Oldingi tahrirga qarang. 71. BYuDning 42, 45, 50-grafalarining to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: (71-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son) Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling