1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


Download 1.91 Mb.
bet57/90
Sana08.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1754896
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90
Bog'liq
2773 06.04.2016

2) 45-grafa. “Bojxona qiymati”.
Grafaning o‘ng bo‘lmasida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasidagi bojxona qiymati ko‘rsatiladi.
Qayta ishlash mahsulotlarini olib kirishda bojxona qiymati tarkibida qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalar qiymati ham hisobga olinadi.
Bojxona qiymati O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullariga muvofiq hisoblanadi.
Bojxona qiymati matematik qoidalarga ko‘ra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
3) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Grafada 45-grafada keltirilgan bojxona qiymati asosida hisoblangan tovarlarning statistik qiymati ming AQSh dollarida ko‘rsatiladi. Statistik qiymat matematik qoidalarga ko‘ra verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatni hisoblashda BYuD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs qo‘llaniladi;
4) 47-grafa. “Bojxona to‘lovlarining hisobi”.
Grafa mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
Shu bilan birga, qayta ishlash mahsulotlari bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imning hisoblash asosi, qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalar qiymatini inobatga olgan holda, qayta ishlash mahsulotlarining bojxona qiymatidan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa bojxona to‘lovlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblanadi va undiriladi.
(73-band 4-kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
74. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarni hamda bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarning qoldiqlarini qaytarib olib kirish reimport bojxona rejimida mazkur Yo‘riqnomaning 7-bobi talablariga muvofiq, mazkur Yo‘riqnomaning 75-bandida ko‘rsatilgan alohida grafalarni to‘ldirishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda to‘ldirilgan BYuDni taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
75. BYuDning 42, 45, 46 va 47-grafalarining to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling